I-BOB. KOMPYUTERNING ARXITEKTURASI
1.1. Zamonaviy kompyuterlarning asosiy turlari
Kompyuter (elektron hisoblash mashinasi) – hisoblash va axborot masalalarini yechish jarayonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mо‘ljallangan texnik vositalarining tо‘plami.
Kompyuterlar qator belgilar bо‘yicha guruhlarga ajratilishi mumkin, xususan:
ishlash tamoyili;
element asosi;
vazifasi;
о‘lchami va hisoblash quvvati va hokazo.
Ishlash tamoyili bо‘yicha kompyuterlarni (hisoblash mashinalarini) katta uchta guruhga ajratiladi (1.1-rasm): analogli (uzliksiz), raqamli va aralash (gibrid).
Do'stlaringiz bilan baham: |