278
Impulsli boshqaruv tizimli elektr yuritmalarda
rostlash zanjirida impulsli
element bor bo‗lib, u uzluksiz signalni uzluksiz ketma – ketlikdagi aniq
xarakteristikali impulslarga o‗zgartirib beradi. Elektr yuritmalar tizimlarida kengli
impulsli o‗zgartirgichlar (KIO‘) keng ko‗lamda ishlatiladi. Ular impulslarni aniq
ketma – ketlikda, o‗zgaruvchan davomiylikda, doimiy
davrda va amplitudada
shakllantirib beradi.
Raqamli rostlash tizimlarida o‗zgaruvchi xaqidagi axborot raqamli kodga
aylantiriladi. Hozirgi vaqtda raqamli tizimlar asosan mikroprotsessorlar
ko‗rinishida yaratiladi. Ular rostlagich va axborot o‗zgartirgich tuzilmalari
vazifalarini raqamli ko‗rinishda amalga oshiradi.
Chiquvchi rostlanuvchi koordinatalar bo‘yicha tasnif.
Chiquvchi rostlanuvchi koordinatalar bo‗yicha yopiq konturli rostlash tizimi
quyidagi guruhlarga bo‗linadi:
Momentni (zo‗riqishni) rostlash tizimlari. Bu sinfga metallurgiya
sanoatidagi listli prokat ishlab chiqarishda metalni tortish
tizimi elektr yuritmasi
yoki kimyoviy – texnologiya ishlab chiqarishida yupqa plyonkalarni tortish tizimi
elektr yuritmalari misol bo‗la oladi. Ishchi organ momentini rostlash qonuniyati
texnologik jarayon bilan aniqlanadi.
Tezlikni rostlash tizimlari. Ular ko‗pchilik texnologik mashinalarning elektr
yuritmalarida qo‗llaniladi: metallarga ishlov beruvchi dastgoxlarda, prokat
stanlarida. Tezlikni rostlash tizimi ikkita katta guruhga bo‗linadi.
Tezlikni stabillashtiruvchi tizim. Bunda har xil ta‘sirlarga qaramay tezlikni
bir maromida ushlanadi. Bu tizimga qog‗oz ishlab
ishlab chiqaruvchi mashina
elektr yuritmasi misol bo‗ladi.
Tezlikni boshqarish tizimi. Bunda ishchi organ tezligi texnologik jarayon
talablariga ko‗ra yuqori aniqlikda rostlanadi. Ekskavator, ko‗tarma – transport
mashinalari elektr yuritmalari bunga misol bo‗la oladi.
Ishchi organ holatini rostlash tizimi. Bu tizimlar prokat stanlarining
vintlarini qotirish tizimi elektr yuritmalarida va
sanoat ishlab chiqarishning
279
robotlashtirilgan tizimlari elektr yuritmalarida ishlatiladi. Bu tizimda ishchi
organning holati texnologik jarayon talabiga ko‗ra aniq belgilanadi. Holatni
rostlash yopiq konturli tizimi ikki xil turda namoyon bo‗ladi – holatlashtirish
(pozitsiya) tizimi va kuzatuvchi tizim.
Holatlashtirish tizimida ishchi organning boshlang‗ich va oxirigi holatlari
beriladi, ko‗chish parametrlari esa nazorat qilinmaydi.
Kuzatish tizimida ishchi organning har bir holati aniq berilib, uning xarakat
traektoriyasi to‗liq nazorat qilinadi.
Bajariladigan vazifasiga ko‗ra tasniflanish texnologik
jarayon xarakteri va
xususiyatlariga qarab quriladi. Barcha yopiq konturli elektr yuritma tizimlari
quyidagilarga bo‗linadi:
1.
Rostlanadigan parametrlarni stabillashtirish tizimi (moment, tezlik).
Bunday tizimlarning asosiy xususiyati rostlanadigan parametrlarning
uzoq vaqt davomida o‗zgarmay bir xil qolishidadir. Rostlanadigan
parametrlarning xaqiqiy qiymati ta‘sirlar va siljishlarga qaramay
o‗zgarishsiz qolishi kerak.
2.
Tezlikni
rostlash tizimi, bunda tezlikning berilishi operator tomonidan
amalga oshirilib, elektr yuritma tomonidan kerakli aniqlanadi qayta
ishlaydi (bajariladi).
3.
Elektr yuritmaning kuzatuvchi tizimi. Bu erkin ravishda o‗zgaruvchi
kirish boshqaruvchi signalli yopiq konturli holatni rostlash tizimi bo‗lib,
ishchi organ tomonidan kuzatish ob‘yekti xarakatini amalga oshiradi.
Kuzatuvchi tizimlar nusxali – frezer dastgoxlarda,
radiolokatsiya
stansiyalarining navigatsiya tizimlarida ishlatiladi.
4.
Dasturli boshqaruvli tizim. Bunda texnologik jarayonni bajarishda
berilgan signal va rostlanuvchi parametrlar dasturlash tuzilmasiga
kiritilgan qonuniyat bo‗yicha o‗zgaradi. Bunday tizimlar metall qirquvchi
dastgoxlarda qo‗llaniladi.
280
5.
Adaptiv tizimlar (moslanuvchi). Bunday yopiq konturli rostlash tizimida
elektr yuritmaning ish rejimi aniq texnologik holat va ish sharoitiga qarab
avtomatik tarzda tanlanadi.
TO‘ – D o‗zgarmas tok elektr yuritmalarining rostlash tizimlari jamlanuvchi
kuchaytirgich bilan va yuritmaning bo‗ysinuvchi rostlash parametrlari bilan
bajariladi.
Chastotali boshqaruvchi asinxron elektr yuritmalarni
rostlash tizimlari
rostlash prinsipiga ko‗ra quyidagicha bo‗ladi:
- parametrik boshqarish tizimi;
- chastota – tokli boshqarish tizimi;
- vektorli boshqarish tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: