Muallaq holatda kislorod yordamida eritish
Kislorod bilan boyitilgan havoning pechga purkalishi natijasida jarayonda
harorat ortib boradi. Buning natijasida birikma va moddalarning oksidlanish
reaksiyasining faollik energiyasi ko‘p hollarda 83,8 dan to 167,6 mJ/mol ga teng
bo‘ladi. Harorat 500 dan 1000 K gacha ko‘tarilishi natijasida reaksiya tezligi
taxminan 20000 marta ortadi. Bu oltingugurtbirikmalarining oksidlanishi quyidagi
umumiy reaksiya orqali ifodalanishi mumkin:
MeS+1,5O
2
=MeO+SO
2
(1.54)
86
Xomashyoning tarkibida, asosan, shunday oltingugurtli birikmalar uchray-
diki, ularning ashyo tarkibida erishi quyidagi ayrim sulfitlarning oksidlanishi orqali
Gibbs energiyasining o‘zgarish kattaligi bilan aniqlanadi. 1 mol kislorod uchun
Gibbs energiyasining o‘zgarishi Cu
2
S uchun 237,9 kJ; ZnS uchun 280,7 kJ; FeS
uchun 313,4 kJ.
Purkalayotgan havoning tarkibida kislorod konsentratsiyasining ortishi
oltingugurtning to‘liq va mukammal oksidlanishiga olib keladigan omillardan
biridir.
D.M.Chijikov o‘zining xodimlari bilan oltingugurtli metallarning, havo
tarkibidagi kislorodning konsentratsiyasiga bog‘liq holda, oksidlanish darajasini
(ν) aniqladi (1073 K, 10 min.). U quyidagi ko‘rinishga ega:
O
2
, %
ν, %
1
5
20
25
PbS
27,2
87,1
95,6
97,0
FeS
4,8
-
87,5
-
Cu
2
S
24,3
59,0
97,2
-
CdS
46,0
90,5
99,4
-
Mash’alli eritish jarayoni quyidagi tartibda boradi. O‘ta maydalangan shixta
qorishmasi (0,074 mm) maxsus quritkich quyunlari yordamida namligi 1% dan past
darajada quritilgach, ashyo gorelka (yondirgich) orqali havo bilan pechga purkaladi.
Natijada pech ichida muallaq holatda kislorod va ashyo changidan iborat bo‘lgan
mash’ala alanga misoli hosil bo‘ladi. Ashyo chang holatda, qisman gaz holatda bo‘l-
ganligi uchun ham gazsimon modda kislorod bilan tez reaksiyaga kirishib oksid-
lanadi. Natijada harorat ko‘tarilib, shixta aralashmasi qisman erigan holda tomchi
sifatida pech vannasiga tushadi.Hosil bo‘lgan gazsimon moddalar, oksidlar mo‘ri
orqali pechdan chiqib ketadi. Mash’alning o‘zida birikmalarning parchalanishi bilan
87
birgalikda flus birikmasi bilan o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan ikkilamchi
oksidlartoshqol hosil qilishi mumkin.
Ashyolarning o‘ta maydaligi ashyo sirtining gazsimon modda bilan o‘zaro
ta’siri va yaqinlashuvini faollashtiradi. Shuning uchun ham yallig‘ qaytaruvchi
pechga nisbatan mash’alli pechdagi ashyolar ancha mayda bo‘ladi. Eng muhimi,
har tomonlama samara beruvchi omillardan biri ham ana shundadir. Yana bir
asosiy afzalliklaridan biri shixta aralashmasini yoki oltingugurtli birikmalarni
eritish uchun tashqaridan qo‘shimcha issiqlik manbai berish shart emas. Shuning
uchun ham ushbu jarayon yoqilg‘i sarf qilmaydigan avtogen jarayon deb ataladi.
Kislorodli-mash’alli eritish pechidagi jarayonda, asosan, yallig‘ qayta-
ruvchi pechdagi yoki konvertorlash jarayonidagi ko‘pgina kimyoviy reaksiyalar
boradi. Shuning uchun ularningba’zi birlarini ko‘rib o‘tamiz:
6FeS
2
+14O
2
→
FeS+2FeO+Fe
3
O
4
+11SO
2
(1.55)
2CuFeS
2
→
Cu
2
S+2FeS+0,5S
2
(1.56)
Cu
2
S+1,5O
2
→
Cu
2
O+SO
2
(1.57)
3FeS+5O
2
→
Fe
3
O
4
+3SO
2
(1.58)
Demak, pechda alanga ichidagi mash’alli muhitda faqat birikmalar
oksidlanishi, ashyolarning erishi va qisman toshqolning hosil bo‘lishi ro‘y beradi.
1.12-rasmda KEM pechining qirqimi ko‘rsatilgan. Jarayon pech vannasida
mash’aldan mayda zarralar va erigan moddalarning tomchilanishi hamda vannada
88
kimyoviy birikmalarning zichligiga qarab toshqol va shteyn hosil bo‘lishi bilan
tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |