A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


 Mahalliy byudjetlar mablag„larini shakllantirish va ulardan



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

5.4. Mahalliy byudjetlar mablag„larini shakllantirish va ulardan 
foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslari 
Iqtisodiyotni  rivojlantirish  borasida  olib  borilayotgan  keng 
ko‗lamli yangilanishlar hamda islohotlardan  ko‗zlangan asosiy maqsad 
ijtimoiy va iqtisodiy sohani isloh qilish bo‗yicha qabul qilingan dasturlar 
ijrosini  ta‘minlash  bilan  bir  qatorda  barqaror  iqtisodiy  o‗sishga 


erishishdir.  O‗zbekiston  Respublikasining  hozirgi  kundagi  bosib 
o‗tayotgan  taraqqiyot  yo‗li  iqtisodiyotni  barqaror  va  izchil  sur‘atlarda 
yuksaltirish  maqsadida    davlat  moliyasi  tizimida    zamonaviy 
yondashuvni,    tizimning  tarmoq  va  segmentlarini  izchillik  bilan 
takomillashtirishni 
 
talab 
qiladi. 
Davlat 
moliyasi 
tizimidagi 
taraqqiyotning  asosiy  mazmuni  davlat  byudjeti  mutanosibligiga 
erishishga, byudjetning  moliyaviy resurslarini  to‗liq  shakllantirishga va 
ulardan oqilona hamda samarali foydalanishga, byudjet jarayonidagi har 
bir  bosqichni  fuqarolar  va  soliq  to‗lovchilar  uchun  ochiq  va  shaffof 
bo‗lishiga erishishga qaratilgan. 
Davlat 
mablag‗lari 
mamlakat 
iqtisodiyoti 
taraqqiyotini 
ta‘minlashning  hamda  turli  davrlarda  iqtisodiy  siyosatni  amalga 
oshirishning  asosiy va eng muhim manbai hisoblanadi, bundan tashqari 
davlat  moliyaviy  resurslari  hukumat  tomonidan  mo‗ljallangan  ijtimoiy 
dasturlar  va  tadbirlarni  moliyaviy  ta‘minlashning  asosiy  manbai 
hisoblanadi.  Mahalliy  byudjetlar  davlat  moliyasi  tizimining  muhim 
segmenti  hisoblanadi  hamda  ―davlat  byudjetining  tegishli  viloyat, 
tuman,  shahar  pul  mablag‗lari  fondini  tashkil  etuvchi  bir  qismi  bo‗lib, 
unda  daromadlar  manbalari  va  ulardan  tushumlar  miqdori,  shuningdek 
moliya  yili  mobaynida  aniq  maqsadlar  uchun  ajratiladigan  mablag‗lar 
sarfi yo‗nalishlari va miqdori nazarda tutiladi‖
46

Mahalliy  byudjetlar  davlat  byudjetida  muhim  tarkibiy  qismini 
tashkil  etadi  va  mahalliy  hokimiyatlarning  faoliyat  yuritishlarida 
moliyaviy  asos  bo‗lib  hisoblanadi.  Mahalliy  byudjetlar  faoliyati 
mahalliy  talab-ehtiyojlarni  to‗laroq  qondirishni  hamda  davlatning 
markazlashgan  tartibda  amalga  oshiradigan  tadbirlarining  bajarilishi 
bilan  uzviy  bog‗liq  holda  ijro  etishga  imkon  yaratib  beradi.  Mahalliy 
byudjetlar  mintaqalardagi  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarni  bartaraf 
etishda  asosiy  manba  va  mahalliy  boshqaruv  organlari  faoliyatining 
iqtisodiy asosi bo‗lganligi tufayli byudjetga qo‗shimcha mablag‗lar jalb 
etish  manbalarini  izlab  topish  va  mavjud  mablag‗larni  samarali 
sarflanishini  ta‘minlash  orqali  byudjet  siyosati  samaradorligini 
                                                           
46
 Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik /Toshkent Moliya instituti. — Toshkent: ―Noshir‖, 2011. 712 bet. 
670-bet. 


ta‘minlaydigan asosiy omil bo‗lib xizmat qiladi. 
Hududiy  davlat  boshqaruv  organlari  moliyaviy  tizimining  asosiy 
tarkibiy  qismi  –  bu  mahalliy  byudjet  hisoblanadi.  Mahalliy  byudjetlar 
mamlakat  moliya  tizimining  asosiy  sohasi  bo‗lishi  bilan  bir  qatorda 
mahalliy  organlarning  o‗z  oldida  turgan  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy 
funksiyalarini  amalga  oshirishda  moliyaviy  resurslar  bilan  ham 
ta‘minlab  turadi.  Hududiy  boshqaruv  organlari  faoliyatining  asosiy 
moliyaviy negizi mahalliy byudjetlar hisoblanar ekan ularga yuklatilgan 
vazifalarni samarali amalga oshirilishi ularning  moliyaviy  mablag‗larga 
ega bo‗lishi bilan bog‗liq. Mahalliy byudjetlar orqali hududlar ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlanishi  moliyaviy  mablag‗lar  bilan  ta‘minlab  boriladi. 
Shunday  ekan  mahalliy  byudjet  daromadlari  va  xarajatlarini 
muvofiqlashtirish  respublika  va  uning  hududlarining  rivojlanishida 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Mahalliy  byudjet  davlat  byudjeti  iqtisodiy 
kategoriyasining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi  va  iqtisodiy  manoda 
hududiy boshqaruv organlarining o‗z vazifa va funksiyalarini bajarishini 
ta‘minlash  uchun  zarur  bo‗lgan  davlatning  markazlashtirilgan  pul 
mablag‗lari  fondidir.  Huquqiy  jihatdan  esa,  mahalliy  byudjet  bu 
mahalliy  boshqaruv  organlarini  vazifa  va  funksiyalarini  moliyaviy 
ta‘minlash  uchun  mo‗ljallangan  pul  mablag‗lari  jamg‗armasini  tashkil 
etish va sarflashning qonun bilan belgilangan shaklidir. Byudjet huquqiy 
akt  shakliga  ega  bo‗lib,  vakolatli  hokimiyat  organi  tomonidan  qabul 
qilinadi va shu sababdan u qonuniy kuchga egadir. 
O‗zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  mahalliy 
byudjet  -  Davlat  byudjetining  tegishli  viloyat,  tuman,  shahar  pul 
mablag‗lari  jamg‗armasini  tashkil  etuvchi  bir  qismi  bo‗lib,  unda 
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya 
yili  mobaynida  aniq  maqsadlar  uchun  ajratiladigan  mablag‗lar  sarfi 
yo‗nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. 
 
 
 
 
 
  


 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish