A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

13
  Бабич,  А.М.  Государственные  и  муниципальные  финансы  /  А.М.  Бабич,  Л.Н.  Павлова.  -  М.:  Юнити-
Дана, 2017. - 687 c 
 
Moliya tizimida markaziy o„rinni egallaydi 
 
ustuvor yo„nalishlar 
uchun moliyaviy 
resurslarni 
konsentratsiya qilishda 
asosiy  instrument 
bo„lib xizmat qiladi 
iqtisodiyot alohida 
tarmoqlarining 
rivojlanishida asosiy 
manba rolini ham o„ynashi 
mumkin 
Davlat 
byudjetining 
ahamiyati 
subyektlarning moliyaviy 
barqarorligini 
ta‟minlashda byudjet katta 
ahamiyat kasb etadi 
 
uning yordamida katta 
hajmdagi moliyaviy 
resurslar davlatning qo„lida 
to„planadi va ular umum 
davlat ehtiyojlarini 
qondirishga sarf etiladi 


jamg‗armasini tashkil qilish va sarflashning qonun bilan mustahkamlab 
qo‗yilgan shaklidir. 
Byudjet hokimiyatning vakillik organi tomonidan qabul qilinadigan 
va shu sababli qonun kuchiga ega bo‗lgan huquqiy hujjat shakliga ega. 
O‗zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  muvofiq,  Davlat  byudjeti 
daromad  manbalari  va  ulardan  tushumlar  miqdori,  shuningdek,  moliya 
yili  mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‗lar hajmi va 
sarflash  yo‗nalishlarini  ko‗zda  tutuvchi  markazlashgan  davlat 
jamg‗armasini  o‗zida  aks  ettiradi  (jumladan,  davlat  maqsadli 
jamg‗armalari mablag‗lari). 
Ixtiyoriy  iqtisodiy  kategoriyaning  mohiyati  uning  funksiyalarida 
namoyon bo‗ladi. 
Davlat  byudjeti  moliyaning  iqtisodiy  kategoriyasining  tarkibiy 
qismi 
bo‗lgani 
uchun, 
byudjet 
munosabatlari 
moliyaviy 
munosabatlarning  tarkibiy  qismi  sanaladi,  o‗z  navbatida,  ularga  pul 
shakli va moliyaning asosiy funksiyalari: taqsimot  (qayta taqsimlash) va 
nazorat xos. 
Taqsimot  funksiyasini  byudjet  daromadlari,  jumladan,  soliqlar, 
zayomlar,  davlat  mulki  daromadlari,  qog‗oz  pullar  emissiyasidan 
daromadlar  bajaradi.  Bunda  byudjet  jamg‗armasi  sof  milliy  mahsulot:  
ishchi  va  xizmatchilarning  ish  haqi,  yollanib  ishlovchi  shaxslarning 
daromadlari,  tadbirkorlik  foydasi,  renta  va  foizlarning  birlamchi 
taqsimoti  natijasida  olingan  xo‗jalik  subyektlari  (yuridik  va  jismoniy 
shaxslar)ning daromadlari hisobidan shakllantiriladi. 
Byudjet  daromadlarining  tuzilmasi  barqaror  emas,  u  har  bir 
mamlakatning  o‗ziga  xos  iqtisodiy  sharoitlariga  bog‗liq.  Byudjet 
daromadlari  tuzilmasidagi  o‗zgarish  iqtisodiy  jarayonlar  dinamikasi 
bilan bog‗liq o‗zgarishlarni aks ettiradi. 
Shunday  qilib,  soliqlar  bilan  qarzlar  o‗rtasidagi  nisbatning  qarz 
ulushining  ortishi  tomon  o‗zgarishi  ishlab  chiqarishdagi  pasayish, 
jamiyatda  iste‘mol  bilan  jamg‗arish  o‗rtasidagi  o‗zaro  nisbat 
o‗zgarganligidan dalolat beradi. 
Byudjetning  qayta  taqsimlash  funksiyasi  aniq  maqsadli  byudjet 
xarajatlariga  tegishli.  Umumiy  xo‗jalik  subyekti  sifatida  namoyon 


bo‗luvchi davlat ishlab chiqarish jarayonidagi barcha ishtirokchilarning 
iqtisodiy manfaatlarini inobatga oladi, shuning uchun byudjet xarajatlari 
xo‗jalik  yuritishning  barcha  tarmoqlari  va  sohalarini  qamrab  oladi. 
Milliy  iqtisodiyotda  makroiqtisodiy  proporsiyaga  rioya  etish  zarurati 
alohida  tarmoqlarni  byudjetdan  moliyalashtirish  hajmini,  ijtimoiy 
sohalar,  iqtisodiy  mintaqalar,  mulkchilikning  turli  shakllari  va  alohida 
xo‗jalik subyektlarini tartibga solishni taqozo etadi. 
Byudjetning  nazorat  funksiyasi  byudjetga  mablag‗lar  tushishining 
o‗z  vaqtidaligi  va  to‗liqligi  hamda  ulardan  maqsadga  muvofiq 
foydalanish  ustidan  davlat  nazoratining  imkoniyati  va  majburiyatini 
nazarda tutadi. 
Shunday  qilib:  taqsimot  funksiyasi  byudjet  jamg‗armasi  (byudjet 
daromadi)  shakllantirilishini;  qayta  taqsimot  –  byudjet  mablag‗laridan 
foydalanishni  (byudjet  xarajatlari);  nazorat  –  byudjetga  mablag‗  kelib 
tushishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish uchun shart-sharoit 
yaratishni ta‘minlaydi. 
Davlat byudjeti ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga faol ta‘sir 
qiladi, milliy iqtisodiyotning tarmoqlari o‗rtasida, milliy daromad qayta 
taqsimlash  imkonini  beradi  noishlab  chiqarish  sohasiga,  jumladan, 
moddiy  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  sohasida  milliy 
daromadning  qayta  taqsimlanishini  ta‘minlaydi  (ishchi  kuchini  ishga 
solish  uchun  shart-sharoitlar  yaratish,  jamiyatni  jismoniy  va  ma‘naviy 
rivojlantirish,    ijtimoiy  barqarorlik  ko‗payishi  uchun  shart-sharoit 
yaratish,  aholining  kam  ta‘minlangan  qatlami  –  pensionerlar,  talabalar, 
ishsizlar,  kam  ta‘minlangan  ko‗p  bolali  oilalar  va  boshqalar  munosib 
yashashini  qo‗llab-quvvatlash);  jamiyat  uchun  favqulodda  muhim  va 
zarur  mahsulotlar  va  xizmatlar  bo‗yicha  barqaror  past  daromadlilikka 
ega  tarmoqlarning  (energetika,  transport,  aloqa  va  hokazo)  moliyaviy 
qo‗llab-quvvatlashni amalga oshiradi va boshqalar. 
Davlat  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  byudjet  daromadlarini 
shakllantirishning  asosiy  manbai  bo‗lgan  soliqlar  orqali  muayyan 
tarmoqlar,  xo‗jalik  subyektlari  va  jismoniy  shaxslarning  tasarrufida 
qoluvchi pul mablag‗lari ulushini kamaytirgan yoki ko‗paytirgan, tiyish 
yoki  rag‗batlantirish  siyosatini  amalga  oshirgan  va  shu  tariqa  iqtisodiy 


muvozanatni  ta‘minlagan  holda  ularning  iqtisodiy  faolligini  tartibga 
soladi. 
Shu  bilan  birga,  byudjet  orqali  byudjet  tizimi  darajalari 
(subvensiyalar,  transfertlar)  o‗rtasida  daromadlar  qayta  taqsimlanishini 
amalga  oshirib,  bu  bilan  mintaqalarning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 
darajasini tenglashtirish uchun imkon yaratadi. 
Shunday  qilib,  davlat  byudjeti  iqtisodiyotning  samarali  regulyatori 
hisoblanadi  –  u  davlat  uchun  zarur  moliyaviy  resurslarni  hajmini  aks 
ettiradi, mamlakatning soliq siyosatini belgilaydi, mablag‗larni sarflash, 
milliy  daromad  va  yalpi  ichki  mahsulotni  qayta  taqsimlashning  aniq 
yo‗nalishlarini qayd qiladi. 
Tarixning  turli  davrlarida  davlat  byudjeti  milliy  iqtisodiyotga 
turlicha  ta‘sir  qiladi.  Masalan,  kapitalistik  rivojlanish  davrida  davlat 
iqtisodiyotga  faol  aralashmadi  –    shuning  uchun  davlat  byudjeti  orqali 
milliy  daromadning  19  foizigachasi  qayta  taqsimlandi.  XX  asrning 
ikkinchi  yarmiga  kelib  davlat  byudjeti  makroiqtisodiy  jarayonlarni 
tartibga solishning kuchli instrumentiga aylanadi – hozirgi paytda milliy 
daromadning 30-50% gachasi byudjet orqali qayta taqsimlanadi. 
Davlat  byudjetining  faoliyati  maxsus  iqtisodiy  shakllar  –  daromad 
va xarajatlar bilan ta‘minlanadi. 
Byudjet  daromadlari  –  davlat  organlari  va  mahalliy  o‗zini  o‗zi 
boshqarish  organlarining  tasarrufiga  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
beg‗araz tartibda kelib tushadigan pul mablag‗laridir. 
Jahon  amaliyotida  byudjetga  pul  tushumlarining  uchta  asosiy 
yo‘llari mavjud: 
–  qonun  hujjatlariga  muvofiq  belgilangan  soliqlar  va  yig‗imlar 
ko‗rinishida  undiriladigan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  majburiy 
to‗lovlari; 
– foydalanilganligi uchun to‗lovlar yoki badallar undirilishi mumkin 
bo‗lgan davlat mulki va umumdavlat resurslari
– davlat zayomlari, boshqa qimmatli qog‗ozlarni sotishdan olingan 
daromadlar,  lotareyalar,  davlat  banklariga  omonatlarning  bir  qismi  va 
boshqa shakldagi jalb qilingan resurslar. 
Byudjet  daromadlarining  miqdori  YAIMning  o‗sishiga  va  soliq 


stavkalari  bo‗yicha  belgilangan  soliq  yukiga  bog‗liq.  Daromadlar 
byudjet xarajatlarini ta‘minlashga mo‗ljallangan. 
Byudjet  xarajatlari    bu  –  davlat  va  mahalliy  o‗zini  o‗zi  boshqarish 
organlarining  vazifalari  va  funksiyalarini  moliyaviy  qo‗llab-quvvatlash 
uchun yo‗naltiriladigan pul mablag‗laridir. 
Byudjet  xarajatlari  kategoriyasi  xarajatlarning  aniq  turlari  orqali 
namoyon bo‗lib, ularning har biri sifat va miqdoriy jihatdan tavsiflanishi 
mumkin.  Sifat  jihatidan  tavsif  byudjet  xarajatlarining  har  bir  turiga  xos 
iqtisodiy  mazmun  va  ijtimoiy  ahamiyatni  belgilash  imkonini  bersa, 
miqdoriy tavsif ularning kattaligini aniqlaydi. 
Byudjetning  uchta  asosiy  holati  mavjud:  defitsit,  profitsit, 
balanslashgan.  Byudjet  xarajatlarining  daromadlaridan  ortib  ketishi 
(byudjetning manfiy saldosi) byudjet defitsitidan darak beradi. 
Byudjet  daromadlarining  xarajatlaridan  ortiqligi  (byudjetning 
musbat saldosi) byudjet profitsiti hisoblanadi. 
Balanslashgan  –  xarajatlar  summasi  va  kelib  tushgan  daromadlar 
miqdori teng bo‗lgan byudjet. 
Iqtisodiyot  nazariyasida  agar  defitsit  yoki  profitsit  umumiy 
xarajatlarning  1  foizidan  oshmasa,  byudjetni  balanslashgan  deb 
hisoblash qabul qilingan. 
Byudjet  defitsiti  davlat  uchun  yoqimsiz  hodisa.  Biroq  byudjet 
defitsitini  favqulodda  va  halokatli  hodisalar  toifasiga  kiritish  mutlaqo 
mumkin emas, chunki defitsit sifati va tabiati har xil bo‗lishi mumkin. 
Davlat byudjeti defitsiti nazorat qilinuvchan hisoblanadi, agar uning 
hajmi  YAIMning  3  foizidan  (Maastrixt  mezoni)  oshmasa,  iqtisodiyot 
uchun  xavfli  sanalmaydi.  Aksincha  holatda,  u  pul,  kredit  tizimi  va 
umuman butun iqtisodiyotning faoliyatiga ta‘sir qiladi. 
Byudjet defitsitining quyidagi shakllari ajratib ko‗rsatiladi: 
tuzilmaviy 
–  iqtisodiyotni  rivojlantirish  maqsadida  davlat 
xarajatlarini oshirish va soliqlarni kamaytirish bo‗yicha hukumat chora-
tadbirlari  natijasida  yuzaga  keluvchi  defitsit,  u  ijtimoiy  jarayonlarning  
inqiroz  kechishini  aks  ettirmaydi,  balki  aniqrog‗i,  ijtimoiy  ishlab 
chiqarish  tuzilmasida  progressiv  siljishlarni  ta‘minlashga  davlatning 
intilishi oqibati sanaladi


davriy  –  ishlab  chiqarishning  davriy  pasayishi  natijasida  yuzaga 
keladigan va iqtisodiyotdagi inqirozni, hodisani, hukumatning moliyaviy 
vaziyatini nazorat qilishga qodir emasligini aks ettiradigan defitsit. 
Byudjet  defitsitini  moliyalashtirish  manbalari  sifatida  o‗z 
mablag‗lari  va  qarz  mablag‗lari  namoyon  bo‗lishi  mumkin.  O‗z 
mablag‗lari  –  davlat  va  mahalliy  hokimiyatga  tegishli  bo‗lgan  mol-
mulkdan resurslar tushumi, qaytmas  xarakterda bo‗ladi. Ichki va tashqi 
moliya  bozorlaridan  o‗zlashtirish  qaytar  xarakterga  ega  bo‗lib,  davlat 
qarzining  ko‗payishiga  olib  keladi,  ularga  xizmat  ko‗rsatish  bo‗yicha 
foiz xarajatlari qoplanishini talab etadi. 
O‗zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti daromad manbalari va 
ulardan  tushumlarni,  shuningdek,  xarajat  yo‗nalishlari  va  moliya  yili 
mobaynida  aniq  maqsadlar  uchun  ajratilgan  mablag‗lar  miqdorini 
nazarda tutuvchi markazlashgan davlat jamg‗armasini o‗zida aks ettiradi 
(jumladan, davlat maqsadli jamg‗armalari mablag‗lari). 
O‗zbekistonning  Davlat  byudjeti  tarkibiga  respublika  byudjeti, 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlar  kiradi. 
Shuningdek,  davlat  byudjeti  tarkibida  davlat  maqsadli  jamg‗armalari 
birlashtiriladi. 
Respublika  byudjeti  –  davlat  byudjetining  daromad  manbalari  va 
ulardan  tushumlarni  nazarda  tutuvchi  umumdavlat  xarakteridagi 
tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladigan qismidir. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti  –  davlat  byudjetining 
daromad  manbalari  va  ulardan  tushumlarni,  shuningdek,  xarajat 
yo‗nalishlari va moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratilgan 
mablag‗lar  miqdorini  nazarda  tutuvchi  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi 
pul mablag‗lari jamg‗armasidan iborat tarkibiy qismidir. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasining  byudjeti  Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi  byudjeti va respublika (Qoraqalpog‗iston) bo‗ysunuvidagi 
tumanlar va shaharlar byudjetini o‗z ichiga oladi. 
Mahalliy  byudjet  –  davlat  byudjetining  daromad  manbalari  va 
ulardan  tushumlarni,  shuningdek,  xarajat  yo‗nalishlari  va  moliya  yili 
mobaynida  aniq  maqsadlar  uchun  ajratilgan  mablag‗lar  miqdorini 
nazarda  tutuvchi  tegishli  viloyat,  tuman,  shaharning  pul  mablag‗lari 


jamg‗armasidan iborat qismidir. 
Viloyat  byudjetiga  viloyat  byudjeti,  tumanlar  va  viloyatga 
bo‗ysunadigan shahar byudjetlari kiradi. 
Tuman  bo‗ysunuvidagi  shaharlar  mavjud  tumanlarning  byudjetlari 
tuman  byudjeti  va  tumanga  bo‗ysunadigan  shaharlar  byudjetini  o‗z 
ichiga oladi. 
Tuman  bo‗linishiga  ega  shahar  byudjeti  shahar  byudjeti  va  shahar 
tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetidan iborat bo‗ladi. 
Davlat  maqsadli  jamg‗armalari  –  davlat  byudjeti  tarkibiga 
birlashtiriladigan  jamg‗armalar  bo‗lib,  ularning  har  biri  uchun 
qonunchilik  bilan  moliyalashtirish  manbalari,  har  bir  manbadan 
mablag‗lar  tushumi  me‘yorlari  va  shartlari,  shuningdek,  ushbu 
mablag‗lar foydalanishi mumkin bo‗lgan maqsadlar belgilab berilgan. 
Shunday  qilib,  mohiyatan,  O‗zbekiston  Respublikasining  Davlat 
byudjeti respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va 
mahalliy byudjetlar (ya‘ni, konsolidatsiyalangan byudjet) va byudjetdan 
tashqari jamg‗armalarning byudjetlarining  daromad va xarajatlarini o‗z 
ichiga oluvchi jamlanma byudjetni o‗zida aks ettiradi. 
Nazariya  va  amaliyot  nuqtayi  nazaridan  jamlanma  byudjet  tegishli 
ma‘muriy-hududiy  birlik  hududining  barcha  darajadagi  byudjetlari 
jamlanmasi,  davlat  byudjet  tizimi,  daromadlar  va  xarajatlar  bo‗yicha, 
shuningdek, mablag‗lar tushumi manbalari va ulardan hududlar bo‗yicha 
foydalanish  va  butun  mamlakat  byudjet  tizimi  bo‗yicha  jamlangan 
ma‘lumotlarni tavsiflovchi byudjet ko‗rsatkichlarining statistik to‗plami 
sanaladi. Konsolidatsiyalangan byudjet ko‗rsatkichlaridan quyidagilarda 
foydalaniladi: 
–  byudjetni  rejalashtirishda,  masalan,  umumdavlat  miqyosida 
tartibga  solinuvchi  soliqlardan  mahalliy  byudjetlarga  ajratmalar 
me‘yorlari kattaligini va dotatsiyalar miqdorini belgilashda
–  mamlakat  aholisining  yaxlit  va  alohida  olingan  hududlarda 
ta‘minlanganligining  jon  boshiga  tibbiy  xizmat  ko‗rsatishga  byudjet 
xarajatlari, ta‘lim, jon boshiga o‗rtacha byudjet daromadlari kabi alohida 
hududlarning  qiyosiy  tahlili  uchun  mezon  hisoblanuvchi  turli 
ko‗rinishlarini tavsiflovchi ko‗rsatkichlarni hisoblashda


– istiqbolli moliyaviy rejalashtirishda umuman davlatning va uning 
alohida  hududlarining  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanish  prognozlarini 
ishlab chiqishda. Masalan, byudjetni prognozlashning iqtisodiy-maBOB 
tik  modellarini  ishlab  chiqish,  jumladan,  mintaqaning  moliyaviy 
resurslari  va  byudjetdan  ta‘minlanganligini  hisoblash  YaIM,  milliy 
daromad, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi, qishloq xo‗jaligi kabi 
o‗zgaruvchilar  va  konsolidatsiyalangan  byudjetlarning  daromadlari 
hajmi o‗rtasidagi korrelyatsion munosabatlarni tadqiq qilish uchun zarur 
konsolidatsiyalangan byudjetlar ma‘lumotlarisiz mumkin emas. 
Davlat  byudjeti  respublika  parlamenti  –  Oliy  Majlis  tomonidan 
tasdiqlanadi va qonun kuchiga ega. 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish