76
1.10-rasm. Olmaliq mis eritish zavodidagi kislorodli-mash’alli eritish
pechi majmuining umumiy ko‘rinishi:
1–eritish pechi; 2–gaz sovutkich qozon; 3–yirik
changni ushlab qoluvchi
inersion
maxsus
qurilma;
4–elektrsuzgichlar;
5–xomashyoni
quritishga
mo‘ljallangan quvur-quritkich; 6–gaz yordamida isitkich o‘choq; 7–siklonlar; 8–
havo purkagich-ventilator; 9–quritilmagan xomashyo saqlanadigan xampalar
(bunker); 10–qirg‘ichli
konveyerlar; 11–quritilgan xomashyo saqlanadigan pech
xampalari.
Olmaliq mis zavodida vertikal quritish quvurlari ishlatiladi, hammasi bo‘lib
2 quvur o‘rnatilgan. Quritish jarayonining ishlash talabi quyidagicha: quvurning
past tomonidan katta tezlik bilan issiq gaz yuboriladi (30–40 m/s). Issiq gazning
oqimiga nam (7–8 % H
2
O) bo‘lgan xomashyo yuklanadi.
Xomashyo moddalari
uchib turgan muallaq holatda quritiladi, namsizlangan kukun esa quvurning yuqori
qismiga uchib, chang ushlash tizimlariga yuboriladi.
Quritish quvurlari maxsus pechlarda yoqiladigan tabiiy gaz bilan
isitiladi, haroratni boshqarish uchun maxsus pechga ikkilamchi sovuq havo
beriladi. Moddalarning bir soatlik sarfi quyidagicha: tabiiy gaz 600–800m
3
,
(birlamchi gaz yoqish uchun) havo 6000–8000m
3
. Birlamchi va ikkilamchi
Shteyn
Shteyn
Kislorod
O
chi
q
ha
vo
Toshqol
tashlanganjoy
G
az
s
ul
fa
t
ki
sl
ot
as
i
Xomashyo
77
havolarning nisbati jarayonning borish sharoitlariga qarab 1:1 dan 1:1,3
gacha
o‘zgaradi. Quvur bo‘yicha gazning harorati: quvurga kirish qismida 300–450
0
C.
Moddaning quvurda bo‘lish davri 1–3 sekunddan oshmaydi. Jarayon qat’iyan
ushbu ko‘rsatkichlar oralig‘ida boshqarilishi va tizim o‘zgarmasdan borishi kerak.
Masalan, modda kamroq kelib qolsa, quvurning harorati oshib ketadi va sulfidlar
alanga olishi mumkin. Agar xomashyo ko‘proq yuklansa, harorat pasayib ketadi va
modda to‘la quritilmaydi. Doimiy nazoratda bo‘ladigan asosiy qismlar: nam
xomashyoning sarfi, issiq gazning harorati,
quvurdagi haroratlar, birlamchi va
ikkilamchi havolarning nisbatligidir. Bunday nazorat avtomatik tizim tomonidan
boshqarilishi kerak.
Quritish quvurlarining afzalliklari, avvalo,
yuqori ishlab chiqarish
unumdorligi va ishonchliligi, o‘rta quritish imkoniyati borligidan iborat. Bir soatda
60–80 t xomashyoni quritish imkoniga ega. Quvurlarni oqilona ishlatish
shartlaridan biri bir me’yorda moddalarni yuklashdir.
Quvurning ishlashini takomillashtirish uchun gazni qaytadan, ikkilamchi
havoni o‘rniga, pechga qaytarish kerak bo‘ladi. Bu jarayon yonilg‘ining
sarfini
kamaytirishga yordam beradi, gazlar 60–70
0
C issiqlikka ega bo‘lib, ularning
tarkibida 15–17 % sof kislorod bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: