O„zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining daromadlari ijrosi.
O‗zbekiston
Respublikasi
Davlat
byudjetining
daromadlariga
O‗zbekiston
Respublikasining
―Byudjet
kodeksini
tasdiqlash
to‗g‗risida‖gi qonunining 11-moddasida nazarda tutilgan tushumlar
kiritiladi.
Daromadni byudjetga o‗tkazish soliq organlari, bojxona organlari va
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shunga vakolatli boshqa davlat
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ortiqcha kelib tushgan summa (ortiqcha to‗lov)ni hisobga olish yoki
qaytarish O‗zR Soliq va Bojxona kodekslari hamda tegishli
yo‗riqnomasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Respublika byudjetiga O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida
belgilangan umumdavlat soliqlari o‗tkaziladi. Bunda tartibga soluvchi
umumdavlat soliqlari har yili tasdiqlanadigan normativlarga muvofiq
respublika byudjetiga kelib tushadi.
Alohida umumdavlat soliqlari to‗liq miqdorda respublika byudjeti
yoki Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
byudjetlari o‗tkaziladi.
Soliq to‗lovchilar to‗lagan tartibga soluvchi umumdavlat soliqlari
miqdori O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlangan normativlarga muvofiq tegishli banklardan respublika
byudjetiga ushlab qolinadi va O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan belgilangan tartibda respublika byudjetining asosiy hisobiga
o‗tkaziladi.
Hududlar byudjetlariga tartibga soluvchi umumdavlat soliqlarining
bir qismi, mahalliy byudjetga biriktirilgan umumdavlat soliqlari,
shuningdek, mahalliy soliqlar va yig‗imlar o‗tkaziladi. Bunda tartibga
soluvchi umumdavlat soliqlari har yili tasdiqlanadigan normativlarga
muvofiq hududlarning byudjetlariga o‗tkaziladi.
Yuqori hududiy hokimiyat organlari tomonidan quyi byudjetlarga
tartibga soluvchi soliqlarni taqsimlash tartibi O‗zbekiston Respublikasi
Davlat byudjetini tuzish va ijro etish qoidalari bilan belgilab berilgan.
Byudjet mablag‗lari oluvchilar ular uchun byudjet mablag‗larini
ajratish ko‗zda tutilgan byudjetdan moliyalashtiriladi.
Byudjet mablag‗lari oluvchilarni moliyalashtirishga ajratiladigan
mablag‗lar ularning bo‗ysunish tamoyilidan kelib chiqqan holda tegishli
byudjetda ko‗zda tutiladi va tegishli byudjetlarning daromad va
xarajatlarining yillik ro‗yxatida nazarda tutilgan ajratmalar chegarasida
amalga oshiriladi (byudjet ijrosi jarayonida unga o‗rnatilgan tartibda
kiritilgan o‗zgarishlar hisobga olingan holda).
Davlat maqsadli jamg‗armalarining byudjetlari qonun hujjatlariga
muvofiq ushbu jamg‗armalarning taqsimlovchi organlari tomonidan ijro
etiladi.
Davlat maqsadli jamg‗armalarining taqsimlovchi organlari
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
muddat va tartibda O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli
jamg‗armalarning ijrosi to‗g‗risida hisobot beradi. O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy bo‗linmalari respublika
byudjeti va hududlar byudjetlarining ijrosi hisobini yuritadi.
Moliya organlarida byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi
―Qoraqalpog‗iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarning moliya
organlarida byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi to‗g‗risida‖gi
Yo‗riqnomada belgilangan tartibda kassa daromadlari va xarajatlari
bo‗yicha yuritiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi Moliya vazirligi, mahalliy moliya organlari mos ravishda
respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar
va Toshkent shahar byudjetlari ijrosi hisobini yuritadi.
Byudjet mablag‗lari oluvchilar nomidan va topshirig‗iga ko‗ra
g‗aznachilik bo‗linmalari tomonidan tegishli g‗azna hisobvarag‗iga
o‗tkazilgan (to‗langan) yoki vakolatli bank tomonidan maxsus g‗azna
hisobvarag‗idan ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to‗lovlar uchun
byudjet mablag‗lari oluvchilarga berilgan barcha pul mablag‗lari (naqd
yoki naqdsiz shaklda) kassa xarajatlari hisoblanadi. Kassa daromadlari –
g‗aznachilik bo‗linmalarining tegishli g‗azna hisobvarag‗iga o‗tkazilgan
daromadlar miqdori.
Tegishli byudjetlarning g‗azna hisobvaraqlaridan ijtimoiy
nafaqalarni to‗lash uchun mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organlari
hisoblariga o‗tkazilgan pul mablag‗lari ham kassa xarajatlari sanaladi.
Haqiqiy xarajatlar byudjet mablag‗lari oluvchilarning tegishli
hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan haqiqiy xarajatlari, shu jumladan,
kreditorlarning to‗lanmagan hisobi, hisoblangan ish haqi bo‗yicha,
stipendiyalar, nafaqalar va buxgalteriya hisobining boshqa obyektlari
bo‗yicha xarajatlar hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy
Banki va O‗zR tijorat banklari respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarining
kassa ijrosini buxgalteriya hisobi amalga oshiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya
organlari Davlat byudjeti ijrosi nazorat qilinishini amalga oshirish
chog‗ida:
– turli darajadagi byudjetlar ijrosi yakunlarini ko‗rib chiqadi;
– turli darajadagi byudjetlarga mablag‗lar tushumi to‗g‗risida soliq
va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‗armalarini taqsimlovchi
organlardan axborotlar oladi;
– byudjet mablag‗lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish
bajaruvchi, xizmat ko‗rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini,
shuningdek, buyurtmachining Davlat byudjeti mablag‗lari hisobidan
kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini ro‗yxatdan o‗tkazadi;
– tovar yetkazib beruvchining (ish bajaruvchining, xizmat
ko‗rsatuvchining) bevosita hisobvarag‗iga byudjet mablag‗larini
oluvchilar nomidan to‗lovlarni amalga oshiradi;
– qonun hujjatlariga muvofiq banklardan byudjet mablag‗lari
harakati to‗g‗risida ma‘lumotlarni oladi;
– byudjet mablag‗lari oluvchilarning moliya-xo‗jalik faoliyatini o‗z
vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan o‗tkazadi.
– qonun hujjatlariga muvofiq, byudjet mablag‗lari harakati
to‗g‗risida banklardan ma‘lumot oladi;
– o‗z vakolatlari doirasida byudjet mablag‗lari oluvchilarning
moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini tekshirish va tekshirishlarni amalga
oshiradi.
Qonun hujjatlariga muvofiq, yanvar oyi moliya yiliga qo‗shimcha
vaqt sifatida belgilangan, shu davr mobaynida yakunlangan yil uchun
Davlat byudjetining g‗azna ijrosi amalga oshiriladi.
Qo‗shimcha vaqt davrida moliya organlari, Moliya vazirligi
G‗aznachiligi va uning hududiy bo‗linmalari, shuningdek, byudjet
tashkilotlari tomonidan hisobot yili uchun Davlat byudjeti ijrosi
bo‗yicha operatsiyalar amalga oshiriladi, shu jumladan:
– byudjetlararo o‗zaro hisob-kitoblarni tartibga solish;
– byudjet mablag‗lari oluvchilarning o‗tgan yillardagi kreditorlik
qarzlarini to‗lash;
– tejab qolingan pul mablag‗larini byudjet tashkilotlarini
rivojlantirish jamg‗armalariga o‗tkazish;
– Davlat byudjeti ijrosi bo‗yicha boshqa operatsiyalar.
Byudjet faoliyatining to‗rtinchi bosqichi byudjet ijrosi to‗g‗risidagi
hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash hisoblanadi.
Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‗lari
oluvchilar hisobot davrida byudjet mablag‗laridan foydalanganlik
to‗g‗risidagi hisobotlarini O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga
belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag‗lari
oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‗lardan hisobot davrida
foydalanganlik to‗g‗risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda
taqdim etadi.
Moliya vazirligining G‗aznachiligi va uning hududiy bo‗linmalari
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan
muddatlarda
davlat
byudjetining ijrosi to‗g‗risidagi hisobotni
tayyorlaydi va ushbu hisobotni O‗zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga va hududlarning moliya organlariga taqdim etadi.
Hududlarning moliya organlari byudjetning hisobot davridagi ijrosi
to‗g‗risidagi hisobotlarni tegishli hokimliklarga hamda yuqori moliya
organlariga O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan
muddatlarda taqdim etadi. O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‗mitasi, Davlat bojxona qo‗mitasi soliqlar, yig‗imlar, bojlar va boshqa
majburiy to‗lovlarning Davlat byudjetiga hisobot davridagi tushumlari
to‗g‗risidagi hisobotni har oyda O‗zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Davlat soliq xizmatining joylardagi soliq organlari soliqlar,
yig‗imlar, bojlar va boshqa majburiy to‗lovlarning Davlat byudjetiga
hisobot davridagi tushumlari to‗g‗risidagi hisobotni har oyda tegishli
moliya organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim
etadi.
Davlat maqsadli jamg‗armalarini taqsimlovchi organlar hisobot
davrida davlat maqsadli jamg‗armalariga mablag‗lar tushumi va ulardan
foydalanish to‗g‗risidagi hisobotlarni O‗zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining
ijrosi to‗g‗risidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1
apreligacha O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim
etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining
ijrosi to‗g‗risidagi hisobotni O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga
u tashqi audit va baholash o‗tkazishi uchun hisobot yilidan keyingi
yilning 5 apreligacha yuboradi.
O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat byudjetining ijrosi
to‗g‗risidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning 10
mayidan kechiktirmay O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
taqdim etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining
ijrosi to‗g‗risidagi hisobotni O‗zbekiston Respublikasi Hisob
palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning
15 mayidan kechiktirmay O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Davlat byudjetining ijrosi to‗g‗risidagi hisobot O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko‗rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosi
to‗g‗risidagi hisobotlar Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i
Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan
ko‗rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |