byudjetga kelib tushganda ular naqdsiz holga keltiriladi, ya‘ni,
byudjetning daromad qismini shakllantirish jarayoni pul mablag‗larining
bir tomonlama xarakteriga ega bo‗lib, ular umumiy ―g‗aznaga‖ tushgach
davlat va jamiyat manfaatlari yo‗lida sarflanadi. Shunday qilib, davlat
byudjetida davlat, xo‗jalik subyektlari va alohida fuqarolarning
manfaatlari kesishadi.
A.A. Golubev va N.P. Gavrilovga ko‗ra, davlat byudjeti
daromadlari byudjet munosabatlarining jismoniy va yuridik shaxslar
tomonidan milliy daromadning muayyan qismini davlatga o‗tkazishdan
iborat bo‗lgan qismi – byudjet jamg‗armasini shakllantirishni
ifodalaydi
15
.
Z.X. Srojiddinovaning fikricha, byudjet daromadlari – bu
qonunchilikka muvofiq davlat byudjet tizimining byudjetlariga beg‗araz
va qaytarilmas tartibda kelib tushayotgan pul mablag‗laridir
16
.
L.M. Teterinaning fikriga ko‗ra, byudjet daromadlari – bu
davlatning o‗z funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‗lgan
markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismidir. Byudjet
daromadlari
davlat
pul
mablag‗larining
markazlashtirilgan
jamg‗armasini shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy
munosabatlardir. Ular jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan
to‗lanadigan turli to‗lovlardan iborat bo‗lib, shuningdek, jismoniy va
yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan
beg‗araz tushumlar shaklini ham olishi mumkin
17
.
I.M. Mislyaevaga ko‗ra esa, byudjet daromadlari – bu milliy
daromadning bir qismini qayta taqsimlash hisobiga shakllanadigan va
davlat hamda mahalliy o‗zini-o‗zi boshqarish organlari tomonidan o‗z
funksiyalarini
bajarish
uchun
foydalaniladigan
davlatning
markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismidir. Byudjet
daromadlari – ―davlat daromadlari‖ tushunchasiga nisbatan tor
15
Голубев А.А., Гаврилов Н.П. Финансы и кредит: Учебное пособие – СПб, ГУИТМО,
2011. – 95 с.
16
Срожиддинова З.Х. Бюджетная система Республики Узбекистан: Учебник – Ташкент,
2010. – 480 с.
17
Тетерина Л.М. Государственный бюджет: Учеб.-метод.
комплекс; Минский институт
управления. – Мн.:
Изд-во МИУ, 2015
tushuncha, chunki davlat daromadi byudjet mablag‗lari, byudjetdan
tashqari jamg‗armalar resurslari, davlat sektori mulki, shuningdek,
davlatga tegishli barcha to‗plangan boylikni ham o‗z ichiga oladi
18
.
T.M. Bogolibning fikricha, byudjet daromadlari moliyaviy
munosabatlar tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, uning
to‗liqligi va o‗z vaqtidaligi mamlakatning faol ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi uchun xarajat majburiyatlarining bajarilishi imkoniyatini
belgilab beradi
19
.
O‗zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga muvofiq davlat
byudjeti daromadlari:
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar;
davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan
olingan daromadlar;
meros, hadya huquqi bo‗yicha davlat mulkiga o‗tgan pul
mablag‗lari;
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan
tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet
davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‗lash hisobidan to‗lovlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan
shakllantiriladi
20
.
Byudjet daromadlarini shakllantirish shakllari va metodlari ko‗plab
obyektiv va subyektiv omillar ta‘siri ostida o‗zgaradi, ularning orasida
esa ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining
rivojlanganlik darajasi birlamchi ahamiyat kasb etadi. Mavjud iqtisodiy
va
ijtimoiy
vaziyat,
siyosat
va
mazkur
bosqichda
jamiyat
rivojlanishining ustuvor yo‗nalishlari, ko‗zlangan maqsadlarga erishish
strategiyasi va taktikasi ham daromadlarga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi.
18
Мысляева И.М. Государственные и муниципальные финансы: Учебник. Изд. 2-е,
перераб. и доп. — М: ИНФРА-М, 2013. - 360, с. 100
19
Боголиб Т. М. «Доходы бюджета в системе финансового регулирования»,
научный
журнал «Europeansciencereview», выпуск № 5-6 / 2014
20
Ўзбекистон Республикасининг 2013 йил 26 декабрдаги № ЎзРҚ-360 қонуни билан
тасдиқланган Ўзбекистон Республикасининг Бюджет кодекси
Biroq har qanday holatda, daromadlarni safarbar qilishning asosiy
maqsadi barqaror moliyaviy bazani shakllantirish sanalib, bu barcha
darajadagi davlat hokimiyati organlariga o‗z funksiyalarini bajarish va
umumdavlat hamda mintaqaviy ehtiyojlarni qondirishga imkon beradi.
Daromadlarning maqsadi – byudjet xarajatlarini qoplashdir. Shu bilan
birga, xo‗jalik subyektlari va aholi bilan o‗zaro moliyaviy
munosabatlarda hamda byudjetning daromad qismini undirishda mehnat
mahsuldorligini oshirishga, resurslardan samarali foydalanishga va
oqibat o‗laroq tushumlar ortishiga rag‗batlantiruvchi shakllarni topish
lozim. Daromadlarning fiskal va rag‗batlantiruvchi funksiyalari ham
aynan shundan iborat bo‗lib, bu ular o‗sishining moddiy bazasini
kengaytirishni,
byudjetning
daromad
qismi
mustahkamlanishini
ta‘minlaydi.
Shunday qilib, byudjet daromadlari davlat organlari tasarrufida
bo‗lgan pul tushumlari (soliq va soliqdan tashqari daromadlar) hisobiga
shakllanadi va byudjetning markaziy ko‗rsatkichi sanaladi. Bu
davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishga xarajatlari miqdorini, iqtisodiy
o‗sish sur‘atlari va xalq farovonligini darajasini aniqlashga imkon
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: