A. A. Xashimov, M. M. Mirxaydarov elektr yuritma



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/181
Sana29.04.2022
Hajmi5,79 Mb.
#591875
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   181
Bog'liq
2 5199554044955202142(1)

1.2.
 
Zamonaviy mashinaviy texnologiyalarda elektr yuritmaning roli 
Zamonaviy sanoat va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi, transport, 
kommunal xo‗jalik, hayot ta‗minoti va ijtimoiy-maishiy sohalari turli texnologik 
jarayonlarni qo‗llash bilan bevosita bog‗liqdir. Ulardan ko‗pchiligi ishchi mashina 
va mexanizmalarni qo‗llashga asoslangan. Bu ishchi mashinalarni turlari va soni 
beqiyosdir. Qayerda texnologik mashina qo‗llanilsa o‗sha yerda elektr yuritma 
ham bo‗ladi. Deyarli barcha mexanik energiya orqali harakat bilan bog‗liq bo‗lgan 
texnologiyalar elektr yuritma bilan amalga oshiriladi. Bundan faqatgina ba‗zi bir 
transport va qishloq xo‗jaligi mashinalari mustasno (avtomobil, traktor va b.). 
Lekin bu sohalarda ham elektr yuritmani ishlatish istiqbo‗li aynan haqiqat bo‗lib 
qolmoqda.
Elektr yuritma elektr energiyasining asosiy iste‘molchisidir. Rivojlangan 
mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 60% dan ortig‗i elektr 
yuritmalar ulushiga tushadi. 
Elektr yuritmalar ozining texnik xarakteristikalariga ko‗ra quvvati bo‗yicha, 
aylanish tezligi bo‗yicha, konstruktiv tuzilishi va boshqa ko‗rsatkichlari bilan 
turlanadi. Prokat stanlari, gazni bosimini oshirish stantsiyalari va boshqa noyob 
mashinalar elektr yuritmalari quvvati bir necha ming kilovatgacha yetadi. 
Avtomatika va asbobsozlik sohasiga tegishli qurilmalar elektr yuritmalari quvvati 


25 
bir necha vatt bo‗lishi mumkin. Maishiy asboblar elektr yuritmalari quvvati 10 dan 
1000 vt gacha, stanoklar elektr yuritmalari 0,25kWdan 100 kWgacha bo‗ladi va 
x.k.. Elektr yuritma quvvati diapazoni juda kengdir. Shuningdek, aylanish tezligi 
bo‗yicha ham elektr yuritma diapazoni juda ham keng. Masalan, «sentrifuga» 
larning aylanish tezligi 100000 ayl/min.gacha yetadi. Ba‗zi bir mexanizmlarniki 
esa 1 ayl/mindan kam bo‗ladi. 
Aksariyat ishchi mashina va mexanizmlar elektr motorlari orqali harakatga 
keltiriladi. Motor reduktor, transmissiya, krivoship-shatunli mexanizm kabi 
harakatni mashinaga uzatib beruvchi mexanik qurilmalar hamda nazorat-boshqaruv 
tuzilmalari bilan birgalikda ishchi mashinalar ishlashining energetik, kinematik va 
kibernetik asosini tashkil etuvchi elektr mexanik tizim bo‗lib xizmat qiladi. 
Prokat stani, ekskavator kabi bir nechta ishchi organlarga yoki bir nechta 
o‗zaro uzviy bog‗liq bo‗lgan texnologik jarayonlardan tashkil topgan murakkab 
texnologik mashina komplekslarida elektr energiyasini taqsimlovchi va 
boshqaruvchi tizimlar bilan ularning elektr yuritmalari birgalikda mashinaning 
elektrmexanik majmuasini tashkil qiladi. 
Ishlov berish tezligining kattaligi, texnologik operatsiyalarning yuqori va 
mo‗tadil aniqlikda bajarilishi yuqori dinamikali, avtomatik boshqaruvli elektr 
yuritmalarni qo‗llashni taqozo etadi. Texnologik jarayonlarni amalaga oshirishda 
moddiy va energetik tejamlilikka intilish texnologik jarayonni optimallashtirish 
bilan bir qatorda elektr yuritmani ham optimallashtirishni taqazo qildi. XX asr 
oxirlarida erishilgan mashinasozlik ishlab chiqarishining texnik rivojlanishi 
pog‗onasida elektrmexanik komplekslar va tizimlar texnologik qurilmalar, mashina 
va mexanizmlarining texnologik imkoniyatlari va texnik darajasini aniqlaydigan 
bo‗lib qoldi. 
Zamonaviy 
elektr 
yuritmalarni 
yaratish 
elektrtexnika, 
avtomatika, 
mikroelektronika va kompyuter texnikasi yutuqlaridan unumli foydalanishga 
asoslanadi. Bular fanning tez rivojlanayotgan jabxasi bo‗lib elektrmexanik tizimlar 
rivojining yuqori dinamikasini ta‗minlaydi. 


26 
Oxirgi 10 yillikda avtomatlashtirilgan elektr yuritma intensiv tezkor 
rivojlanishga erishdi. Birinchidan bu mashinasozlikning umumiy rivojlanishi, 
texnik talablar, ishlov berish aniqligining oshishi va ishlab chiqarilayotgan 
maxsulotlar sifatini mo‗tadil ta‗minlash kabi korsatkichlarda namoyon bo‗ladi. 
Ikkinchidan elektr yuritmaning faqatgina sanoatda emas balki kundalik 
turmushda, qishloq xo‗jaligida, transportda, tibbiyotda va maishiy elektr 
qurilmalarida qo‗llanishi bilan namoyon bo‗ladi. 
Uchinchidan elektr energiyasini intensiv ishlab chiqarish bilan birga uni 
tejamli va samarali ishlatishga e‗tibor berila boshlandi. Elektr energiyasidan 
elektrmexanik yo‗nalishda foydalanish samaradorligini oshirish keng ko‗lamda 
elektr yuritma rivojlanishi bilan bog‗liq. Bunda fikr elektrmexanikada faqatgina 
elektr energiyasi yo‗qotilishida ketmayapti, balki avtomatik boshqaruvchi elektr 
yuritmani qo‗llash bilan texnologik jarayonlar optimallashishi va energiya sarfi 
kamaytirilishi nazarda tutilmoqda. 
Mashinasozlik va boshqa sohalardagi texnik rivojlanishning jadallashishi, 
texnik vositalar avlodlarining eskirish muddatlarini qisqarishi avtomatlashtirilgan 
elektr yuritma tizimlarini va ular elementlarini rivojlantirish bo‗yicha yangi 
vazifalar qo‗yadi. Mexanik harakat bilan bog‗liq bo‗lgan yangi texnologiyalar 
bevosita 
avtomatlashtirilgan 
boshqaruvli 
elektr 
yuritmalarni 
qo‗llashga 
asoslanmoqda. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish