1-rasm. O„zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tuzilmasi
47
O‗z
navbatida
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
byudjeti
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika byudjetini hamda
respublikaga bo‗ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‗z
ichiga oladi. Viloyatlarning byudjeti viloyat byudjetini, viloyatga
bo‗ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‗z ichiga oladi.
Tumanlarga bo‗linadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini va
shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini o‗z ichiga oladi.
Tumanga bo‗ysunadigan shaharlari bo‗lgan tumanning byudjeti tuman
byudjetini va tuman bo‗ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini o‗z ichiga
oladi.
Mahalliy byudjetning hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishdagi eng
muhim ahamiyati shundaki, hududlar iqtisodiyotining real sektorini
moliyaviy qo‗llab quvvatlaydi, strategik ahamiyatga ega bo‗lgan va
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari tizimidagi korxonalarni moliyaviy
sog‗lomlashtirish va ishlab chiqarishni jonlantirish, hududlar
47
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 34 va 35-moddalari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Davlat byudjeti
Respublika byudjeti
Mahalliy byudjetlar
Toshkent shahar
byudjeti
viloyatlar byudjetlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
byudjeti
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi respublika
byudjeti
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi tumanlari va
shaharlarining byudjetlari
shahar tarkibiga
kiruvchi tumanlar
byudjetlari
Viloyatlar tarkibidagi
tumanlar va
shaharlarning
byudjetlari
Viloyatlarning viloyat
byudjetlari
Toshkent shahri
shahar byudjeti
infrastrukturasini rivojlantirish, ish va xizmatlar ko‗rsatish kabi
sohalarni rag‗batlantiruvchi vazifasini o‗taydi.
Mahalliy byudjetlarni mablag‗ bilan ta‘minlash zarurati uning
nimaga sarflanishi hamda qanday maqsadlarda sarflanayotganligiga
e‘tibor qaratilsa, yaqqol namoyon bo‗ladi, bundan tashqari mahalliy
byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini kengroq va ravshanroq
tushunish uchun, uning qanday yo‗nalishlarni moliyalashtirishini ko‗rib
o‗tish maqsadga muvofiqdir. Amaldagi byudjet qonunchiligiga ko‗ra
mahalliy byudjet orqali quyidagi sohalar mablag‗ bilan ta‘minlanadi.
O‗zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlarni shakllantirish va
ishlatishning
huquqiy
asoslarini
O‗zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi ―Byudjet kodeksi‖,
O‗zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, Bojxona Kodeksi,
―O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‗g‗risida‖gi,
―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi va boshqa qonunlar, nizomlar
hamda turli huquqiy hujjatlar tashkil qiladi.
O‗zbekiston Respublikasi byudjet qurilishi, byudjet tizimining
amal qilishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining barcha
darajalaridagi (markaziy, hududiy va mahalliy) byudjet borasidagi
vakolatlari byudjet qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Byudjet qonunchiligi – byudjet munosabatlarini huquqiy jihatdan
tartibga solib turishga xizmat qiluvchi barcha qonuniy va me‘yoriy-
huquqiy hujjatlar yig‗indisi. Huquqiy me‘yorlarning mazmunidan kelib
chiqqan holda byudjet qonunchiligini bir necha darajaga ajratish
mumkin:
− birinchi daraja – O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi -
byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‗rib chiqish, qabul
qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‗ jalb qilish va
byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi
munosabatlarni tartibga soladi;
− ikkinchi daraja – O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining byudjet masalalaridagi qarorlari;
− uchinchi daraja – O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
buyruqlari, farmoyishlari va byudjet sohalariga taalluqli bo‗lgan boshqa
me‘yoriy hujjatlari (nizomlar, yo‗riqnomalar, qoidalar);
− to‗rtinchi daraja – mahalliy davlat hokimiyati organlarining
qarorlari va boshqa me‘yoriy hujjatlari (masalan, tegishli viloyat, tuman
(shahar) mahalliy byudjeti parametrlarini tasdiqlash to‗g‗risidagi Xalq
deputatlari Kengashlarining va hokimlarining qarorlari).
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013-yil 26-dekabrda
qabul qilingan bo‗lib, 9 ta bo‗lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat.
Ushbu Kodeks:
- O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni
boshqarish asoslarini;
- O‗zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari
va uning tuzilmasini;
- davlat byudjetini tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish va ijro etish
tartibini;
- davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalari daromadlarini
shakllantirish va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
- davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‗rtasidagi o‗zaro
munosabatlarni;
- davlat byudjeti mablag‗lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish
jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab
beradi.
Kodeksda byudjet tizimi va byudjet tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar
tarkibi, davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi, respublika
byudjeti va mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va
ularning byudjet bo‗g‗inlari o‗rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet
jarayonini tashkil qilish tartiblari; byudjet taqchilligini qoplash
manbalari, davlat maqsadli jamg‗armalari, ularni tashkil qilish va ular
mablag‗laridan foydalanish tartibi kabilar belgilab berilgan.
Hududlardagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishda
mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida o‗rin egallaydi. 1993-yil 2-
sentabrda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Mahalliy
davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi №913- XII sonli qonuniga muvofiq
―Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‗ysunadigan
shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan
tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik
organlari‖
48
hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokimlari viloyat,
tuman va shahar uchun umumiy bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar,
yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining
ijrosini, O‗zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari bilan fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari o‗rtasidagi
aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni
ta‘minlaydi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat,
tuman, shahar hokimi tegishli hududda o‗zini o‗zi boshqarishni
rivojlantirishga ko‗maklashish asosida boshqarish organlarining
faoliyatini yo‗naltirib turadilar.
Mahalliy byudjetlarni shakllantirish hamda hududlar ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlashda mahalliy byudjetlardan foydalanish
jarayonlari O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‗zbekiston
Respublikasi
Byudjet
Kodeksi,
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy
ko‗rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖gi
qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi. O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‗ra mahalliy hokimiyat organlari
ixtiyoriga ―mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy
soliqlar, yig‗imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‗armalarni hosil
qilish‖
49
vakolati berilgan. Shu bilan mahalliy hokimiyat organlarining
byudjet sohasidagi faoliyatining konstitutsiyaviy asosi o‗rnatilgan.
Joylardagi mahalliy vakillik hokimiyati va ijro hokimiyati organlarining
bu sohadagi vazifalari, vakolatlari turlicha bo‗lib, ular avvalo ―Mahalliy
davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi qonunda belgilangan.
O‗zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning chuqurlashuvi
48
O‗zbekiston Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi (02.09.93.) 913-XII sonli qonuni, 1-
modda.
49
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‗R QHT, 2014-y., 16-son, 176-modda
.
mahalliy hokimiyat organlarining ularga tegishli hududlar ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishidagi rolini yanada oshirib, moliya-byudjet
sohasidagi huquqlarini kengaytirish va ularning moliyaviy bazasini
mustahkamlashni talab qiladi. Mahalliy byudjetlarning salmog‗i oshishi
ustun ravishda xarajatlarning oshib borishi bilan bog‗liq, ya‘ni markaziy
hokimiyat hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani
saqlash, ishchi kuchini qayta tayyorlash bilan bog‗liq vakolatlarni
joylarga berib bormoqda. Mahalliy byudjetlardan davlat takror ishlab
chiqarish jarayoniga ta‘sir etishda keng foydalanmoqda, mahalliy
boshqaruv organlari hududiy darajada davlatning maqsadga muvofiq
vazifalarini tobora ko‗proq bajarmoqda.
O‗zbekiston Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati
to‗g‗risida‖gi qonunining 7-moddasiga muvofiq ―Xalq deputatlari
viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi
faoliyatining iqtisodiy asosini ma‘muriy-hududiy tuzilmalarning davlat
mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud
bo‗lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk
tashkil etadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va
viloyat, tuman, shahar hokimi mutlaq O‗zbekiston Respublikasi
mulkida bo‗lgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va
ijtimoiy obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat
resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini
ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar. Xalq
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, viloyat, tuman, shahar
hokimi o‗zlari idora qilayotgan hududdagi mulkchilikning turli shakliga
asoslangan korxonalar uchun O‗zbekiston Respublikasining
qonunlarida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xo‗jalik faoliyatini erkin
yuritishga to‗sqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar‖.
Yuqoridagi qonunning 8-moddasiga muvofiq esa ―Xalq deputatlari
viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida
o‗ziga berilgan yoki qonunlarga muvofiq o‗zi sotib olgan obyektlarga
nisbatan mulkdor vakolatlarini to‗liq amalga oshiradi. Xalq deputatlari
viloyat,
tuman,
shahar
Kengashining
mol-mulki,
mahalliy
byudjetlarning mablag‗lari va byudjetdan tashqari jamg‗armalarning
mablag‗lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar
ahamiyatiga ega bo‗lgan muhandislik infratuzilmasi obyektlari va
boshqa obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta‘limi, sog‗liqni
saqlash, ijtimoiy ta‘minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat,
tuman, shahar mablag‗lari hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan,
shuningdek, ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud
xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan
bepul berilgan qimmatli qog‗ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman,
shahar mulki bo‗lishi mumkin‖
50
.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, O‗zbekiston Respublikasining
amaldagi ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi qonuni 1993-yil 2-
sentabrda qabul qilingan bo‗lib, mahalliy davlat hokimiyati organlari
faoliyatida yuzaga keladigan dolzarb muammolarni hal qilishda ijobiy
rol o‗ynadi. Shu bilan birga ushbu qonun qabul qilingan davrdan beri
markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining ham
normativ-huquqiy, ham tashkiliy-amaliy jihatlari tubdan o‗zgartirildi va
qayta tashkil etildi. Shu sababli, ushbu qonunga bir qator o‗zgartirishlar
va qo‗shimchalar kiritish va uni takomillashtirish zarurati yuzaga keldi.
Yangi qonun loyihasining asosiy maqsadi mahalliy davlat hokimiyati
organlari vakolatlarini O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
boshqa qonunlariga mos ravishda muvofiqlashtirishdan iborat. Umuman
olganda qonun loyihasida quyidagi yo‗nalishlarda o‗zgartirish va
qo‗shimchalar kiritilishi ko‗zda tutilgan:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari va
vakolatlari;
Toshkent shahri va viloyat hokimlarining aholi tomonidan
saylanishi tizimi;
mahalliy
davlat
hokimiyati
organlarining
moliyaviy
imkoniyatlarini kengaytirish;
hokimlarning aholi oldida hisobdorligi va hokimlarning faoliyatini
baholash;
xalq deputatlari tomonidan hokim, prokuror, sud raislari, ichki
50
―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi qonunning 8-moddasi (O‗zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
avgustdagi O‗RQ-439-sonli
qonuni
tahririda - O‗R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)
ishlar organlari rahbarlarining hisobotlarining eshitilishi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining iqtisodiy
asoslari, jumladan, hududning rivojlanish strategiyasi, mahalliy byudjet,
fiskal nomarkazlashtirish mexanizmlarini joriy etish;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa davlat organlari
(O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasi,
davlat boshqaruvi organlari, o‗zini-o‗zi boshqarish organlari, nodavlat
notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari) bilan
o‗zaro munosabatlari.
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 4-
bob, 27-moddasi bilan Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i
Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va
shaharlar
Kengashlarining,
28-moddasi
bilan
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar,
tumanlar va shaharlar hokimlarining, 30-moddasi bilan esa hududiy
moliya organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari belgilab qo‗yilgan.
Kodeksning
tegishli
moddasiga
ko‗ra
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent
shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari
51
:
- Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar
byudjetlarini tegishincha Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar
hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‗rib chiqadi va qabul qiladi;
- Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining
tegishli davrdagi ijrosi to‗g‗risidagi hisobotlarni tegishincha
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga
muvofiq har chorakda ko‗rib chiqadi va tasdiqlaydi;
- mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning stavkalarini
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.
Byudjet Kodeksining tegishli bob va moddalarida hududiy moliya
51
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 27-modda. O‗RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda
organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari (30-modda), mahalliy
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet
tizimi bo‗g‗inlari o‗rtasida taqsimlash tartiblari belgilab berilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyunda
―Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati
organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risidaˮgi
PF-5075-son farmoni qabul qilindi
.
Farmonga asosan aholining real
daromadlari, turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida hududlarni
kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirilishini ta‘minlash,
markaz byudjetiga qaramlikni keskin kamaytirish, byudjetlararo
munosabatlarni tubdan isloh qilish orqali mahalliy byudjetlar
mablag‗larini boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining
mustaqil ish olib borishini kuchaytirish mamlakat byudjet siyosatining
asosiy
vazifalari
etib
belgilandi.
O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi 2017-yil 7-fevraldagi PF-
4947-son va ―Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat
hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son farmonlarini ijro etish
yuzasidan, shuningdek, mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini
kengaytirish va yangi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun
qo‗shimcha mablag‗larni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi
―Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini
aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2017-yil 29-
iyunda 445-son qarori qabul qilindi.
Qaror asosida moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari,
shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‗zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarni ko‗paytirishga va soliq
solinadigan
bazani
kengaytirishga
yo‗naltirilgan
ishlarini
takomillashtirish borasidagi faoliyatini tartibga solish va o‗zaro
hamkorlik qilish tartibi to‗g‗risidagi Vaqtinchalik nizom qabul qilindi.
Vaqtinchalik nizom doirasida Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi Raisining, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlarining
birinchi o‗rinbosarlari davlat soliq xizmati, moliya organlari va boshqa
tegishli mahalliy organlar hamda tijorat banklari bilan birgalikda har bir
tuman (shahar)ning o‗ziga xos xususiyati va salohiyatidan kelib chiqqan
holda qo‗shimcha manbalarni izlash va shu asosda mahalliy byudjet
daromadlari bazasini kengaytirish yo‗li bilan O‗zbekiston Respublikasi
Davlat byudjeti daromadlari parametrlarini so‗zsiz bajarish bo‗yicha
faoliyat muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishi ko‗zda tutildi. Bu
borada qabul qilingan keyingi me‘yoriy-huquqiy hujjat O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrda PF-5283-sonli
―Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini
oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‗liqligini ta‘minlash
bo‗yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmoni mahalliy byudjetlar
darajasida soliq-byudjet siyosatining ustuvor vazifalarini belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |