A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


 Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy yo„nalishlari va



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

1.3. Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy yo„nalishlari va 
ularning tashkiliy –huquqiy asoslari 
 
Bizga  ma‘lumki,  mamlakatda  sodir  bo‗layotgan  har  qanday 
jarayonlar tegishli qonuniy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi. 
Bosh  hujjat  esa  –  bu  O‗zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasidir. 
Byudjet  munosabatlarini  tartibga  solib  turuvchi  asosiy  qonuniy  hujjat 
ham  Konstitutsiya  hisoblanadi.  Davlat  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  barcha 
huquqiy-me‘yoriy  hujjatlar  ham  Konstitutsiya  bilan  belgilab  qo‗yilgan 
normalar asosida ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. 
Davlat  byudjeti  va  uning  tuzilishi  bilan  bog‗liq  normalar 
Konstitutsiyaning  XXV  bobida  ―O‗zbekistonning  Davlat  byudjeti 


respublika  byudjetidan,  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjetidan  va 
mahalliy byudjetlardan iborat‖
35
 ekanligi belgilab qo‗yilgan. 
Ma‘lumki,  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish  mos  huquqiy 
bazaga  tayanishi  lozim.  Shu  sababli,  yangi  qonunlar  turkumini  ishlab 
chiqish  zaruriyati  tufayli  O‗zbekistonda  iqtisodiy  munosabatlarni 
tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilindi. Bunday qonunlar avvalgi 
―markazlashtirilgan rejali tizim ruhi bilan sug‗orilgan‖, haddan tashqari 
mafkuralashtirilgan, xalqaro me‘yorlar va qoidalarning talablarini inkor 
etuvchi  sovet  davri  qonunlarining  o‗rniga  keldi  va  yosh  mustaqil 
davlatimizning  huquqiy  demokratik  yo‗ldan  og‗ishmay  ravnaq  topishi 
uchun xizmat qila boshladi. 
O‗zbekiston Respublikasi byudjet qurilishi, byudjet tizimining amal 
qilishi,  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlarining  barcha 
darajalaridagi  (markaziy,  hududiy  va  mahalliy)  byudjet  borasidagi 
vakolatlari 
byudjet 
qonunchiligi 
bilan 
tartibga 
solinadi. 
Biz 
mamlakatimiz  byudjet  tizimini  isloh  etishda,  byudjet  daromadlarini 
barqarorlashtirishda quyidagi Xitoy Xalq Respublikasining amaliyotidan 
quyidagi jihatlarini tatbiq qilsak bo‗ladi
36

-    soliq  va  soliq  tizimidagi  islohotlarni  jadallashtirish,  soliq  turlari 
bo‗yicha yaxlitlashgan tizimni ishlab chiqish; 
-    soliqlarning  byudjet  daromadlari  ulushida  yuqori  darajasini 
kamaytirish, soliqsiz to‗lovlar hajmini oshirish; 
-    byudjet daromadlari va xarajatlarini mutanosib boshqarish,  
-    byudjet  bilan  bog‗liq  tashkilotlarda  Byudjetdan  moliyalashtirish 
mexanizmini samarali tashkillashtirish hamda Byudjetga to‗lovlar orqali 
Byudjet  daromadlarini  barqarorligini  ta‘minlash  borasida  ichki  audit 
tizimlarini ishlab chiqish; 
- davlat investitsiyalari muvaffaqiyatliligini ta‘minlash; 
Huquqiy  me‘yorlarning  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda,  byudjet 
qonunchiligini bir necha darajaga ajratish mumkin: 
                                                           
35
 O‗zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi, 122-modda. O‗zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017 
y., 14-son, 213-modda 
36
 Ministry of Finance in China ― Report on the execution of the central and local budgets for 2016 and on the draft 
central and local budgets for 2017‖ 2017 y March 5. www.scopus.com. 


1-daraja  –  O‗zbekiston  Respublikasi  Byudjet  Kodeksi  –  byudjet 
tizimi  byudjetlarini  shakllantirish,  tuzish,  ko‗rib  chiqish,  qabul  qilish, 
tasdiqlash,  ijro  etish,  davlat  tomonidan  mablag‗  jalb  qilish  va  byudjet 
to‗g‗risidagi  qonun  hujjatlari  ijrosini  nazorat  qilish  sohasidagi 
munosabatlarni tartibga soladi. 
2-daraja  –  O‗zbekiston  Respublikasi  hukumatining  (Vazirlar 
Mahkamasining) byudjet masalalaridagi qarorlari. 
3-daraja  –  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining 
buyruqlari, farmoyishlari va byudjet sohalariga taalluqli bo‗lgan boshqa 
me‘yoriy hujjatlari (nizomlar, yo‗riqnomalar, qoidalar) 
4-daraja  –  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  qarorlari  va 
boshqa  me‘yoriy  hujjatlari  (Masalan,  tegishli  viloyat,  tuman  (shahar) 
mahalliy byudjet parametrlarini tasdiqlash to‗g‗risidagi Xalq deputatlari 
Kengashlarining va hokimlarining qarorlari). 
Shunday  qilib,  O‗zbekiston  Respublikasi  byudjet  qonunchiligi 
O‗zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  asoslangan  va  O‗zbekiston 
Respublikasi Byudjet Kodeksi, ―Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjet 
huquqlari  to‗g‗risida‖gi,  O‗zbekiston  Respublikasi  ―Mahalliy  davlat 
hokimiyati  to‗g‗risida‖gi  qonuni,  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisining  tegishli  moliyaviy  yil  uchun  qabul  qilinadigan  ―Davlat 
byudjeti  to‗g‗risida‖gi  qonuni  va  byudjet  masalalari  bo‗yicha  boshqa 
qonuniy va normativ hujjatlardan tashkil topgan. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Byudjet  Kodeksiga  asosan  davlat 
byudjetining  huquqiy  asoslarining  sifat  jihatdan  tartibga  solish 
tushunchasini  o‗z  ichiga  olsa,  miqdor  jihatdan  o‗z  ifodasini  topgan 
byudjet  xarajatlari  va  daromadlar  miqyosini  belgilashda  O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
har 
yilga 
mo‗ljallangan 
asosiy 
makroiqtisodiy  ko‗rsatkichlar  prognozi  va  davlat  byudjeti  parametrlari 
to‗g‗risidagi qaroriga asosan miqdor jihatdan tartibga solinadi. 
Masalan:   
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2016-yil  27-dekabrdagi 
―O‗zbekiston  Respublikasining  2017-yilga  mo‗ljallangan  asosiy 
makroiqtisodiy  ko‗rsatkichlar  prognozi  va  davlat  byudjeti  parametrlari 
to‗g‗risida‖gi  qarori,  2017-yil  29-dekabrdagi    ―O‗zbekiston 


Respublikasining  2018-yilga  mo‗ljallangan  asosiy  makroiqtisodiy 
ko‗rsatkichlar  prognozi  va  davlat  byudjeti  parametrlari  to‗g‗risidaˮgi 
qarori,  2018-yil  26-dekabrdagi  ―O‗zbekiston  Respublikasining  2019-
yilning  asosiy  makroiqtisodiy  ko‗rsatkichlari  prognozi  va  Davlat 
byudjeti  parametrlari  hamda  2020-2021-yillarga  byudjet  mo‗ljallari 
to‗g‗risida‖gi 
PQ-4086-son 
qarori. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezdentining aynan shunday har yilgi qarorlari asosida Davlat byudjeti 
daromadlari va xarajatlari belgilanadi. 
Byudjet kodeksi mamlakatning asosiy moliyaviy hujjati  — Davlat 
byudjeti  daromadlarining  to‗g‗ri  va  to‗liq  shakllantirilishini  mos 
ravishda  ta‘minlash,  xarajatlarini  to‗g‗ri  yo‗naltirishga  qaratilgan 
oqilona  soliq  va  byudjet  siyosatini  ishlab  chiqish  hamda  tatbiq  etishda 
mazkur  bir-biriga  uzviy  bog‗liq  jarayonlarning  yaxlit,  yagona  tizimli 
huquqiy bazasi sifatida muhim ahamiyatga ega.  
Ana  shu  nuqtayi  nazardan  byudjetga  doir  barcha  munosabatlarni 
tartibga  soluvchi  normalarning  jamlanmasi  bo‗lgan  ushbu  kodeks 
yurtimizda  izchil  davom  etayotgan  islohotlarni  yangi  bosqichga 
ko‗tarishda  o‗ziga  xos  huquqiy  tayanch  bo‗lib  xizmat  qilmoqda.  Zero, 
kodeksda  nazarda  tutilgan  norma  va  qoidalarning  amalga  oshirilishi 
byudjet  jarayonining  barcha  bosqichlarida  yagona  huquqiy  norma  va 
yondashuvlar qo‗llanilishini ta‘minlashga xizmat qilib, byudjet jarayoni 
barcha  ishtirokchilarining  faoliyatini  yengillashtirishda  muhim  omil 
bo‗lmoqda. 
Ayniqsa,  unda  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlarini  tasdiqlash  va 
ularni  so‗nggi  byudjet  jarayoni  ishtirokchisigacha  yetkazish  bo‗yicha 
tegishli muddat va tartib yoritib berilgan. Eng muhimi, kodeks talablari 
byudjet mablag‗larini maqsadli sarflash va ulardan samarali foydalanish 
imkoniyatini  bermoqda.  Davlat  byudjeti  davlat  moliyasi  tizimida 
markaziy  o‗rinni  egallaydi.  Iqtisodiyot  rivojlanishini  turli  bosqichlarida 
byudjet  davlat  siyosatini  amalga  oshirish  quroli,  mo‗ljallangan  davlat 
dasturlari  va  tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun  pul  mablag‗larini  asosiy 
manbai hisoblanadi 


Davlat byudjeti, davlat hokimiyatining kundalik masalalarini ham, 
rivojlanish  istiqbollari  vazifalarini  ham  hal  etishda  katta  ahamiyatga 
egadir. 
Byudjetni  shakllantirish  avvalo  uning  xarajat  qismini  tuzish  yo‗li 
bilan  yuz  beradi,  chunki  davlat  o‗zida  mavjud  moliyaviy 
imkoniyatlardan kelib chiqibgina xarajatlar qilishi mumkin emas. Davlat 
avvalo  jamiyatni  samarali  rivojlantirish  maqsadida  uning  oldida  turgan 
vazifalarni  bajarish  uchun  zarur  mablag‗lar  hajmini  belgilashi  va 
shundan  keyingina  o‗z  qo‗lida  bo‗lgan  byudjet  daromad  qismini 
to‗ldirishning  asosiy  vositasi  –  soliqlar  va  boshqa  manbalar  yordamida 
ana shu moliyaviy resurslarni jalb etishi kerak. 
 


 
4-rasm. O„zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining tasnifi

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish