1-BOB . DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH VA
TARTIBGA SOLISH XUSUSIYATLARI
1.1 Davlat moliyasi iqtisodiyotni tartibga solish instrumenti
sifatida
Davlat moliyasi – moliyaviy resurslarning markazlashgan
jamg‗armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan
bog‗liq real pul aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar
majmuidir.
Moliyalashtirishning moddiy asosini pul aylanmasi tashkil qiladi.
Real pul aylanmasi – bu qiymat harakatini yuzaga keltiruvchi hamda
pul to‗lovlari va hisob-kitoblar oqimlari bilan birga kuzatiluvchi
iqtisodiy jarayondir. Real pul aylanmasi obyekti sifatida kengaytirilgan
ishlab chiqarishning moliyalashtirish manbalari hisoblanuvchi moliyaviy
resurslar namoyon bo‗ladi.
Davlat moliyasi iqtisodiyotning davlat va mahalliy sektorlari, ishlab
chiqarishni rivojlantirish bo‗yicha va ijtimoiy sektorning eng muhim
dasturlari, byudjet sohasidagi tashkilotlar va muassasalar kabilarni
markazlashgan moliyalashtirish manbalari bilan ta‘minlashga oid
iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Ularning faoliyati ijtimoiy
yo‗naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning umumiy maqsadlariga
erishishga
qaratilgan
1
.
Davlat moliyasi – makroiqtisodiy tartibga solishning kuchli
dastagidir. Ushbu instrumentdan mohirona foydalangan holda davlat
iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini tartibga solish, pul birligi barqarorligini
saqlab turish, ssuda foizlari darajasini tartibga solish, konyunktur
tebranishlarni silliqlash kabi turli vazifalarni hal qilishi mumkin. Ushbu
bo‗limda biz davlat moliyasining mohiyati, tushunchalari va asosiy
tarkibiy qismlarini ko‗rib chiqamiz.
Davlat moliyasi – bu moliyaviy resurslarning markazlashgan
fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‗liq
holda real pul aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar
1
И.Н.Мысляева Государственные и муниципиальные финансы .-М.:Инфра-М, 2013.-С.393
majmuidir
2
.
Davlat moliyasi – bu davlat faoliyatining asosidir, faqat yetarli
miqdordagi mablag‗larni tasarruf etgan holdagina davlat ijtimoiy
siyosatni amalga oshirishi, iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini qo‗llab-
quvvatlashi, ilmiy tadqiqotlar o‗tkazishi yoki mudofaani ta‘minlashi
mumkin.
Davlat moliyasi davlatni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarni
bajarish uchun zarur bo‗lgan pul mablag‗lari bilan ta‘minlash uchun
mo‗ljallangan davlat moliya tizimining muhim sohasidir. Iqtisodiy
funksiyasi jihatidan davlat moliyasi – bu ijtimoiy mahsulot qiymati va
milliy boylik qismini taqsimlash va qayta taqsimlash bo‗yicha pul
munosabatlaridir. Mazkur pul munosabatlari quyidagilar bilan bog‗liq:
1) davlat va uning korxonalari tasarrufida moliyaviy resurslarni
shakllantirish bilan;
2) davlat mablag‗larini ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlari
uchun sarflash;
3) o‗sib borayotgan ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar, davlat
mudofaasi, boshqaruv ehtiyojlarini qondirish bilan.
1-rasm.
O„zbekiston Respublikasining davlat moliyasi tuzilmasi
3
2
Бабич А.М., Павлова Л.Н. Государственные и муниципальные финансы/ Система государственного и
муниципального управления: Учебник для
студентов вузов, обучающихся по специальностям
«Государственные и муниципальные финансы», «Юриспруденция», «Политология» - 2-е изд.,перераб. и
доп. (ГРИФ) /Мухаев Р.Т.; Мухаев Р. Т.; 2009;
Юнити-Дана
Do'stlaringiz bilan baham: