30
1.2-jadval
Ayrim rivojlangan mamalakatlarning zavodlarida qayta ishlanayotgan mis
boyitmalarining flotatsion tarkibi
Korxonalar
Cu
Fe
S
Zn
“Garfild” (AQSH)
29,2
29,2
31
-
“Morensi” (AQSH)
27,2
26,2
37,6
-
“Xeyden” (AQSH)
28,36
31
39,6
-
“Norddoyche Affineri” (Germaniya)
30,5
30,2
35,5
-
“Onaxama” (Yaponiya)
23,6
22,8
27,2
4,1
“Xitachi” (Yaponiya)
17,2
-
32,7
3,4
“Mufulira” (Zambiya)
49-52
9-10
20,9
-
“Maunt-Ayza” (Avstraliya)
24,3
28,5
32
-
“Balxash KMK” (Qozog‘iston)
26-27
15
23
1,4-1,5
“Olmaliq TMK” (O‘zbekiston)
19
30-31
35
0,1-0,7
Sredneuralsk mis eritish zavodi (SMEZ)
(Rossiya)
17,5
30
35
6,5
“Norilsk NKM” (Rossiya)
24-29
30-34
28-31
-
Xomashyo va shixtalarni tayyorlash hamda uzatish
Hozirgi paytda xomashyo kimyoviy tarkibining tez-tez o‘zgarib turishi, misli
ashyo yoki boyitmani o‘tkazib beradigan korxonalarning bir me’yorda ishlamasligi
ko‘pgina qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Chunki eritish pechlaridan olingan
mahsulotning sifati va undan olinadigan iqtisodiy samara hamda boshqa iqtisodiy-
texnik ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishi, asosan, shixta tayyorlash jarayoniga
bog‘liq.
Shuning uchun ham har qanday mis eritish zavodlarida, ilmiy tadqiqot
loyihalashtirish institutlarida ashyolarni eritishga tayyorlash muhim metallurgik
jarayonlardan biri deb qaraladi. Tarkibida ajratib olishga moyilligi bor metalli
31
ashyolar, ya’ni qaytar ashyo, chang, kvarsli fluslar, mis boyitmasidan iborat
bo‘lgan ashyolar qorishmasi
shixta
deb ataladi. Shixta tarkibiga qanday holatda
(qattiq, suyuq, gazsimon) bo‘lishidan qat’i nazar, yonilg‘ilar kirmaydi.
Shixtaning sifatiga, asosan, quyidagi talablar qo‘yiladi:
1) kimyoviy tarkibining doimiyligi;
2)kimyoviy, mineralli va qumoqlik tarkiblarining bir toifaliligi;
3) shixta birikmalarining eng qulay va afzal yirikligi;
4) eritish uchun bo‘lgan qulay namligi;
Metallurgiya agregatlarining qat’iy bir maromda ishlashi uchun yuqoridagi
ikkita talab muhim ahamiyatga ega. Metallurgiya sanoati sharoitida har kuni
yuzlab, minglab tonna xomashyo qayta ishlatilganda, ular tarkibining doimiyligi,
xomashyoning bir me’yorda berib turilishi ta’minlanishi zarur.
Qayta ishlanayotgan shixtaning yirikligi esa qaysi jarayon va qaysi pechda
borishiga bog‘liq. Yallig‘ qaytaruvchi pech uchun shixta yirikligi 2–5mm.dan
ortmasligi kerak. Kislorodli-mash’alli pech uchun esa 0,1 mm dan yuqori
bo‘lmasligi lozim.
O‘z navbatida shixtaning namligi ham texnologik jarayonning borishiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Yallig‘ qaytaruvchi pech uchun 5–8% namlikdagi
shixtalarni ishlatish mumkin bo‘lsa, kislorodli-mash’alli pechlarda esa shixta
quvurli quritkichlarda qayta quritiladi va namligi 0,5% ga yetganda pechga havo
orqali purkaladi.
Hozirda shixta tayyorlashning ikkita usuli keng qo‘llanib kelinmoqda. Bular
mexanik va kimyoviy usullardir. Mexanik usulga quyidagi jarayonlar majmui
kiradi:
1)Rudalarni, kvarsli fluslarni, qaytar ashyolarni tarkibida misga boy bo‘lgan
konverter toshqollari bilan tegirmonda maydalash va yanchish.
2)Xomashyolarning yirikligiga qarab saralash yoki g‘alvirlash.
3)Rudalarni boyitish;
4)Ashyolarni va materiallarni saqlash hamda ularni joylashtirish;
5)Shixta qorishmasini tayyorlash;
32
6)Shixta qorishmasining namligini qochirish yoki namlantirish. Ayrim
jarayonlarga namli yoki o‘ta namli shixta talab qilinadi;
7)O‘ta mayda shixta birikmalarini yiriklashtirish;
Mexanik tayyorlash mobaynida xomashyolar yoki shixtaning elementar
mineralogik tarkibi o‘zgarmaydi. Faqat uning tarkibidagi ajratib olinishi kerak
bo‘lgan ma’danlar bilan nokerak tog‘ jinslari orasidagi nisbat yoki uning
qumoqligi, mayda-yirikligi hamda namligi o‘zgarishi mumkin.
Kimyoviy usul esa ashyolarning kimyoviy va fazali tarkibining o‘zgarishi bilan
boradi. Kimyoviy usul bilan tayyorlash deyilganda, ko‘proq pirometallurgiya
jarayoni, ya’ni sulfidli ashyolarni oksidlovchi kuydirish yo‘li bilan pechlarda
eritish yoki gidrometallurgiya usuli bilan tanlab eritishga tayyorlash tushuniladi.
Mis ashyolarini tayyorlash, ulardan vaqtida o‘rtacha namuna olib, zaxirada
ma’lum miqdorda ushlab turish shixta tayyorlashning asosiy omillaridan biridir.
Zaxirada xomashyoning hech bo‘lmaganda 20–30 kunga yetadigan miqdorda
bo‘lishi, nafaqat korxona eritish agregatlarining bir me’yorda ishlashini
ta’minlaydi, balki rejadagi misni va qimmatbaho metallarni olishga sarf qilingan
xarajatlarni qoplashga olib keladi va ishlab chiqarishning unumdorligini oshiradi.
Shixta qorishmasini tayyorlash ombori bir qancha zovurlardan hamda shixta
uchun mo‘ljallangan bo‘linmalardan iborat bo‘lib, ularga shixta qorishmasi alohida
yuklanadi. Kerak bo‘lganda osma yuk ko‘targich mashinalar yordamida ashyo
olinib, xampalar (bunker) orqali shixta uzatkich tasmaga, undan so‘ng shixta
qorishmasi uchun mo‘ljallangan xampaga yuklanadi. Shixta qorishmasining sifatli
tayyorlanishi va yaxshi aralashtirilishi metallurgik jarayonga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Umuman, jarayonning borishi davomida misning kam yo‘qolishi,
unumdorlikning ortishi, jarayonning bir tekisda bo‘lishi shixta qorishmasining
tayyorlanishiga bog‘liq. Shixta qorishmasini tayyorlash, saqlash hamda jarayonga
uzatish mexanizatsiyalashgan qatlamli shtabel orqali xomashyo omboriga olib
boriladi. Mexanizatsiyalashgan shixta saqlanadigan va jihozlangan joy yopiq
omborxonadan iborat bo‘lib, shixta qorishmasini uzatish, saqlash va jarayonga
yetkazib berishga mo‘ljallangan uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Har bir
33
bo‘limga ashyolar qatlam holida, uloqtiruvchi aravachalar orqali uzatiladi. Shixta
qorishmasidan shtabel holida 8000 tonnagacha uyum hosil qilingach, shixta
qorishmasini uzatib berib turuvchi mashina orqali zich qatlam yumshatilib,
bo‘shatilib, g‘ovaklanadi va kerakli konveyerga sochib beradi. Tayyor bo‘lgan
qorishma zovurga uzatiladi. Tashigich transporter tasma orqali uzatilayotgan shix-
taga boshqa tasma orqali xomashyo (kvars, qaytaruvchi, chang) bir me’yorda
qo‘shib turiladi. Transporter uzatish tasmalari orqali bir ashyoning ikkinchi
ashyoga qo‘shilishi natijasida xomashyolar yaxshilab qorilib, metallurgik
jarayonga uzatiladi. Metallurgik jarayonga borgunga qadar avtomatlashtirilgan
tarozi orqali o‘tayotgan mahsulot hajmi va miqdori yozib boriladi.
Shixta qorishmasini tayyorlashning xampalar orqali tayyorlanadigan usuli ham
keng qo‘llanib kelinmoqda. Bu usulda shixta xampalarda alohida saqlanadi va
uning ostida tinimsiz o‘tib turgan transporter tasmaga oldindan hisoblangan
miqdorda ashyo qatlam bo‘lib tushadi. Shixta qorishmasi transporter tasmalarda
aralashadi va hosil bo‘lgan tayyor shixta metallurgik jarayonga yuboriladi. Tayyor
bo‘lgan shixtani yallig‘ qaytaruvchi eritish pechiga jo‘natish mumkin, lekin
hamma pechlarga ham bu usullar bilan tayyorlangan shixtani yuklab bo‘lmaydi.
Ba’zi bir pechlarga maxsus qayta quritilgan, o‘ta maydalangan shixta uzatilishi
kerak, ya’ni Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatidagi kislorodli-mash’alli eritish
pechiga o‘ta maydalangan hamda shixtaning namligi 0,5 %dan iborat bo‘lgan
qorishma kerak bo‘ladi. Qayta quritish jarayoni tabiiy holda, ya’ni ochiq havo va
termik harorat ostida olib borilishi mumkin. Muallaq holatda eritish uchun shixta
qorishmasi termik quritishdan o‘tishi shart. Quritish jarayoni asosan quyidagi
usullar bilan olib boriladi:
1)Quritkichlar ostida qorishmalarni, materiallarni quritish;
2)Quvurli baraban pechlarida tinimsiz xomashyolarni aralashtirib turish
mobaynida yonuvchi gazlar orqali quritish;
3)Shixtani issiq gazlar oqimiga qarama-qarshi qilib o‘tkazganimizda muallaq
holdagi namlikni bug‘lantirish orqali quritish;
34
4)Maxsus quvurlarda quritish. Bu uskuna yuqori unumdorligi va namlikni to‘la
yo‘qotishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga olganligi bilan boshqalardan farq
qiladi;
Hozirgi kunda texnika taraqqiyoti yuksak darajada shunchalik tez va eng
zamonaviy elektron texnikalar bilan jihozlangan holda rivojlanmoqdaki, bu esa o‘z
navbatida, mis olish texnologiyasiga ham o‘zining kuchli ta’sirini o‘tkazmoqda.
Mis olish, uning xomashyolarini qayta ishlash qadimdan yo‘lga qo‘yilganligi,
miloddan oldingi asrlarda ham bizning hududimizda mis rudalari qazib olinganligi
oldingi bo‘limlarda ta’kidlab o‘tilgan edi.
Arxeologik qazilmalar va ayrim tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, qadimiy
Iloq viloyatining poytaxti Tunkentda, To‘qkentda (Pskent tumani, hozirgi Qirqqiz
jamoa xo‘jaligida), Qurama tog‘ tizmalarida misli hamda qo‘rg‘oshinli, oltin va
kumushga boy rudalar qo‘l mehnati orqali qazib olinib, ba’zan alohida boyitilib,
ba’zan esa boyitilmasdan pechlarda eritilgan. Taxminlarga qaraganda, VI asrgacha
mis va oltin boyitilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri eritilgan. Mis, oltin izlovchilar tomo-
nidan konlarda yerosti va yerusti usuli bilan ularni rangiga qarab (mis qizg‘ish,
oltin sarg‘ish rangda bo‘lgan) o‘tkir bolg‘acha va teshalar bilan ajratib olingan.
Ayrim joylarda toshlarni yuqori alangada qizdirib, so‘ng suv sepib, minerallarni
darz ketkazish yo‘li bilan parchalab, eritish pechlariga olib keltirilgan. Bu eritish
pechlari uchun avvaliga yerni 1–2 metr o‘yib, yon tomonlariga, chekkalariga,
mo‘rilariga o‘tga chidamli toshlarni terib, havo berish orqali eritish jarayonini
amalga oshirganlar.
VIII – X asrlarga borib nafaqat erkin holdagi mis, balki oksidlangan holdagi
mislar ham ishlatiladigan bo‘ldi. Sabab, oksidlangan mis xrizokola, malaxit,
kuprit, azurit holatida bo‘lib, ular konning ustki qatlamida joylashadi va boshqa
tog‘ jinslariga nisbatan o‘zining rangi orqali ajralib turadi.
Pechlar esa biroz hajmi kengaytirilib, yer ustida poydevor qurilib, so‘ng o‘tga
chidamli g‘ishtlardan terilgan. Ularni hozirgi minorali pechlarga, biroz bo‘lsa-da,
o‘xshatish mumkin.
35
X–XII asrlarga kelib Shosh, Iloq davlati mis, oltin, kumushni nafaqat metall,
balki qotishma holida, tanga, zeb-u ziynat holida tayyorlash bo‘yicha butun O‘rta
Osiyoda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Tozaligi va sifatliligi jihatidan bu
davlat butun Mo‘g‘uliston, Arab mamlakatlari hattoYevropaga ham aynan shu
metallar orqali tanildi.
Mo‘g‘ullar davri va undan keyingi davrlarda metalni eritib olish juda kam
amalga oshirilgan. Yozma ma’lumotlarga suyangan holda shuni aniqlash
mumkinki, Petr I davrida Rossiyada metallurgiya, ayniqsa, qora metallurgiya
nihoyatda rivojlanib, dunyoda birinchilar qatoridan o‘rin egallagan.
1920–1930-yillarga kelib esa metallurgiya asta-sekin qayta tiklanib, rangli,
so‘ng nodir va qimmatbaho metallar ajratib olish yo‘lga qo‘yila boshlandi.
Bir vaqtlar 80–90 % mis aynan yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida qayta
ishlanib, bu usul dunyo bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelgan bo‘lsa,
hozirgi kunda ushbu usul zamonaviy talablarga javob berolmay qoldi. Lekin
shunday bo‘lsa-da, AQSH, Kanada, Finlandiya va MDH mamlakatlarining
ko‘pgina eritish korxonalarida haligacha ishlab turibdi.
Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechining qariyb sakson yildirki texnologiyadan
chiqib ketmasligining sababi bor, albatta. Ulardan eng asosiysi, har qanday
namlikda, ashyoning yirikligi, hatto uning tarkibi, pechning iqtisodiy
ko‘rsatkichiga unchalik ta’sir qilmaydi.
Shuningdek, suyuq holdagi konverter toshqollariga qayta ishlov berish imkoni
ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |