№
Mamalakat
lar
Davlat pensiyasini
tayinlovchi organ
Pensiya ta‟minoti
tizimi daromad
manbalari (mehnat
haqi fondiga
nisbatan, %da)
O„rtacha
oylik ish
haqi
(AQSh
dollarida)
Pensionerlar va badal to„lovchilar o„rtasidagi o„zaro
nisbat
Ish
beruvchi
Ishlov
chi
Aholi soni
(mln kishi)
Sug„urta badallari
to„lovchilar soni
(mln kishi)
Pensioner
lar soni
(mln kishi)
koeffit
siyent
1
O‗zbekiston
Moliya vazirligi Pensiya
jamg‗armasi
11,9%
(nodavlat)/2
4,8 (davlat)
-
235,0
32,6
6,1
3,4
1,8
2
Rossiya
Pensiya fondi
22
-
549,3
146,4
76,1
43,2
1,8
3
Qozog‗iston
Shaxsiy jamg‗arib
boriladigan pensiya fondi
5
10
417,6
18,5
8,1
2,8
2,9
4
Belorussiya
Ijtimoiy himoya fondi
28
1
361,3
9,5
3,2
4,4
0,7
5
Koreya
Davlat pensiya xizmati
4,5
4,5
2 505,0
51,0
26,8
6,1
4,4
6
Germaniya
―Deutsche
Rentenversicherungˮ davlat
pensiya muassasasi
10,15
10,15
3 703,0
81,4
41,7
25,2
1,7
7
Fransiya
Milliy sug‗urta kassasi
9,8
6,65
2 957,0
65,3
27,1
12,0
2,3
8
Estoniya
Ijtimoiy sug‗urta
departamenti
20
2
1 221,0
1,3
0,6
0,4
1,5
9
Latviya
Ijtimoiy farovonlik vazirligi
24,5
6
1 013,0
1,9
1,0
0,6
1,7
10
Ozarbayjon
Davlat ijtimoiy himoya fondi
22
3
313,6
10,2
5,0
1,3
3,8
11
Buyuk
Britaniya
Mehnat va pensiya
departamenti
10
8
2 498,0
65,9
32,3
11,2
2,9
12
Tojikiston
Ijtimoiy sug‗urta va pensiya
agentligi
25
1
122,7
9,1
1,3
0,7
1,7
13
Qizg'iziston
Ijtimoiy fond
15
8
212,3
6,2
1,0
0,6
1,6
274
Jadval ma‘lumotlaridan ko‗rinadiki, tahlil qilingan 13 ta
mamlakatdan faqatgina O‗zbekiston va Rossiya Federatsiyasida
fuqarolarning ish haqidan pensiya jamg‗armasiga badallar undirilmaydi.
MDH davlatlarining deyarli barchasida ishlovchilarning badallari
stavkasi ish beruvchilarning badal stavkasidan ancha pastdir. Dunyoning
taraqqiy etgan mamlakatlarida esa sug‗urta badallari stavkasi ish
beruvchi va ishlovchilar o‗rtasida mutanosib qilib belgilangan. Badal
to‗lovchilar
va
pensiya
oluvchilar
o‗rtasidagi o‗zaro nisbat
Belorussiyada 0,7 ga teng bo‗lgan bo‗lsa, Ozarbayjonda 3,8 ga teng
bo‗lgan.
6.4. O„zbekiston Respublikasi Pensiya fondi moliyaviy
resurslarining amaliy tahlili
Byudjetdan tashqari Pensiya fondining moliyaviy holati unga
to‗lanadigan to‗lovlarning o‗z vaqtida va to‗liq miqdorda amalga
oshirilishiga hamda pensiya ta‘minoti boshqaruvining samarali tashkil
etilishiga bog‗liqdir
98
. Davlat pensiya fondlari barqarorligini ta‘minlash
makroiqtisodiy nuqtayi nazardan ham katta ahamiyatga ega bo‗lib, bu
borada AQShlik olim Jun Pengning quyidagi fikrlari ahamiyatlidir:
―…pensiya ta‘minoti boshqaruvi, nafaqat, pensiya ta‘minotining
moliyaviy barqarorligiga, balki butun davlat sektorining moliyaviy
barqarorligiga ta‘sir ko‗rsatadi, shu sababli pensiya ta‘minoti boshqaruvi
davlat pensiya tizimiga pensiya badalini to‗lovchi va kelgusida undan
hukumat tomonidan kafolatlangan pensiya to‗lovlarini oluvchi har bir
shaxsga dahldor bo‗lmog‗i lozim‖
99
.
Pensiya ta‘minoti tizimining asosiy moliyaviy instituti –
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi bo‗lib, uning moliyaviy
98
Vaxabov A.V. Pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta‘minlash muammolari. ―Pensiya tizimining
moliyaviy barqarorligini ta‘minlash va samaradorligini oshirish‖ mavzusida O‗zbekiston milliy universitetining 100
yilligiga bag‗ishlangan respublika iilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‗plami. 2017-yil 15-noyabr. –
Toshkent: ―Universitet‖, 2017. 5-7-b.
99
Jun Peng. State and Local Pension Fund Management. (Public Administration and Public Policy) 0th Edition.
USA: Publisher: Auerbach Publications (August 21, 2008). – P. 5.
275
barqarorligi, birinchidan, to‗g‗ridan-to‗g‗ri aholining ijtimoiy himoya
tizimi barqarorligiga, ikkinchidan, Pensiya jamg‗armasiga to‗lanishi
lozim bo‗lgan majburiy to‗lovlar va badallar hamda boshqa to‗lovlarga
bog‗liq
bo‗ladi.
Qolaversa,
byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg‗armasining
moliyaviy
barqarorligi
davlatning
ijtimoiy
funksiyasiga ijobiy ta‘sir qiladi. Shu sababli, mazkur jamg‗arma
mablag‗larini shakllantirish manbalarining muntazam ravishda
takomillashtirilib borilishi, tushumlarning o‗z vaqtida va to‗liq tushishini
ta‘minlashga erishish Pensiya jamg‗armasining moliyaviy barqarorligini
mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-
fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi to‗g‗risidagi Nizomni
tasdiqlash haqida‖gi 30-sonli qaroriga va unga ilova qilingan
―O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‗armasi to‗g‗risidagi Nizom‖
100
ga ko‗ra Pensiya
jamg‗armasi mablag‗lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
majburiy to‗lovlar va badallar hamda boshqa to‗lovlar hisobiga
shakllantiriladi.
Qayd etish joizki, O‗zbekiston Respublikasining Byudjet
kodeksida ―O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi fuqarolarning davlat pensiya
ta‘minoti, ijtimoiy nafaqalar to‗lash, kompensatsiya to‗lovlari va boshqa
to‗lovlar bo‗yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo‗naltiriladigan
majburiy to‗lovlar, badallar, shuningdek, boshqa manbalardan
tushadigan
mablag‗larni
jamlash
belgilangan‖
101
.
O‗zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksiga asosan Pensiya jamg‗armasiga
undiriladigan mablag‗lar soliqlarga tenglashtirilgan bo‗lib, yuridik va
100
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi to‗g‗risidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi 30-sonli
qarori asosida tasdiqlangan ―O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‗armasi
to‗g‗risida‖gi nizom.
101
O‗zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. 37-modda.
276
jismoniy shaxslardan majburiy ravishda undiriladi va mablag‗larning o‗z
vaqtida to‗liq undirilishi Davlat soliq qo‗mitasi zimmasiga yuklatilgan.
So‗nggi yillarda davlat pensiya ta‘minoti tizimini takomillashtirish
yuzasidan keng ko‗lamli huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Jumladan,
ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‗lash tizimini tubdan
takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy
ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini
so‗zsiz ta‘minlash, ularning O‗zbekiston Respublikasining barcha
hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‗lovlarni
to‗siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida
2017-yil 2-fevralda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Ish haqi,
pensiya,
nafaqa
va
stipendiyalarni
to‗lash
mexanizmini
takomillashtirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-
2753-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror mamlakatimiz hududlarida
ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar to‗lashdagi mavjud ahvolni
tanqidiy tahlil qilish natijasida qabul qilingan bo‗lib, 2017-yil fevral
oyidan boshlab
102
:
– barcha turdagi pensiyalarni to‗lash hech qanday cheklovlarsiz
to‗liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi;
– 58 tog‗li va olis tumanlarda joylashgan byudjet tashkilotlari
xodimlariga ish haqi to‗lash, shuningdek, ushbu tumanlar aholisiga
ijtimoiy to‗lovlar ham hech qanday cheklovlarsiz to‗liq hajmda naqd
shaklda amalga oshirilishi;
– oliy o‗quv yurtlari talabalariga stipendiya to‗lash 50 foizdan
kam bo‗lmagan miqdorda naqd shaklda amalga oshirilishi belgilangan.
Fikrimizcha, ushbu qaror ijrosini ta‘minlash ish haqi, pensiya,
nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan to‗lovlarni amalga
oshirish bilan bog‗liq vaziyatni tubdan yaxshilash va fuqarolarning o‗z
pul mablag‗larini o‗zlariga qulay shaklda olish bo‗yicha qonuniy
huquqlarini to‗la ta‘minlashga xizmat qiladi.
102
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi ―Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni
to‗lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-2753-sonli qarori.
277
Pensiya jamg‗armasining daromadlari shakllantirishda muhim
o‗rinni yuridik shaxslarning mehnatga haq to‗lash fondidan yagona
ijtimoiy to‗lovdan ajratmalar egallaydi. Yagona ijtimoiy to‗lovdan
ajratmalar 2014-yilga nazar soladigan bo‗lsak, jami daromadlarga
nisbatan 56,1 foizni tashkil qilgan bo‗lsa, 2018-yilga kelib 50,81 foiz
bo‗lgan. Bunda pasayish tendensiyasini ko‗rishimiz mumkin.
Fuqarolarning ish haqidan majburiy sug‗urta badallari esa o‗sish
tendensiyasiga ega bo‗lmoqda, ya‘ni, 2014-yilda jami daromadlarga
nisbatan ushbu daromad turining ulushi 14,4 foizga teng bo‗lsa, 2018-
yilga kelib, 19,2 foizga o‗sgan. Boshqa daromadlar ulushiga ham e‘tibor
beradigan bo‗lsak, yildan-yilga o‗sganligini ko‗rishimiz mumkin (1-
ilova).
O‗zbekistonda davlat pensiya ta‘minoti byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‗armasidan amalga oshirilishini inobatga oladigan bo‗lsak,
2017-yilda Pensiya jamg‗armasi daromadlarining
YaIM
tarkibidagi
ulushi 7,8 foizni tashkil qilgan. Bu ko‗rsatkich taraqqiy etgan
mamlakatlarda, xususan, Fransiyada 13,7 foizni, Germaniyada 11,3
foizni, Yaponiyada 10,2 foizni, Shvetsiyada 8,2 foizni, AQShda 6,8
foizni, Rossiyada 9,2 foizni tashkil qilgan. Shuni alohida ta‘kidlash
kerakki, bunda taraqqiy etgan mamlakatlarning faqat davlat pensiya
ta‘minoti inobatga olingan, ya‘ni ushbu mamlakatlardagi xususiy
pensiya fondlari xarajatlari hisobga olinmagan. Albatta, agar taraqqiy
etgan mamlakatlarda xususiy pensiya fondlari xarajatlari ham hisobga
olinadigan bo‗lsa, bu ko‗rsatkich bir muncha yuqori bo‗lishi aniq.
Chunki taraqqiy etgan mamlakatlarda xususiy pensiya fondlari davlat
pensiya fondlari bilan parallel ravishda faoliyat yuritib, aholini ijtimoiy
himoya qilishda muhim rol o‗ynaydi. Shu sababli ham xususiy pensiya
fondlarining faoliyati davlat tomonidan nazorat qilib boriladi.
O‗zbekistonda pensiya ta‘minotini amalga oshiruvchi asosiy
moliyaviy muassasa bo‗lgan Pensiya jamg‗armasining moliyaviy
barqarorligiga Pensiya jamg‗armasiga jamlanadigan mablag‗larning
hajmi va ularning o‗z vaqtida undirilishi hamda Pensiya jamg‗armasidan
to‗lanadigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‗lovlari va
278
boshqa to‗lovlarning moliyalashtirilishi ta‘sir ko‗rsatadi. Pensiya
jamg‗armasining
respublikadagi
ijtimoiy-iqtisodiy
ahamiyatini
ko‗rsatuvchi quyidagi jadvaldagi statistik ma‘lumotlarga murojaat
qiladigan bo‗lsak, 2017-yilda Pensiya jamg‗armasi mablag‗lari 2011-
yilga nisbatan 3,1 martaga ortgan. 2011-2017-yillarda Pensiya
jamg‗armasi mablag‗larining o‗sish sur‘atlari mamlakat
YaIM
ning
o‗zgarishi bilan sinxron holda o‘sgan bo‗lib, unga ko‗ra mazkur yillarda
Pensiya jamg‗armasi mablag‗larining o‗sish sur‘atlari
YaIM
ning o‗sish
sur‘atlaridan yuqori bo‗lgan, faqat 2017-yilda
YaIM
ning o‗sish sur‘atlari
Pensiya jamg‗armasi mablag‗larining o‗sish sur‘atlaridan ortda qolgan.
Buning asosiy sababi 2013-2018-yillarda fuqarolarning ish haqidan
undiriladigan sug‗urta badali stavkasi oshirib borilgan va boshqa
majburiy to‗lovlar stavkasi o‗zgarmasdan saqlab qolingan hamda 2015-
yildan boshlab kichik biznes subyektlari va mikrofirmalar uchun yagona
ijtimoiy to‗lov stavkalarining 25 foizdan 15 foizga tushirilganligi bilan
izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |