A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


-BOB . DAVLAT KORXONALARINING MOLIYAVIY



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

3-BOB . DAVLAT KORXONALARINING MOLIYAVIY 
RESURSLARINI BOSHQARISH: SHAKLLANTIRISH VA 
FOYDALANISH 
 
3.2. Davlat moliyasining mustaqil bo„g„ini sifatida davlat 
korxonalari moliyasi tushunchasi va mohiyati  
Davlat  korxonalari  moliyasi  davlat  moliyasining  mustaqil  bo‗g‗ini 
hisoblanadi.  Bu,  eng  avvalo,  ular  yalpi  ijtimoiy  mahsulot,  milliy 
daromad  va  milliy  boyliklar  yaratiladigan  moddiy  ishlab  chiqarish 
sohasiga  xizmat  ko‗rsatishi  bilan  belgilanadi.  O‗z  mohiyatiga  ko‗ra, 
davlat korxonalari moliyasi moliya tizimining o‗ziga xos qismidir. Ular 
davlat  moliyasidan  ajralib  turadi,  bu  ularning  ijtimoiy  ishlab 
chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishi bilan bog‗liq. 
Davlat korxonalari moliyasi to‗g‗ridan-to‗g‗ri ishlab chiqarish bilan 
bog‗liq  va  iqtisodiyotning  rivojlanish  qonuniyatlarini  aks  ettiradi;  ular 
iqtisodiy bazisning tarkibiga kiruvchi tushuncha sanaladi. 
Davlat  korxonalari  moliyasi  ishlab  chiqarish  bilan bevosita  bog‗liq 
bo‗lib, mamlakat iqtisodiyoti holatini aks ettiradi. Shu bilan birga, ularga  
moddiy  ishlab  chiqarish  sohasidagi  faoliyati  bilan  bog‗liq  xususiyatlar 
xos  bo‗lib,  bu  yerda  ishlab  chiqarish  jarayonining  ishlab  chiqarish, 
taqsimot,  ayirboshlash  va  iste‘mol  kabi  barcha  jihatlari  o‗zaro 
chambarchas bog‗langan. 
Bunday xususiyatlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
-  davlat  korxonasi  yetarli  darajada  moliyalashtirilgan  taqdirdagina 
undagi ishlab chiqarishning normal kechishiga erishish mumkin
-  korxonaning  moliyaviy  mexanizmi  o‗zini-o‗zi  moliyalashtirishni 
ta‘minlashi kerak; 
-  alohida  yuridik  shaxs  sanalgan  holda  davlat  korxonasi  byudjetlar, 
fondlar,  yetkazib  beruvchilar  va  xodimlar  oldida  keng  ko‗lamli 
majburiyatlarni bajarishi lozim. 
Xalq  xo‗jaligining  barcha  tarmoqlaridagi  davlat  korxonalarida 
moliya  yordamida  ishlab  chiqarish  jarayonini  ta‘minlash  uchun  ishlab 
chiqarish ehtiyojlari hamda xodimlarning ijtimoiy va shaxsiy talablarini 
qondirish 
maqsadida 
foydalaniladigan 
maqsadli 
pul 
fondlari 


shakllantiriladi. Davlat korxonalari moliyasi mamlakatning butun moliya 
tizimi uchun boshlang‗ich nuqta sanaladi. 
Ko‗plab  mamlakatlarda  davlat  sektorini  yo‗lga  qo‗yish  tajribasi 
shuni  ko‗rsatdiki,  davlat  boshqa  har  qanday  mulk  egasi  kabi  o‗z 
funksiyalarini yetarli samarali bajara olmasligi mumkin. O‗z tasarrufida 
bo‗lgan  mulkka  nisbatan  davlatning  izchil  siyosati  deyarli  hech  bir 
mamlakatda yo‗q va davlatning harakatlari alohida yaqqol muammolarni 
hal  etishga  qaratilgan.  Milliy  iqtisodiyotdagi  ushbu  muammolar  ikki 
guruhga bo‗linadi. 
Birinchidan,  kapitalida  uzoq  vaqt  davomida  davlat  ulushi 
yuqoriligicha 
saqlanib 
qolgan 
korxonalar 
samarali 
boshqaruv 
metodlarini  faol  qidirmoqda.  Bunday  usul,  masalan,  davlat  aksiyalari 
paketini  yoki  kompaniyalar  uchun  begona  yuridik  shaxslarga  (bank-
moliya 
xoldinglari, 
moliya-sanoat 
guruhlari, 
ixtisoslashtirilgan 
konsalting  firmalari),  yoki  kompaniyaning  o‗zining  menejmenti 
(―O‗zbekengilsanoat‖ 
AJ, 
―O‗zqurilishmateriallari‖ 
AJ, 
―O‗zeltexsanoat‖  AJ  holatida  bo‗lgani  kabi)    ishonchli  boshqaruviga 
o‗tkazish bo‗lishi mumkin. Yirik davlat paketiga ega AJning boshqaruv 
organlarida  davlat  vakillari  tarkibi  va  ushbu  aksiyalar  paketiga  ovoz 
berish tartibi markazlashgan holda o‗rnatiladi. 
Ikkinchidan,  xususiylashtirishga  tayyorlash  amalga  oshirilmoqda. 
Bu  vaqtning  u  yoki  bu  davrida  xususiylashtirilmaydigan  obyektlar 
ro‗yxatida bo‗lgan korxonalar uchun xususiylashtirish strategiyasi ishlab 
chiqishdan iborat bo‗lishi  mumkin.  Bunday ro‗yxatlar xususiylashtirish 
dasturlari 
bilan 
birga 
barcha 
mamlakatlarda, 
shu 
jumladan, 
O‗zbekistonda  ham  tuzilgan.  Bundan  tashqari,  davlat  tasarrufidagi  real 
nazorat  imkoniyatini  bermaydigan  mayda  aksiyalar  paketlari  ham 
―xususiylashtirishga  tayyorlash‖  jarayoniga  jalb  etiladi.  Masalan, 
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, Rossiyada xuddi O‗zbekistondagi kabi 
na  daromad,  na  nazorat  bilan  ta‘minlangan,  davlat  ishtirokining 
ahamiyatsiz  ulushiga  ega  bir  qancha  kompaniyalar  bor.  Davlat  uchun 
nominal jihatdan ularning egasi bo‗lib qolgandan ko‗ra, bu ulushlardan 
qutulgani foydaliroq. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish