6.3. Xorijiy mamlakatlarda pensiya fondlari faoliyatining tashkil
etilishi
Insoniyat o‗z sivilizatsiyasining cho‗qqisiga chiqqan hozirgi
davrda ham ijtimoiy ta‘minot va pensiya ta‘minoti tizimi bag‗oyat
muhim va dolzarb ahamiyatga egadir.
Chunonchi, hozirgi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisob-
kitoblariga ko‗ra 2017-yilda dunyoda 962,3 million nafar aholi 60
yoshdan oshganlar tashkil etmoqda
92
, bu esa dunyo aholisining qariyb
13 foizini tashkil etadi. Umuman olganda jamiyatdagi ijtimoiy ta‘minot
va pensiyaga muhtojlar sifatida qariyalar, kam ta‘minlanganlar,
mehnatga layoqatsizlar, boquvchisini yo‗qotganlarni tushunadigan
bo‗lsak bu ko‗lam yanada salmoqli bo‗lishi shubhasizdir.
Ularning ijtimoiy ta‘minoti uchun jamiyatning barcha a‘zolari
birdek mas‘uldirlar. Shu jihatdan ham taraqqiyotning ma‘lum bir
92
http://www.un.org/en/development/desa/population/publications/pdf/ageing/WPA2017_Highlights.pdf
269
bosqichida qariyalar, nogironligi bo‗lgan shaxslar va boquvchisini
yo‗qotganlarni moddiy ta‘minlovchi pensiya yoki ijtimoiy sug‗urta
fondlari shakllandi.
XIX asrning 80-yillaridan boshlab davlat miqyosidagi pensiya
tizimlari shakllana boshladi hamda aynan shu davrdan boshlab, davlat
moliyasi tizimida pensiya fondlari va jamiyatda pensiya va nafaqalar
tizimining muhimlik va ahamiyat darajasi orta boshladi. Rivojlangan
davlatlarning demografik tuzilishi va mehnat bozori bilan bog‗liq
masalalar, pensiya fondlari yillar davomida katta sarmoyalar to‗plashini
anglatadi, ular institutsional investorlar sifatida muhim rol o‗ynaydi
93
.
G‗arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda hozirda dunyoning
aksariyat mamlakatlarida amal qiluvchi davlat pensiya ta‘minoti
tizimlari shakllandi. Davlat pensiya tizimi o‗zining evolyutsiyasi
davomida jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy o‗zgarishlar,
inqirozlar, iqtisodiy rivojlanishlar va pasayishlar bilan o‗zaro hamohang
tarzda rivojlana bordi. O‗tgan asrning 50-yillaridan boshlab dunyoda
pensiya ta‘minotini chuqur tahlil qilish, uning barqarorligini ta‘minlash
bo‗yicha ilmiy, nazariy, amaliy tadqiqot ishlari olib borila boshlandi va
hozirda mazkur jarayon o‗zining eng yuqori bosqichiga keldi deyishga
to‗la asoslimiz. Bu borada jahonning aksariyat mamlakatlarida davlat
pensiya ta‘minoti tizimini isloh qilish, tizimning ishlash mexanizmlarini
iqtisodiy, ijtimoiy va demografik jarayonlarga mos holda tashkil etish va
shu orqali uning moliyaviy barqarorligini ta‘minlash ustida zarur chora-
tadbirlar hamda strategik rivojlanish dasturlari ishlab chiqilmoqda.
93
Marinella Cadoni, Roberta Melis, Alessandro Trudda. Pension funds rules: Paradoxes in risk control. Finance
Research Letters 22 (2017) 20–29. P.: 20
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1544612316301994
270
Jahon mamlakatlarida pensiya ta‘minoti tizimining moliyalashtirish
usullari turlichadir (6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |