A. A. Xashimov, M. M. Mirxaydarov elektr yuritma



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/181
Sana29.04.2022
Hajmi5,79 Mb.
#591875
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   181
Bog'liq
2 5199554044955202142(1)

8.4. Nazoart savollari. 
1.
Elektr yuritmada qanday hollarda o‗tish jarayonlari vujudga keladi? 
2.
Motor qo‗zg‗atish chulg‗amidagi uni tarmoqqa ulangandan keyingi paytdagi 
tokning o‗zgarish jarayoni qanday tenglama bilan belgilanadi? 
3.
Aktiv – induktiv yuklamada, unga kuchlanish berilgandan keyin, o‗zgarmas 
tokning o‗sish vaqtini kamaytirish uchun nima qilish kerak? 
4.
Elektrmexanik vaqt doimiysi qanday parametrga bog‗liq? 
5.
O‗zgarmas tok motori yakor zanjiridagi elektrmagnit vaqt doimiysi qanday 
parametrlarga bog‗liq bo‗ladi? 
6.
Elektr yuritmaning mexanik qismi qanday dinamik bo‗g‗in bilan 
belgilanadi? 
7.
Mexanik va elektrmexanik inersionlikka ega bo‗lgan elektrmexanik 
tizimlarda o‗tish jarayonlari xarakteri nimaga bog‗liq bo‗ladi? 
8.
Agar yuritmaga statik moment qo‗yilgan bo‗lsa unga qo‗zg‗atuvchi ta‘sir 
ettirilganda uzatish funksiyasi bo‗yicha tezlikning o‗rnatilgan hatolik 
kattaligi qanday aniqlanadi? 
9.
Nima uchun o‗zgarmas tok motori valiga yuklama qo‗yilganda yakor toki 
oshib ketadi? 


240 
10.
O‗zgarmas tok motori strukturaviy sxemasi qanday dinamik bo‗g‗inlardan 
tashkil topadi? 
11.
O‗tish jarayoni davriy bo‗lmagan xarakterli bo‗lishi uchun elektrmexanik va 
elektrmagnit vaqt doimiylari orasidagi nisbat qanday bo‗lishi kerak? 
12.
Elektr yuritmadagi tezlik bo‗yicha manfiy teskari bog‗lanish o‗tish 
jarayonlari xarakteriga qanday ta‘sir qiladi? 
9. ELEKTR YURITMALARNI BOSHQARISH APPARATLARI, 
JIXOZLARI VA TIZIMLARI. 
9.1. Elektr yuritmalarni boshqarish va himoyalash apparatlari. 
Elektr yuritmalarni boshqarish uchun turli xil ko‗rinishdagi apparatlar 
ishlatiladi. Ular orqali elektr yuritmaning axborot kanallari shakllanadi. Axborot 
kanallari esa texnalogik jarayon talablariga ko‗ra mashina ishchi organi xarakatini 
boshqaradi (1.3 bobini qarang). Boshqaruv apparatlari hamda elektr, mexanik va 
texnalogik datchiklari bilan birgalikda elektir yuritmaning axborot bashqaruv 
tuzilmalarini tashkil qiladi. 
Kuchli elektr zanjirlari, ximoyalanish bloklashtirish tuzilmalarini ulash 
uchun odatda kontaktli elektrik apparatlar ishlatiladi. Boshqaruvning mantiqiy 
funksiyalarini boshqarish uchun, elektr yuritma xarakati parametirlarini 
optimallashtirish uchun aksariyat xollarda xisoblash texnikasi tuzulmalaridan 
foydalaniladi. Bular mikroprotsessor vositalari va tizimlari, dasturli kontrollerlar 
va sanoat kompyuterlaridir. 
Elektr yuritmaning boshqaruv elektr mexanik apparatlari funksiyasiga 
hamda ulanadigan tok va kuchlanish qiymatiga qarab farqlanadi. 
Bajaradigan funksiasiga qarab: 
-
Ximoyalash apparatlari: avtomatik o‗chirgichlar, maksimal va minimal tok 
relesi, issiqlik relesi; 
-
Elektr zanjirlarini ulash uchun ulash apparaturalari; bu guruhning asosiy 
turlari kontaktor va yurgizgichdir (puskatel); 


241 
-
Boshqaruv relesi: oraliq rele, vaqt relesi, tok va kuchlanish relesi; 
-
Tezkor boshqarish apparatlari: tugma, qayta ulagich, buyruq kontrollerlari. 
Avtomatik o‗chirgichlar (avtomatlar). Elektr tarmoqlari va elektr energiyasi 
iste‘molchilarini qisqa tutashuv va o‗ta yuklanish toklaridan ximoya qilish uchun 
mo‗ljallangan. 
Avtomatlarning o‗chirilishi maksimal, issiqlik va mustaqil ijroli uzgichlar 
ta‘siri natijasida amalga oshiriladi. Qisqa tutashuv tokidan ximoyalanish 
elektirmagnitli turdagi maksimal uzgichlar orqali amalga oshiriladi. Issiqlik ijroli 
uzgichlar ortiqcha yuklanish holatidan ximoya qiladi. Xozirgi paytda quyidagi 
avtomatlar ishlatiladi: AK- 63, AE- 1000, AE- 2000, A Z100, A 3700, va elektron. 
Avtomatik o‗chirgichlar naminal tok bo‗yicha, uzgichlar tarkibi bo‗yicha, uzgich 
naminal toki bo‗yicha tanlanadi. 
Kuchli elektr apparatlari uchun tok qiymatini bir qator nominal ko‗rsatkichlari 
qabul qilingan: 10, 16, 25, 40, 63, 100, 160, 250, 400, 630 va 1000 A. 
Elektrmagnitli kontaktorlar. Kuch elektr zanjirlarini masofada tezkor ulash va 
o‗chirish uchun mo‗ljallangan. Kantaktorlar tok turiga qarab farqlanadi, ya‘ni 
o‗zgaruvchan va o‗zgarmas tok uchun; bosh kontaktlarini soniga qarab: bir qutbli 
va ikki qutbli o‗zgarmas tok uchun, uch qutubli o‗zgaruvchan tok uchun; 
boshqaruv chulg‗ami kuchlanish turi bilan; blok- kantaktlari soni bilan, 
kantaktorlar katta qiymatga ega bo‗lgan tok va kuchlanishlarni ulashda ishlatilgani 
uchun ular yoy so‗ndirish kameralari bilan jixozlanadi. 
Sanoatda quyidagi turdagi kantaktorlar ishlab chiqariladi: KP va KPD, 
ularnig toki 25 dan 250 A gacha; KPV 600 va KPV 620, KT 7000, KTP 600, 
ularning toki 63 don 1000 A gacha. Barcha kantaktorlar 3 ta asosiy kontaktga ega 
bo‗ladilar. Bazi kontaktorlar 5ta asosiy kontaktga ega bo‗ladilar. 
MK turdagi tok kuchi 160Ampergacha kontaktorlar o‗zgaruvchan va o‗zgarmas 
tok uchun mo‗ljalangan bo‗lib, g‗altak chulg‗ami o‗zgarmas tokka mo‗ljallangan . 
Magnitli yurgizgichlar. Bular qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron 
dvigetellarni boshqarish uchun mo‗ljallangan maxsuslashtirilgan kantaktorlardir. 
Yurgizgich tarkibiga quyidagilar kiradi; kantaktor ko‗rinishdagi ulanish tuzilmasi; 


242 
issiqlik ximoya relelari; ( shuningdek signal lampalari va boshqarish tugmalari). 
Ishlab chiqariladigan yurgizgichlar reversiv va noreversiv turlariga, naminal tok 
qiymatiga ko‗ra 6 ta o‗lchamga (gabaritga) bo‗linadi: 10, 25, 40, 63, 100, 160 A, 
issiqlik relelariga qarab ximoyalangan va ximoyalanmagan turlarga bo‗linadi. 
Bugungi kunda sanoatda PML, PAE, PA, PME rusumli yurgizgichlar ishlab 
chiqariladi. 
9.1 rasmda magnitli yurgizgich yordamida reversli va norevers boshqarish 
sxemasi ko‗rsatilgan. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish