3.2. Davlat korxonalari moliyasini tashkil etish tamoyillari
Davlat korxonalari moliyasini tashkil etish asosida quyidagi
tamoyillar yotadi:
1. Xo„jalik yuritish mustaqilligi tamoyili korxona xo‗jalik
yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat‘i nazar, o‗z iqtisodiy
faoliyati, foyda olish maqsadida pul mablag‗larini joylashtirish
yo‗nalishlarini mustaqil belgilashini nazarda tutadi.
2. O„zini moliyalashtirish tamoyili o‗z pul mablag‗lari va
zaruratga ko‗ra bank va tijorat kreditlari hisobidan ishlab chiqarishni
rivojlantirishga investitsiyalar, mahsulot ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari to‗liq qoplanishini anglatadi. Ushbu tamoyilni amalga
oshirish tadbirkorlik faoliyatining asosiy shartlaridan biri bo‗lib,
korxona raqobatbardoshligini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |