6.3. O„zbekiston Respublikasida byudjetdan tashqari
jamg„armalarni rivojlantirish
Respublikada bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayoni juda
salbiy sharoitda boshlandi (inqiroz iqtisodiyotning deyarli barcha soha
va tarmoqlariga kuchli ta‘sir ko‗rsatdi, aholining turmush darajasiga
pasaydi) va moliyaviy resurslar cheklanganligi bilan murakkab tus olgan
edi. Shunga bog‗liq ravishda davlat tomonidan O‗zbekistonda iqtisodiy
va ijtimoiy sohalarni barqarorlashtirish bo‗yicha eng muhim vazifalar
bajarilishini ta‘minlash uchun maqsadli byudjetdan tashqari
jamg‗armalar tuzila boshlandi.
O‗zbekistonda 1992-yilda aniq pirovard vazifalarni hal etish uchun
oltita byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‗armalari tashkil etildi:
• Bandlikka ko‗maklashish jamg‗armasi – ish bilan band ishchi
kuchlarining ishdan bo‗shatilishi va ishsizlikning o‗sishi bilan bog‗liq
muammolarni hal qilish uchun;
• Mineral resurslarni tiklash jamg‗armasi – o‗z mineral-xomashyo
bazasini rivojlantirish uchun;
• Respublika yo‗l jamg‗armasi – O‗zbekiston hududida
avtotransport
kommunikatsiyalarini
saqlash
va
rivojlantirish
muammolarini hal qilish uchun;
• O‗zbekiston davlat jamg‗armasi – makroiqtisodiy masalalarni hal
qilish uchun;
• Ijtimoiy sug‗urta jamg‗armasi – ijtimoiy ta‘minot va ijtimoiy
sug‗urta uchun;
• Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamg‗armasi –
242
mehnat qiluvchilarning huquqlarini himoyalash masalalarini hal qilish
uchun.
1995-yildan
buyon
byudjetdan
tashqari
davlat
maqsadli
jamg‗armalari
mablag‗laridan
maqsadga
yo‗naltirilgan
tarzda
foydalanish davom etilgan holda ularning mablag‗lari davlat byudjetida
konsolidatsiyalanadi. Ushbu chora davlatning fiskal organlari nazorati
ostida barcha davlat mablag‗larini konsolidatsiyalash imkonini beradi.
1998-yilda
mablag‗lari
davlat
byudjetining
―Maqsadli
jamg‗armalar xarajatlari‖ va ―Maqsadli jamg‗armalar daromadlari‖
nomli maxsus bo‗limlarida aks ettirilgan holda davlat byudjetida
konsolidatsiyalanadigan byudjetdan tashqari jamg‗armalarning soni
to‗rttagacha kamaydi. O‗zbekiston Respublikasining 2013-yil 25-
dekabrdagi ―Byudjet kodeksini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi qonuni bilan
ularga davlat byudjeti tarkibida konsolidatsiyalanadigan davlat maqsadli
jamg‗armalari maqomi berilib, ular quyidagilardir:
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika
yo‗l jamg‗armasi;
• O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat
qo‗mitasining maxsus hisob raqamlari;
• Bandlikka ko‗maklashish davlat jamg‗armasi;
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari pensiya jamg‗armasi.
Ularning har biri uchun mablag‗lar manbalari, har bir manbadan
mablag‗lar kelib tushish me‘yorlari va shartlari, shuningdek, ushbu
mablag‗lardan foydalanish maqsadlari qonunchilik tomonidan belgilab
qo‗yilgan.
Davlat maqsadli jamg‗armalari – ayrim davlat xarajatlarini
moliyalashtirish uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil
etilgan va mablag‗lar tushumi hamda ulardan maqsadli foydalanish
ustidan yanada to‗liq davlat nazoratini ta‘minlash uchun mamlakatning
byudjet tizimi tarkibida konsolidatsiyalanadigan jamg‗armalardir
82
.
82
Сирожиддинова З.Х. Бюджетная система Республики Узбекистан. Учебник. - Т. ―infoCom‖, 2010. -С.344.
243
Davlat maqsadli jamg‗armalarini tashkil etish, mablag‗larini
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi
83
. Operativ boshqaruv
tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo‗lgan maxsus ma‘muriy apparat
tomonidan amalga oshiriladi.
O‗zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga binoan bugungi
kunda alohidaligi va maqsadga yo‗naltirilganligi saqlangan holda davlat
byudjetida quyidagi byudjet va byudjetdan tashqari davlat maqsadli
jamg‗armalari mablag‗lari jamlanadi:
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‗armasi fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti,
ijtimoiy nafaqa, kompensatsiya va boshqa to‗lovlarni to‗lash bo‗yicha
xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‗naltiriladigan majburiy to‗lovlar,
badallar va boshqa manbalardan kelib tushayotgan pul mablag‗larini
jamg‗aradi. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasining yuqori boshqaruv organi
Jamg‗arma kuzatuv kengashi hisoblanadi.
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika
yo‗l jamg‗armasi majburiy to‗lovlar va boshqa manbalardan kelib
tushayotgan pul mablag‗larini jamg‗arib, keyin ularni umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo‗llari tarmoqlarini rivojlantirish va
takomillashtirish dasturlarini (loyihalari) va yo‗llarning tegishli texnik
holati va o‗tkazuvchanlik qobiliyatini saqlashga yo‗naltirilgan
tadbirlarni moliyalashtirishda foydalanadi. O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‗l jamg‗armasining yuqori
boshqaruv organi Jamg‗arma Kengashi hisoblanadi.
• Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‗lar
jamg‗armasi belgilangan tartibda taqsimlanadigan davlat mulkini
xususiylashtirishdan tushgan mablag‗larni jamg‗aradi.
• O‗zbekiston Respublikasi bandlikka ko‗maklashish davlat
jamg‗armasi bandlik va aholini ijtimoiy himoyalash sohasida xarajatlar
83
Ўзбекистон Республикасининг Бюджет кодекси, 26.12.2013 й. № ЎРҚ-360, 25-модда.
244
moliyalashtirilishini ta‘minlash uchun yagona ijtimoiy to‗lovdan
ajratmalar va boshqa manbalardan mablag‗larni jamg‗aradi.
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari ta‘lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini
rivojlantirish jamg‗armasi majburiy to‗lovlar va boshqa manbalardan
maktabgacha ta‘lim muassasalarini, umumta‘lim maktablari, kasb-hunar
kollejlarini, akademik litseylarni, bolalar musiqa va san‘at maktablarini,
oliy ta‘lim, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, shuningdek, tibbiyot
muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta‘mirlash va
jihozlash (qayta jihozlash) ishlarini moliyalashtirish, sog‗liqni saqlash
muassasalarini eng yangi laboratoriya, tashxis qo‗yish va davolash asbob
-uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar,
maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlash hamda tizimli ravishda qayta
jihozlashni moliyalashtirish, belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa
maqsadlar uchun foydalanishga yo‗naltiriladigan mablag‗larni
jamg‗aradi. Ushbu jamg‗armaning oliy boshqaruv organi Jamg‗arma
boshqaruv kengashi hisoblanadi.
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
sug‗oriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash jamg‗armasi sug‗oriladigan
yerlarni meliorativ yaxshilash bo‗yicha dasturlarni (loyihalarni) va
melioratsiya obyektlarining tegishli texnik holatini ta‘minlash,
shuningdek, melioratsiya texnikasini xarid qilish bo‗yicha choralarni
moliyalashtirishga yo‗naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni
jamg‗aradi. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
sug‗oriladigan
yerlarning
meliorativ
holatini
yaxshilash
jamg‗armasining oliy organi Jamg‗arma Kengashi sanaladi.
• O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi oliy ta‘lim
muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‗armasi oliy
ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash va
mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash bo‗yicha chora-tadbirlarni
moliyalashtirish uchun yo‗naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni
jamg‗aradi. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi oliy
ta‘lim
muassasalarining
moddiy-texnik
bazasini
rivojlantirish
245
jamg‗armasi mablag‗larini boshqarish vakolatli organ tomonidan amalga
oshiriladi
84
.
Do'stlaringiz bilan baham: |