A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov


Toshqollarni qayta ishlash



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#718626
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102
Bog'liq
A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov

Toshqollarni qayta ishlash 
Metallurg olimlarimizning fikricha, tarkibida 0,7–1,0 % misi bor 
toshqolni qayta ishlash ruda tarkibidagi misni ajratib olishdan ancha arzonga 
tushadi. Raqam va dalillarga murojaat qilinsa, 1 tonna metall, xususan, mis olish 
uchun kamida 1000 tonna tog‘ jinsini qazib olish, 300–400 tonna rudani kamida 
0,1 mm yiriklikda maydalab, boyitish kerak bo‘ladi. Eritish pechiga kelsak, 1 
tonna metall olish uchun 10–30 tonna toshqol tashlanma joyga 1150–1200
0

haroratda suyuq holda chiqarib tashlanadi. Uning tarkibida misni 0,5 % dan 
kamaytirishning shu kungacha deyarli iloji yo‘q. Iloji bo‘lsa ham, eritish 
jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Demak, shunday yangi texnologiya yaratilishi kerakki, toshqol tarkibidagi 
nafaqat mis, balki boshqa metallar, hatto temir ham ajratib olish metallurgiya 
sanoatida katta bir burilish bo‘lgan bo‘lar edi. Toshqol tarkibida misning asosiy 
qismi sulfid va elementar holatda joylashgan, desak, qolgan qismi erigan holda 
bo‘lishi Moskva texnologiya universiteti olimlari V.A.Vanyukov, V.Ya.Zaysev, 
V.P.Bistrovlar boshchiligida o‘rganilgan. Sulfid va metall holidagi misni ajratib 
olish mumkin bo‘lganligi uchun ham quyidagi usullar ishlab chiqilgan: 
- gidrometallurgiya; 
- flotatsiya; 
- pirometallurgiya va boshqa turli aralash usullar. 
XXI asr boshida tarkibida rangli va nodir metallar kam bo‘lgan toshqol va 
chiqindilarni qayta ishlash asosiy muammolardan biri bo‘lib qoldi. Juda ko‘p 
tavsiya etilgan toshqollarni qayta ishlovchi texnologiyalar sanoat miqyosida to‘liq 
ishlatilmayapti. Faqat flotatsiya usuli bilan boyitishgina ishlatilmoqda. Rossiyada 
professor 
V.A.Romenes 
rahbarligida 
ROMELT 
jarayoni 
“Novolipesk” 
kombinatida sanoat miqyosida tatbiq qilingach, metallurgiya sanoatida katta 
burilish yasaldi. Bu jarayon asosan yangi usul bo‘lib, tarkibida temiri yuqori 


68 
bo‘lgan chiqindilarni kokssiz qayta ishlab, cho‘yan olishga mo‘ljallangan. 
ROMELT ancha oddiy bo‘lib, unda asosan “Vanyukov pechi” jarayoni asos qilib 
olingan. 
Tarkibida temiri bor xomashyo temirli boyitma shlam, okalin, temir 
chiqindilari va unga ohaktosh, ko‘mir qo‘shilib, qayta ishlanadi va qaytarilish 
jarayonida suyuq temir va uglerodli yarim mahsulot olinadi. ROMELT–bu jarayon 
bugungi kunda ishlab turgan oddiy cho‘yan olish texnologiyasiga qaraganda 
quyidagi afzalliklar bilan farq qiladi: 
- qimmat bo‘lgan koks ishlatilmaydi va uning o‘rniga ancha arzon bo‘lgan 
ko‘mir ishlatish mumkin, tabiiy gaz kam sarflanadi; 
- tarkibida temiri bor xomashyoni har qanday holatda tayyorgarliksiz 
pechga yuklash mumkin. 
Temir va misning cho‘yan tarkibiga o‘tish foizi yuqori, ya’ni 60–90%. 
Kichik hajmdagi pechni qurish va ularni ishlatish qulay. Atrof-muhitni 
ifloslantirmaslik darajasi yuqori va chang chiqishi kam. Pechdan chiqayotgan oqova 
gaz harorati to‘la sovutiladi. Vanyukov pechi tinimsiz ishlaydigan jarayonlar 
turkumiga kirib, uning asl mohiyati tarkibida kislorodi yuqori bo‘lgan havo bilan 
biqirlab, toshqolli suyuq vannada tarkibida temiri bor ashyolar birikmasining 
tinimsiz erishi va qaytarilishidir. Biqirlash quyidagi barcha jarayonlar bosqichi 
qaytarilishini, mahsulotning hosil bo‘lishini va uning chiqishini tezlashtiradi.
Hosil bo‘lgan cho‘yan vannaning tubiga cho‘kib, vaqti-vaqti bilan pechdan 
chiqarilib turilsa, hosil bo‘lgan toshqol ham ikkinchi tomondan chiqarib turiladi. 
1984-yil ushbu kombinatda, ya’ni “Novolipesk” metallurgiya kombinatida 
temir rudalaridan po‘lat eritish sanoatining changidan hamda har xil qirindilaridan 
cho‘yan eritib olish texnologiyasi qayta sinab ko‘rilgach, Yaponiyaning “Ninnon 
stil” va AQSHning “Kayzer injiri” firmalari ROMELT litsenziyasini sotib oldi. 
Ushbu taklif qilingan texnologiya yordamida tarkibida rangli va qora metallar bor 
chiqindilarni qayta ishlash natijasida nafaqat temir, balki mis va boshqa metallarni, 
toshqollarni qayta ishlash natijasida esa har xil qurilish materiallari – toshqol, 
toshli mahsulot, sement va boshqa mahsulotlar ajratib olish nazarda tutilgan edi. 


69 
Mis eritish zavodining toshqollari va flusni qattiq holatda 45 mk.m. va undan 
yuqori bo‘lgan o‘lchamda hech qanday tayyorgarliksiz Vanyukov pechida eritish 
mumkin. Namlik deyarli ta’sir qilmaydi. Yoqilg‘i sifatida suyuq uglevodorodlar, 
tabiiy gaz yoki ko‘mir ishlatish mumkin. Vanyukov pechidagi jarayonni ikki 
kamerali bo‘limda o‘tkazib, ularda oksidlovchi va qaytaruvchi jarayonlarning 
borishi pechga yana bir qulaylikni keltiradi. 
Natijada uglerodli yoqilg‘ilarning SO, H
2
va O
2
to‘liq yonishi natijasida 
oksidlovchi chegarada shixta aralashmasining erishi ro‘y beradi. Jarayonning juda 
tez borishi toshqol, cho‘yan, oqova gaz tarkibi hamda eritmadagi haroratning tez 
o‘zgarishiga olib keladi, chunki qattiq moddalarning erish vaqti bor-yo‘g‘i 15–20 
minut bo‘lib, tayyor mahsulot ajralib chiqadi. Shuning uchun bu jarayonni tezkor 
boshqarish talab qilinadi. Oqova gaz kam chiqadi, shuningdek, changning chiqishi 
ham 1,5% atrofida bo‘ladi. 
Kerakli bo‘lgan haroratni 1400–1500
0
C atrofida doimiy ta’minlash hamda 
to‘xtovsiz yuklanayotgan ashyolarni eritish uchun energetik ko‘mir ishlatiladi. 
Eritmaning yaxshi aralashishi uchun doimiy purkash yaxshi natija beradi. Moskva 
texnologiya universiteti “Rangli va nodir metallar metallurgiyasi” kafedrasi 
olimlari professor V. P. Bistrov boshchiligida pechga biroz o‘zgartirish kiritib, ikki 
kamerali pechda ikki bosqichli toshqollarni qayta ishlash mumkinligini har tomon-
lama to‘liq nazariy va amaliy jihatdan asoslab berishdi. Bu jarayonni mis eritish 
zavodi toshqollari bor har qanday zavod va korxonada qo‘llash hamda qo‘shimcha 
temirga boy po‘lat yoki cho‘yan olish mumkin. Pechning birinchi qavatining 
o‘zida erish zonasining oksidlovchi tartibi PO>10–9, qaytarilish zonasida esa 
PO<<10–9 atm.
Qaytarilish zonasida quyidagi asosiy kimyoviy jarayonlar ro‘y beradi: 
C+½O

=CO
(1.23) 
Fe
2
O
3
→Fe
3
O
4
→FeO→Fe (1.24) 
FeO+CO=Fe+CO
2
(1.25) 
FeS+CaO=FeO+CaS 
(1.26) 


70 
S+2O

=2SO
2
(1.27) 
(FeO) +C = {Fe}+CO 
(1.28) 
Birinchi zonadan ikkinchi zonaga yuqori oksidlovchi-qaytariluvchi 
potensial bilan harakat qilayotgan oqova gazlar aralashib, pechdan to‘g‘ri qozon 
sovutkichga uzatiladi. Tarkibida o‘rtacha quyidagilar: SO–32,4; H
2
O–56,1; N
2

9,1; SO
2
–1,3 va hokazolar mavjud. Olingan tayyor mahsulot, agar u misli cho‘yan 
bo‘lsa, S–3,4%; Cu–2%; Si–1%; Fe– 0,3–0,4%. Vanyukov kompleks majmuini 
qurish uchun kerak bo‘lgan asosiy uskunalar quyidagilar: 
- shixta aralashmasini uzatuvchi tizim, tabiiy gaz, kislorod va havo 
uzatuvchi tizim, uzunligi 11 m, kengligi 2–4 m bo‘lgan Vanyukov pechi; 
- qozon sovutkich; 
- elektr suzgich; 
- yengil suzgich; 
- havo tortkich; 
- texnologik jarayonni boshqarish avtomatik tizimi. 
Toshqollarni qayta ishlashga tayyorlash haqida ko‘pgina ilmiy izlanishlar 
olib borilmoqda. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish