A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

O„zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetining  daromadlari  ijrosi
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
byudjetining 
daromadlariga 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
―Byudjet 
kodeksini 
tasdiqlash 
to‗g‗risida‖gi  qonunining  11-moddasida  nazarda  tutilgan  tushumlar 
kiritiladi.  
Daromadni byudjetga o‗tkazish soliq organlari, bojxona organlari va 
amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  shunga  vakolatli  boshqa  davlat 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Ortiqcha kelib tushgan summa (ortiqcha to‗lov)ni hisobga olish yoki 
qaytarish  O‗zR  Soliq  va  Bojxona  kodekslari  hamda  tegishli 
yo‗riqnomasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Respublika  byudjetiga  O‗zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksida 
belgilangan  umumdavlat  soliqlari  o‗tkaziladi.  Bunda  tartibga  soluvchi 
umumdavlat  soliqlari  har  yili  tasdiqlanadigan  normativlarga  muvofiq 
respublika byudjetiga kelib tushadi. 
Alohida  umumdavlat  soliqlari  to‗liq  miqdorda  respublika  byudjeti 
yoki  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 
byudjetlari o‗tkaziladi. 
Soliq  to‗lovchilar  to‗lagan  tartibga  soluvchi  umumdavlat  soliqlari 
miqdori  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 
tasdiqlangan  normativlarga  muvofiq  tegishli  banklardan  respublika 
byudjetiga ushlab qolinadi va O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan  belgilangan  tartibda  respublika  byudjetining  asosiy  hisobiga 
o‗tkaziladi. 


Hududlar  byudjetlariga  tartibga  soluvchi  umumdavlat  soliqlarining 
bir  qismi,  mahalliy  byudjetga  biriktirilgan  umumdavlat  soliqlari, 
shuningdek,  mahalliy  soliqlar  va  yig‗imlar  o‗tkaziladi.  Bunda    tartibga 
soluvchi  umumdavlat  soliqlari  har  yili  tasdiqlanadigan  normativlarga 
muvofiq hududlarning byudjetlariga o‗tkaziladi. 
Yuqori  hududiy  hokimiyat  organlari  tomonidan  quyi  byudjetlarga 
tartibga  soluvchi  soliqlarni  taqsimlash  tartibi  O‗zbekiston  Respublikasi 
Davlat byudjetini tuzish va ijro etish qoidalari bilan belgilab berilgan. 
Byudjet  mablag‗lari  oluvchilar  ular  uchun  byudjet  mablag‗larini 
ajratish ko‗zda tutilgan byudjetdan moliyalashtiriladi. 
Byudjet  mablag‗lari  oluvchilarni  moliyalashtirishga  ajratiladigan 
mablag‗lar ularning bo‗ysunish tamoyilidan kelib chiqqan holda tegishli 
byudjetda  ko‗zda  tutiladi  va  tegishli  byudjetlarning  daromad  va 
xarajatlarining  yillik  ro‗yxatida  nazarda  tutilgan  ajratmalar  chegarasida 
amalga  oshiriladi  (byudjet  ijrosi  jarayonida  unga  o‗rnatilgan  tartibda 
kiritilgan o‗zgarishlar hisobga olingan holda). 
Davlat  maqsadli  jamg‗armalarining  byudjetlari  qonun  hujjatlariga 
muvofiq ushbu jamg‗armalarning  taqsimlovchi organlari tomonidan ijro 
etiladi. 
Davlat  maqsadli  jamg‗armalarining  taqsimlovchi  organlari 
O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilangan 
muddat va tartibda O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli 
jamg‗armalarning  ijrosi  to‗g‗risida  hisobot  beradi.  O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy bo‗linmalari respublika 
byudjeti va hududlar byudjetlarining ijrosi hisobini yuritadi. 
Moliya  organlarida  byudjet  ijrosining  buxgalteriya  hisobi 
―Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  va  mahalliy  byudjetlarning  moliya 
organlarida  byudjet  ijrosining  buxgalteriya  hisobi  to‗g‗risida‖gi 
Yo‗riqnomada  belgilangan  tartibda  kassa  daromadlari  va  xarajatlari 
bo‗yicha yuritiladi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi,  mahalliy  moliya  organlari  mos  ravishda 
respublika  byudjeti,  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar 
va Toshkent shahar byudjetlari ijrosi hisobini yuritadi. 


Byudjet  mablag‗lari  oluvchilar  nomidan  va  topshirig‗iga  ko‗ra 
g‗aznachilik  bo‗linmalari  tomonidan  tegishli  g‗azna  hisobvarag‗iga 
o‗tkazilgan  (to‗langan)  yoki  vakolatli  bank  tomonidan  maxsus  g‗azna 
hisobvarag‗idan  ish  haqi  hamda  unga  tenglashtirilgan  to‗lovlar  uchun 
byudjet  mablag‗lari oluvchilarga  berilgan barcha pul mablag‗lari (naqd 
yoki naqdsiz shaklda) kassa xarajatlari hisoblanadi. Kassa daromadlari – 
g‗aznachilik bo‗linmalarining tegishli g‗azna hisobvarag‗iga o‗tkazilgan 
daromadlar miqdori. 
Tegishli  byudjetlarning  g‗azna  hisobvaraqlaridan  ijtimoiy 
nafaqalarni  to‗lash  uchun  mahalliy  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari 
hisoblariga o‗tkazilgan pul mablag‗lari ham kassa xarajatlari sanaladi. 
Haqiqiy  xarajatlar  byudjet  mablag‗lari  oluvchilarning  tegishli 
hujjatlar  bilan  rasmiylashtirilgan  haqiqiy  xarajatlari,  shu  jumladan, 
kreditorlarning  to‗lanmagan  hisobi,  hisoblangan  ish  haqi  bo‗yicha, 
stipendiyalar,  nafaqalar  va  buxgalteriya  hisobining  boshqa  obyektlari 
bo‗yicha  xarajatlar  hisoblanadi.  O‗zbekiston  Respublikasi  Markaziy 
Banki  va  O‗zR  tijorat  banklari  respublika  byudjeti,  Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  byudjetlarining 
kassa ijrosini buxgalteriya hisobi amalga oshiradi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  va  boshqa  moliya 
organlari  Davlat  byudjeti  ijrosi  nazorat  qilinishini  amalga  oshirish 
chog‗ida: 
– turli darajadagi byudjetlar ijrosi yakunlarini ko‗rib chiqadi; 
– turli darajadagi byudjetlarga  mablag‗lar tushumi to‗g‗risida soliq 
va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‗armalarini taqsimlovchi 
organlardan axborotlar oladi; 
–  byudjet  mablag‗lari  oluvchining  tovar  yetkazib  beruvchi  (ish 
bajaruvchi,  xizmat  ko‗rsatuvchi)  bilan  tuzilgan  shartnomasini, 
shuningdek,  buyurtmachining  Davlat  byudjeti  mablag‗lari  hisobidan 
kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini ro‗yxatdan o‗tkazadi; 
–  tovar  yetkazib  beruvchining  (ish  bajaruvchining,  xizmat 
ko‗rsatuvchining)  bevosita  hisobvarag‗iga  byudjet  mablag‗larini 
oluvchilar nomidan to‗lovlarni amalga oshiradi
–  qonun  hujjatlariga  muvofiq  banklardan  byudjet  mablag‗lari 


harakati to‗g‗risida ma‘lumotlarni oladi; 
– byudjet mablag‗lari oluvchilarning moliya-xo‗jalik faoliyatini o‗z 
vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan o‗tkazadi. 
–  qonun  hujjatlariga  muvofiq,  byudjet  mablag‗lari  harakati 
to‗g‗risida banklardan ma‘lumot oladi; 
–  o‗z  vakolatlari  doirasida  byudjet  mablag‗lari  oluvchilarning 
moliyaviy-xo‗jalik  faoliyatini  tekshirish  va  tekshirishlarni  amalga 
oshiradi. 
Qonun  hujjatlariga  muvofiq,  yanvar  oyi  moliya  yiliga  qo‗shimcha  
vaqt  sifatida  belgilangan,  shu  davr  mobaynida  yakunlangan  yil  uchun 
Davlat byudjetining g‗azna ijrosi amalga oshiriladi. 
Qo‗shimcha  vaqt  davrida  moliya  organlari,  Moliya  vazirligi 
G‗aznachiligi  va  uning  hududiy  bo‗linmalari,  shuningdek,  byudjet 
tashkilotlari  tomonidan  hisobot  yili  uchun  Davlat  byudjeti  ijrosi 
bo‗yicha operatsiyalar amalga oshiriladi, shu jumladan: 
– byudjetlararo o‗zaro hisob-kitoblarni tartibga solish
–  byudjet  mablag‗lari  oluvchilarning  o‗tgan  yillardagi  kreditorlik 
qarzlarini to‗lash; 
–  tejab  qolingan  pul  mablag‗larini  byudjet  tashkilotlarini 
rivojlantirish jamg‗armalariga o‗tkazish; 
– Davlat byudjeti ijrosi bo‗yicha boshqa operatsiyalar. 
Byudjet  faoliyatining  to‗rtinchi  bosqichi  byudjet  ijrosi  to‗g‗risidagi 
hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash hisoblanadi. 
Respublika  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  byudjet  mablag‗lari 
oluvchilar  hisobot  davrida  byudjet  mablag‗laridan  foydalanganlik 
to‗g‗risidagi  hisobotlarini  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga 
belgilangan muddatlarda taqdim etadi. 
Mahalliy  byudjetlardan  moliyalashtiriladigan  byudjet  mablag‗lari 
oluvchilar  byudjetdan  ajratiladigan  mablag‗lardan  hisobot  davrida 
foydalanganlik  to‗g‗risidagi  hisobotlarni  tegishli  moliya  organlariga 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  belgilagan  muddatlarda 
taqdim etadi. 
Moliya  vazirligining  G‗aznachiligi  va  uning  hududiy  bo‗linmalari 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  belgilangan 


muddatlarda 
davlat 
byudjetining  ijrosi  to‗g‗risidagi  hisobotni 
tayyorlaydi  va  ushbu  hisobotni  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya 
vazirligiga va hududlarning moliya organlariga taqdim etadi. 
Hududlarning moliya organlari byudjetning hisobot davridagi ijrosi 
to‗g‗risidagi  hisobotlarni  tegishli  hokimliklarga  hamda  yuqori  moliya 
organlariga  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  belgilagan 
muddatlarda  taqdim  etadi.  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq 
qo‗mitasi, Davlat bojxona qo‗mitasi soliqlar, yig‗imlar, bojlar va boshqa 
majburiy  to‗lovlarning  Davlat  byudjetiga  hisobot  davridagi  tushumlari 
to‗g‗risidagi  hisobotni  har  oyda  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya 
vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi. 
Davlat  soliq  xizmatining  joylardagi  soliq  organlari  soliqlar, 
yig‗imlar,  bojlar  va  boshqa  majburiy  to‗lovlarning  Davlat  byudjetiga 
hisobot  davridagi  tushumlari  to‗g‗risidagi  hisobotni  har  oyda  tegishli 
moliya  organlariga  qonun  hujjatlarida  belgilangan  muddatlarda  taqdim 
etadi. 
Davlat  maqsadli  jamg‗armalarini  taqsimlovchi  organlar  hisobot 
davrida davlat maqsadli jamg‗armalariga mablag‗lar tushumi va ulardan 
foydalanish  to‗g‗risidagi  hisobotlarni  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya 
vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  Davlat  byudjetining 
ijrosi  to‗g‗risidagi  hisobotni  hisobot  yilidan  keyingi  yilning  1 
apreligacha  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  taqdim 
etadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining 
ijrosi to‗g‗risidagi hisobotni O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga 
u  tashqi  audit  va  baholash  o‗tkazishi  uchun  hisobot  yilidan  keyingi 
yilning 5 apreligacha yuboradi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Hisob palatasi  Davlat  byudjetining  ijrosi 
to‗g‗risidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning 10 
mayidan kechiktirmay O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
taqdim etadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining 
ijrosi  to‗g‗risidagi  hisobotni  O‗zbekiston  Respublikasi  Hisob 


palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 
15  mayidan  kechiktirmay  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
Qonunchilik palatasiga taqdim etadi. 
Davlat  byudjetining  ijrosi  to‗g‗risidagi  hisobot  O‗zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  ko‗rib  chiqiladi  va  tasdiqlanadi. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlar  ijrosi 
to‗g‗risidagi  hisobotlar  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Jo‗qorg‗i 
Kengesi  va  tegishli  mahalliy  hokimiyat  vakillik  organlari  tomonidan 
ko‗rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish