Nazorat savollari
1. Kuydirish sharoitlarini texnologik ko‘rsatkichlarga ta’siri?
2. Qaynar qatlam pechida kuydirish amaliyoti?
3.QQ pechda shixta namligi qancha boladi?
3
.3
-r
as
m
.
S
ul
fi
dl
ir
uxboyi
tm
al
ar
ini
kuydi
ri
shuc
hunqa
yna
rqa
tl
am
li
pe
ch
1
-boyi
tm
a
yukl
as
h
tuyni
gi
2
-ke
ss
onl
ar
;
3
-f
o
rs
unka
;
155
4. Ajralib chiqqan changlar miqdori qancha bo‘ladi?
3.4.
Rux kuyindisini tanlab eritish jarayonining nazariy asoslari
Kuyindini tanlab eritishning asosiy maqsadi kuyindi tarkibidagi rux
birikmalarini iloji boricha to‘laroq eritmaga o‘tkazish va elektrolizga toza eritma
olishdir. Tanlab eritish jarayoni sulfat kislota eritmalari bilan olib boriladi.
Erituvchi sifatida sulfat kislotani tanlashda quyidagi omillar hisobga olingan:
1) rux oksidini – ZnO yaxshi erishi;
2) bo‘lajak elektrolitik tiklanishda qulaylik;
3) rux zavodlarida sulfat kislotasini mavjudligi;
Rux oksidi sulfat kislotaning kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi, rux sulfati esa
– suvda:
ZnO + H
2
SO
4
= ZnSO
4
+ H
2
O
(3.15)
Rux sulfidi qizitilgan kuchli sulfat kislotasida erishi mumkin:
ZnS + H
2
SO
4
= ZnSO
4
+ H
2
S (3.16)
bunda zaxarli servodorod ajralib chiqadi.
Kuydirish davomida bir qancha miqdorda rux silikati, (n ZnO · mSiO
2
), rux
ferriti (x ZnO·u Fe
2
O
3
) va alyuminatlari (ZnO·AI
2
O
3
) paydo bo‘ladi. Bu
birikmalar sulfat kislota eritmasida qiyin eriydi. Ularni erish qobiliyati harorat va
sulfat kislotaning konsentrasiyasi oshib borishi bilan oshadi.
Masalan, rux ferritidan ruxni eritmaga o‘tkazish uchun sulfat kislotaning
konsentrasiyasi 200-300 g/l va 80-90
o
S harorat talab qilinadi.
Ruxdan tashqari, kuyindida temir, mis, kadmiy, qo‘rg‘oshin, kumush, oltin,
nikel, kobalt, marganes, bariy, kalsiy, alyuminiy va boshqa metallar bor.
Kadmiy xususiyatlari bo‘yicha ruxga yaqin, uni oksidi SdO sulfat kislotasida
yaxshi eriydi:
CdO + H
2
SO
4
= CdSO
4
+ H
2
O
(3.17)
156
Kuyindidan eritmaga 85-90 % kadmiy o‘tadi. Temir kuyindida, asosan rux va
mis ferritlar shaklda uchraydi, shunindek kuyindida temir oksidlari Fe
2
O
3
, va
Fe
3
O
4
ham mavjud. Sulfat kislota eritmasida Fe
2
O
3
qisman eriydi.
Kuydirish pechining siklon changida kam miqdorda Fe
2
(SO
4
)
3
uchraydi. Uch
valentli temir sulfati eritmada ham hosil bo‘ladi:
Fe
2
O
3
+ 3H
2
SO
4
= Fe
2
(SO
4
)
3
+ 3H
2
O (3.18)
Eritmada Fe
2
(SO
4
)
3
mis birikmalari, SO
2
va metal sulfidlari bilan ikki valentli
temir sulfatigacha FeSO
4
tiklanadi. Bu jarayon ruxni kuyindidan eritmaga,
quyidagi reaksiya orqali, o‘tishiga ko‘maklashadi:
ZnS + Fe
2
(SO
4
)
3
= ZnSO
4
+ 2FeSO
4
+ S (3.19)
Eritmaga kuyindidan fakat 3-4 % temir o‘tadi, uni eritmadagi miqdori 1-2 g/l
tashkil etadi.
Mis kuyindida oksid (CuO, Cu
2
O), ferrit (nCuO ∙ mFe
2
O
3
), silikat (x Cu
2
O
∙uSiO
2
) shakllarda uchraydi. Eng oson CuO eriydi va CuSO
4
ni hosil qiladi. Mis
ferriti, pux ferritiga o‘xshab, qiyin eriydi. Tanlab eritishda taxminan misni yarmi
eriydi, yarmi esa kekda qoladi.
Surma (III) va mыshyak (III) oksidlangan birikmalari kuyindini tanlab
eritishda As
2
(SO
4
)
3
va Sb
2
(SO
4
)
3
shakllarda eritmaga o‘tishadi. Surma (V) va
mыshyak (V) oksidlari qiyin eriydigan birikmalardir.
Nikel, kobalt va marganeslar eriydi va Ni
2
SO
4
, CoSO
4
va MnSO
4
sulfatlarini
hosil qiladi.
Tanlab eritishda qo‘rg‘oshin, deyarli to‘liq quyidagi reaksiyaga asosan, kekga
o‘tadi:
Pb SiO
3
+ H
2
SO
4
= PbSO
4
+ H
2
SiO
3
(3.20)
Qo‘rg‘oshin, mis va rux silikatlarini erishi eritmani kremniy birikmalari bilan
ifloslantirishga olib keladi. Bu jarayon tanlab eritishdan so‘ng cho‘ktirish
(quyuqlashtirish) va filtrlash jarayonlarini qiyinlashtiradi.
157
Kumush kuyindida Ag
2
S va Ag
2
SO
4
shaklda uchraydi. Kumush sulfati yaxshi
eriydi, keyin esa eritmada mavjud bo‘lgan xlor ionlari bilan qiyin eriydigan AgCl
birikmasi shaklda cho‘ktiriladi. Kumush sulfidi erimaydi va kekda qoladi. Oltin
to‘liq qattiq qoldiqlarda qoladi.
Kalsiy va bariy oksidlari sulfat kislota eritmalarida qiyin eriydigan birikmalar
hosil qilishadi. Jarayonning umumiy reaksiyasi:
MeO + H
2
SO
4
= MeSO
4
+ H
2
O (3.21)
Qo‘rg‘oshin, kalsiy va bariylar sulfat kislotaning bir qismini qiyin eriydigan
sulfatlarga bog‘laydi, shu sababdan kuydirish davrda sulfat ko‘rinishidagi
oltingugurt miqdorini bir oz ko‘paytirish kerak bo‘ladi.
Xlor, ftor, natriy va magniy birikmalari onson eriydi va eritmada
to‘planadilar. Noyob metallar-talliy, galliy, indiy va germaniylar qisman eritmaga
o‘tadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |