A ashirov, sh. Atadjanov


AQShda etnologiya fanining taraqqiyoti



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/142
Sana14.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#671921
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142
Bog'liq
Ashirov A. Etnologiya

AQShda etnologiya fanining taraqqiyoti. 
Amerikada dastlabki 
etnologlarjamiyati 1842-yiIda tuzilgan bo‘lsa-da, etnologiya mak- 
tablari Yevropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda amalda 
birm uncha kechroq shakllangan. Negaki, qit’a aholisining etnik 
rang-barangligi va uzoq yillar mobaynida mazkur qit’ada davom 
etgan irqchilik siyosati natijasida jismoniy antropologiyaning irqiy 
va madaniy farqlarigina o'rganib kelingan. O'z o ‘rnida shuni ham 
qayd etish kerakki, mazkur yo‘nalishga m ashhur olim Genri 
Lyus Morgan tomonidan asos solingan. Uning ibtidoiyjamiyatda 
urug‘chilik, oila-nikoh munosabatlari tiplari tasnifi, insoniyat 
tarixini davrlashtirish mavzularidagi sodda tadqiqotlari bir necha 
o ‘n yillar mobaynida Amerika etnologlari uchun muhim izlanish 
yo‘nalishlari sifatida xizmat qilgan. XX asr o ‘rtalarida Frans 
Boasning sa’y-harakati bilan Amerika olimlari ilmiy yo‘nalishlarini 
birm uncha chuqurlashtirganlar. T adqiqotchilar to m o n id an
xalqlarning madaniyatidagi farqli xususiyatlarga jiddiy e ’tibor 
qaratila boshlangan. Frans Boas tom onidan bu yo‘nalishga 
“ madaniy antropologiya” (keyinchalik esa mazkur yo‘nalish har 
qanday etnologik tadqiqotlarga nisbatan qoMlanila boshlandi yoki 
b o sh q ach a qilib ay tg an d a, “ e tn o lo g iy a ” ning a m erik ach a 
nomlanishi bo'ldi. A.A.) nomi berilgan.
Rossiya etnologiya maktabining shakllanishi. 1
846-yilda Rus 
geografiya jamiyat ini ng tuzilishi natijasida Rossiyada etnografiya 
yo‘nalishidagi dastlabki tadqiqotlarga asos solingan. Ushbu 
jamiyatning asosiy maqsadlaridan biri Rossiyaning mustamlaka 
mintaqalari tabiati, tabiiy boyliklari, o ‘tmish tarixini tadqiq etish 
bilan birga mazkur mintaqalarda yashovchi xalqlarning etnik 
xususiyatlarini, milliy qadriyatlarini o'rganish boMgan. Ayniqsa,


C’lior Rossiyasi m a’murlarining Sibir, O 'rta Osiyo, Kavkazga 
b o ig a n qiziqishlari natijasida m azkur hududlarni o'rganish 
uchun tashkil etilgan qator kompleks ekspeditsiyalarga hukumat 
tom onidan moliyaviy ko'm ak berilishi m ustam laka xalqlar 
turmush tarzi, milliy a n ’analari va etnografiyasiga oid muhim 
m a’Iumotlarning yigilishiga sabab b o ig an .
Rus etnograftyasi m aktabining shakllanishida m ash h u r 
sayvoh va tad q iq o tch i olim M ikluxo M aklayning xizm ati 
beqiyosdir. U o ‘z tadqiqotlarida insoniyatning ajdodlari bir 
ckanligini, turli irqlar va xalqlar orasida jismoniy hamda psixologik 
farqlar nisbiy emasligini isbotlashga harakat qilgan. Olimning 
yozishicha, xalqlar orasidagi farq ularning tabiiy va ijtimoiy 
sharoitlari bilan izohlanadi. Mikluxo Maklay o ‘z hayotining ko‘p 
davrini Yangi Gvineya papauslari va Okeaniya xalqlari orasida 
o lk azib , ularning turm ush tarzi, moddiy va m a’naviy m ada­
niyatini o'rganish orqali irqchilik nazariyasiga qarshi ishonarli 
m a’lumotlar, dalillarni yiglshga muyassar boigan.
Sobiq sovetlar davrida mazkur fan asosan, tavsifiy xarakterga 
ega bolganligi bois etnografiya deb yuritilgan. Qolaversa, bu ilm 
ham boshqa qator ijtimoiy-gumanitar fanlar singari kommunistik 
mafkura uchun xizmat qilgan. Bu davrda m am lakatda, asosan, 
yagona sovet xalqini yaratish to'g'risidagi g‘oya ustun bolganligi 
bois etnograf olim lar ham o ‘zlarining asosiy diqqat-e’tiborlarini 
ko‘proq sovetlar davri etnografiyasini o ‘rganishga qaratganlar. 
Umuman olganda, bu davrdagi ko'plab tadqiqotlar maxsus siyosiy 
buyurtmalarni bajarish xarakterida b o iib , etnik rivojlanishning 
barcha jarayonlarini yoritib bera olmas edi. Ayniqsa, bu davrda 
etnik tarix, etnik ong, etnik o ‘zlikni anglash, etnomilliy qad- 
riyatlar, etnom adaniyat, etnoslararo jarayonlar kabi etnolo­
giyaning asosiy m uam m olarini tadqiq qilish m a’lum m a’noda 
cheklab qo‘yilgan edi. Lekin, o ‘z o ‘rnida shuni ham e ’tirof etish 
kerakki, Mikluxo Maklay nomidagi Etnografiya instituti (ho­
zirgi Rossiya FA Etnologiya va antropologiya instituti. — A.A.) 
nafaqat sobiq Ittifoq doirasida, balki dunyo miqyosida ham 
mazkur yo‘nalishda tadqiqotlar olib borgan ilmiy markazlardan 
biri sifatida faoliyat ko'rsatgan.



Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish