2-BOB.
IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN
TARTIBGA SOLISH: ASOSIY INSTRUMENTLAR VA
USLUBLAR
2.1. Zamonaviy iqtisodiy tizimlarda davlat tomonidan tartibga
solishning mazmuni va o‗ziga
xos xususiyatlari
2.2. Xo‗jalik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi
mohiyatining hozirgi
talqini
2.3.
O‗zbekistonda
davlat
tomonidan
tartibga
solishni
takomillashtirishning asosiy yo‗nalishlari
2.1. Zamonaviy iqtisodiy tizimlarda davlat tomonidan tartibga
solishning mazmuni va o„ziga xos xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga
xos iqtisodiy qonunlar asosida boshqariladigan mexanizmdir. Bozor
iqtisodiyoti azaldan mavjud bo‗lib, u bir necha ming yillar mobaynida
turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar doirasida taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tdi.
Hozirgi
davrda
bozor
iqtisodiyoti
yer
yuzidagi
barcha
mamlakatlarda mavjud, lekin u erkin sohibkorlik hukmron joylardagina
iqtisodiyotning asosiy turi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o‗zining
hozirgi darajasida bir qator muhim sifat belgilariga ega. Ulardan asosiysi
tovar ishlab chiqaruvchining iqtisodiy erkinligi, ya‘ni bozor uchun
ishlab chiqaruvchi yoki ayrim kishining mustaqil iqtisodiy faoliyat
yuritishidir. Mustaqillikning birlamchi asosi – bu mulk egasi bo‗lish.
Tovar ishlab chiqaruvchi mehnat vositasi egasi yoxud uni ijaraga olib,
o‗zi bilganicha ishlatuvchi bo‗ladi. Shu boisdan ham u o‗zi yaratgan
mahsulotning mulkdori bo‗lish, uni o‗zi bilganicha sotish yoki sotmay
turish huquqiga ega. Bozorga chiqarilgan tovarni oldi-sotdi qilish
sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy munosabatiga asoslanadi,
uni cheklash va ta‘qiqlash o‗rinsiz.
Bozor iqtisodiyotiga xos tabiiy qonunlar mavjud bo‗lib, ulardan
eng muhimi qiymat qonuni, talab va taklif qonuni va nihoyat, pul
muomalasi qonunidir. Bozor iqtisodiyotining muhim talabi shuki, tovar
ishlab chiqaruvchi kam mehnat sarflagan holda ko‗plab sifatli tovar
chiqargandagina, ya‘ni kishilarning talab ehtiyojini to‗laroq
qondirgandagina foyda ko‗rib ishlashi mumkin. Bozor iqtisodiyotiga xos
belgi bu tovar ishlab chiqaruvchilarning, umuman jamiyat a‘zolarining
o‗z daromadiga ko‗ra tabaqalanishidir. Ayrim korxonalar, kishilar va
hatto davlatlar o‗z daromadi jihatidan tafovutlanadiki, bu tafovut ishlab
chiqarish darajasidagi farqning oqibati hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida ishlab chiqarishning barqaror o‗sishi uchun bozor kengayib,
uning turlari ko‗payib borishi, raqobat kurashi milliy doiradan chiqib
xalqaro tus olishi kerak.
Iqtisodiyotni davlat moliyasi orqali tartibga solishning yuqorida
bayon qilingan umumiy vazifalaridan tashqari hokimiyat organlari
zimmasiga yuklatilgan aniq vazifalar ham bor. Ularga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: