3. Moddiy javobgarlik tamoyili – xo‗jalik faoliyatining yuritilishi
va natijalari uchun muayyan javobgarlik tizimi mavjudligini anglatadi.
Samarasiz faoliyat qayd qilingan holatda korxonaga nisbatan bankrotlik
protsedurasi qo‗llanilishi mumkin. Korxona rahbarlari uchun moddiy
javobgarlik tamoyili soliq qonunchiligi buzilgan hollarda jarima tizimi
orqali amalga oshiriladi.
4. Faoliyat natijalaridan manfaatdorlik tamoyili tadbirkorlik
faoliyatining asosiy maqsadi – foyda olish bilan belgilanadi. Xo‗jalik
faoliyati natijalaridan manfaatdorlik korxona xodimlari, korxonaning
o‗zi va umuman davlatga teng darajada tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |