18
tugmalari orqali amalga oshiriladi. SV1 «Yo‗q» tugmasini bosganimizda
magnitli
yuritgich KM cholg‗ami tarmoqdan energiya olib yuritgichning asosiy kuch
kontaktalarini ishga tushirish orqali motorni elektr energiyasi tarmog‗iga ulaydi.
O‗zining normal ochiq (n.o.) blok kontakti bilan (KM) yuritgich «Yo‗q» tugmasini
shuntlaydi va tugma qo‗yib yuborilganda ham bu blok-kontakt yopiq holatda qolib
motorga elektr energiyasini otishini ta‗minlab beradi. Motorni o‗chirish magnitli
yuritgich KM cholgamiga berilayotgan energiya ta‗minotini uzuvchi SB2 «O‗ch»
tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.
1.1 - rasmda ko‗rsatilgan boshqaruv sxemasi 2 xil ko‗rinishdagi himoyaga
ham ega: a) tok o‗tkazuvchi simlar va motor stator cho‗lgamlarini qisqa tutashuv
tokidan himoyalash, bunda himoya maxsus maksimal uzgichli QF avtomatik
o‗chirgich orqali amalga oshiriladi.
b) motorni o‗ta yuklanishdan himoyalash magnitli yuritgichga o‗rnatilgan
(KK) issiqlik relelari orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi misol sifatida liftlarning elektr yuritmasini ko‗rib chiqamiz. Lift –
bu yo‗lovchilarni vertikal yo‗nalishda xarakatlantiruvchi
avtomatlashtirilgan
elektrmexanik qurilmadir. Yo‗lovchi liftga kirib unga kerakli bo‗lgan qavat
tugmasini bosganida lift kabinasi va shaxtasining eshiklari avtomatik tarzda
yopiladi. Lift kabinasi kerakli yo‗nalishda harakatga keladi, va kerakli qavatda
to‗xtaydi, bu vaqtda lift kabinasi va shaxtasi eshiklari avtomatik tarzda ochiladi.
Elektrmexanik tizimning elektr motori reduktor orqali po‗lat arqonlar o‗rnatilgan
shkivlarni aylantirib elektr energiyasini mexanik energiyasiga aylantirish yo‗li
bilan mexanik tizimni harakatga keltiradi. Ikkinchi elektrmexanik tizim eshiklarni
ochib-yopish mexanizmidir. Bu tizim elektr
motor va kinematik mexanik
qismlardan iborat bo‗ladi.
Liftni boshqarish tizimi eshiklarni boshqarish, kabina harakati yo‗nalishini
tanlash, ravon yurgazish, ma‗lum tezliklardagi harakatni ta‗minlash, tormoz berish
va kabinani aniq to‗xtatish kabi vazifalarni bajaradi. Kabinani aniq to‗xtatish va
yo‗lovchilarni kabinadagi qulayliklarini ta‘minlash uchun harakat tezligini ma‗lum
qonuniyat bo‗yicha rostlash kerak bo‗ladi. Buning uchun harakat tezligi 1,4 m/s
19
gacha bo‗lgan liftlarda ikki tezlikli asinxron motorlar, tezkor xarakatlanadigan
liftlarda esa tezligi ravon rostlanadigan elektr yuritmalar qo‗llaniladi. Liftni
boshqarish tizimi harakatni boshqarishdan tashqari yolovchilar
xavfsizligini va
nosozliklarsiz ishlashni ta‗minlab beruvchi hamda kabina holatini aniqlab beruvchi
kerakli himoya va blokirovkalarni ham o‗z tarkibiga oladi.
Uchinchi misol sifatida ko‗p funksiyali avtomatik maishiy kir yuvish
mashinasining elektrmexanik tizimini ko‗rib chiqamiz. Mashina quyidagi
elektrmexanik qurilmalardan iborat: barabanni aylantiruvchi ko‗p tezlikli
elektrmotor; elektrnasos,
elektrik klapanlar; dasturli boshqarish apparatlari.
O‗rnatilgan dasturga ko‗ra mashina kir yuvish, chayqash va uni siqish, suvni
quyish va to‗kish operatsiyalarini bajaradi. Turli elektrik va mexanik elementlar
ishlashi dasturli boshqarish tuzilmasi bilan funksional bog‗langan.
Alohida
elementning ishini alohida ajratilmaydi, chunki ular texnologik jarayonni
ta‗minlash uchun yagona avtomatik elektrmexanik tizimni tashkil qiladi. Bunda
elektrmexanik tizimi tarkibiga texnologik jarayonni bajarish uchun kerak
bo‗ladigan
elektr
energiyani
mexanik
energiyaga
aylantirib
beradigan
elektrmotorlar va bu jarayonni boshqarish uchun boshqaruv tuzilmalari kiradi.
Energiyani tejash texnologiyalarini yaratishda asosiy vazifalardan biri elektr
yuritma zimmasiga tushadi. Ko‗pchilik texnologik jarayonlar katta elektr energiya
sarfi bilan bog‗liqdir, lekin har doim ham bu sarflar tog‗ridan-tog‗ri
ishlab
chiqarish samaradorligi bilan bog‗liq bo‗lavermaydi.
Issiqlik ta‗minoti va suv ta‗minoti tizimlari bunga misol bo‗la oladi.
Istemolchiga issiq yoki sovuq suvni yetkazib beruvchi nasos qurilmalari avvallari
rostlanmaydigan elektr yuritma bilan jixozlanar edi. Bunda nasoslarning
unumdorligi (quvvati) rostlanmas edi yoki quvurlardagi drossellar (klapanlar)
orqali rostlanar edi. Vaholanki kerakli unumdorlik sutka va yil davomida doim
ozgarib turadi. Quvurlardagi drossellar orqali rostlashni avtomatik tarzda amalga
oshirib bo‗lmaydi va u samarasiz energiya isrofi bilan bog‗liq bo‗ladi.
20
Oxirgi yillarda nasos elektr yuritmalari asinxron motorlarini tezligini
rostlashning texnik vositalari paydo bo‗lishi bilan birga issiqlik va suv ta‗minoti
tizimida ham rostlanuvchi elektryuritmalar qo‗llanila boshlandi.
Nasosning rostlanuvchi elektr yuritmasi ikki vazifani bajaradi: elektr
energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi va qurilmaning ishlash
jarayonini boshqaradi. Bunda suvning bosimi va sarfini kerakli darajada ushlab
turishga e‗tibor beriladi. Bu tizim elektr energiyasini 30% gacha, suvni 25% gacha,
issiqlikni 10% gacha tejash imkonini beradi. Ko‗rib chiqilgan misol shuni
ko‗rsatadiki, mexanizm ishchi organi tezligini rostlash imkoniyatini ta‗minlovchi
elektr yuritma texnologik jarayonlarni optimal olib borish uchun keng
imkoniyatlarga ega, xususan elektr energiyasini tejamli ishlatishni ta‗minlaydi.
Mashina ishchi organi tezligini rostlash ko‗pchilik mashina va mexanizmlar
ishlashining asosiy shartlaridan biri bo‗lib qoladi.
Shu xususda mexanik kurak turidagi tog‗ ekskavatori
mexanizmlari elektr
yuritmasini ishlashi bilan tanishib chiqamiz (1.2 - rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: