va so‘g‘diylar ittifoqi asosida Qang‘ davlati tashkil topgan. Q ang‘
davlati davrida M ovarounnahr va unga tutash m intaqalardagi
xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va etnom adaniy aloqalarning tobora
rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib,
yangi turkiy etnoslardan biri — qang‘ar elati paydo bo‘lgan va
o'ziga xos uyg‘unlashgan m adaniyat shakllangan. Tarixiy va
arxeologik asarlard^bu madaniyat «
Qovunchi madaniyati»
nomini
olgan. Antropolog olim larning ta ’kidlashlaricha,
aynan shu
davrlarga kelib, Markaziy Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi
so‘g‘diylar va qang‘arlarning tashqi qiyofalarida hozirgi o ‘zbek va
voha tojiklariga xos P o m ir-F arg ‘ona antropologik tip i t o ‘liq
shakllangan.
0 ‘zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik kom -
ponentlar Janubiy Oltoy va Sharqiy Turkistondan ko‘chib kelgan
yuechji qabilasining bir tarm og‘i b o ‘lib, ular mil.av I - milodiy
IV asrlarda Kushon saltanatiga asos
solgan kushonlar ham da
milodiy III-V asrlarda 0 ‘rta Osiyoning markaziy viloyatlariga
Janubiy Sibir, Jung‘oriyadan, Sharqiy Turkiston siljigan xioniy,
kidariy va eftaliylardir.
Shuningdek, o ‘zbeklar etnogeneziga faol ta ’sir o ‘tkazgan
turkiy etnik kom ponentlar asosi
Turk xoqonligi
(VI-VIII asrlar)
davrida Markaziy Osiyoning markaziy m intaqalari (Toshkent,
Z arafshon,
Q ashqadaryo, Surxondaryo vohalari, F a rg ‘on a
vodiysi) va Xorazmga kelib joylashib, m a’lum
bir tarixiy davr
mobaynida, bu etnik kom ponentning aksariyat qismi o ‘troq-
lashgan. Turk xoqonligi davrida ushbu hududga kirib kelgan tu r
kiy kom ponentlar va mahalliy aholi o ‘rtasidagi etnik-m adaniy
munosabatlarning rivoji etnik jarayonlar taraqqiyotiga katta ta ’sir
o'tkazgan. Ushbu turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy
madaniy-xo‘jalik an’analar bilan jadal uyg‘unlashuvi yuz bergan.
Bu davr turkiy va so‘g‘diy simbiozning hal qiluvchi bosqichlari
dan biri bo ‘lgan.
VIII asrdan arab va ajam (arab bo‘lmagan yaqin va 0 ‘rta Sharq)
xalqlarining Markaziy Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik
jarayonlarga unchalik katta ta ’sir etmagan.
Bu davrda aholi etnik
ta rk ib id a m a ’lum b ir o ‘zg arish lar yuz bergan b o ‘lsa -d a ,
M ovarounnahrdagi o ‘troq va yarim o’troq turkiyzabon aholi,
so‘g‘diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o ‘z hududlarida qolib,
arablar (VII-VIII asr), keyinchalik Som oniylar (IX asr) hukm -
ronligi ostida yashaganlar.
U m u m an olganda, IX asrdan boshlab
M o v aro u n n ah r
m intaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam , jonli turkiy til muhiti
vujudga kela boshlagan va o ‘z
navbatida, so‘g‘diylar va boshqa
mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan.
Elshunos olim
Do'stlaringiz bilan baham: