O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga
davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo„yicha quyidagi
asosiy vazifa va funksiyalar yuklangan
Respublika vazirliklari, qo‗mitalari, idoralari va korxonalari tomonidan
respublika byudjetining ijro etilishi, Markaziy bank va boshqa banklar
tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya etilishi hamda
banklar tomonidan kapital qo‗yilmalar va byudjetdan ajratilgan
mablag‗lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa chora-tadbirlarning
moliyalashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Respublika
byudjeti
va
mahalliy
byudjetlar
hisobidan
moliyalashtiriladigan, shuningdek, barcha ko‗rinishdagi qimmatbaho
metallar va qimmatbaho toshlarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi hamda
ulardan boshqa maqsadlar (jumladan eksport) uchun foydalanuvchi
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini
taftish qilish, tekshirish va boshqalar.
qimmatli qog‗ozlar bozori shakllanishi, qimmatli qog‗ozlar
emissiyasi
va
harakatini
nazorat
etish,
moliya
bozorini
shakllantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
339
boshqarmasi (keyingi o‗rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) va uning
hududiy boshqarmalarining maqomini, vazifalari va funksiyalarini,
huquqlari va javobgarligini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini
belgilaydi.
Bosh boshqarma moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasini,
byudjet tizimi byudjetlari mablag‗lari maqsadli sarflanishini, moliyaviy
nazorat obyektlari tomonidan byudjet qonunchiligiga, shuningdek
byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga
oshiruvchi davlat moliyaviy nazorat organi hisoblanadi.
Bosh
boshqarma
o‗z
faoliyatida
O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, Budjet kodeksi va boshqa qonunlariga,
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun
hujjatlariga amal qiladilar.
Bosh boshqarmaning o‗z vakolatlari doirasida qabul qilingan
qarorlari davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari
hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Bosh boshqarma O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
markaziy apparatining tarkibiy bo‗linmasi hisoblanadi va o‗z faoliyatida
bevosita O‗zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga bo‗ysunadi va
hisobot beradi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari (keyingi o‗rinlarda hududiy
boshqarmalar deb ataladi) o‗z faoliyatida bevosita Bosh boshqarmaga
bo‗ysunadilar va hisobot beradilar.
Bosh boshqarmaning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs
hisoblanadi, O‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri
tushirilgan va davlat tilida o‗z nomi yozilgan muhrga, mustaqil
balansga,
O‗zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligining
G‗aznachiligida g‗azna hisobvaraqlariga ega bo‗ladi.
340
Bosh boshqarma moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasini,
byudjet tizimi byudjetlari mablag‗lari maqsadli sarflanishini, moliyaviy
nazorat obyektlari tomonidan byudjet qonunchiligiga, shuningdek
byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga
oshiruvchi davlat moliyaviy nazorat organi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |