balanslanmagan normal javob rejimi (NRM). Bunda faqatgina bitta asosiy stansiya orqali hamma ma’lumot almashinishlari amalga oshiriladi;
asinxron balanslangan rejimi (ABM). Bu rejimda har bir tugun teng maqomga ega bo‘ladi vaasosiy yoki ikkilamchi tugun sifatida harakat qilishi mumkin.
Tuzilma (Frame) formati.Standart formatlar 13.1-rasmda ko‘rsatilgan. Tuzilmada qo‘llaniladigan 3 ta turli sinflar quyidagilardir:
raqamlanmagan tuzilmalar (Freym): Bog‘lanish yoki ulanishlarni o‘rnatish va NRM yoki ABM lar qo‘llanilgan yoki yo‘qligini aniqlashda qo‘llaniladi. Ular raqamlanmagan tuzilmalar deb nomlanadi chunki sanoq sonlar qo‘llanilmagan;
ma’lumot tuzilmalar (Freym): Bir tugundan boshqasiga joriy ma’lumotni yuborish uchun qo‘llaniladi;
nazorat tuzilmalar (Freym): Oqimni nazorat qilish va xatoliklarni nazorat qilish maqsadlarida qo‘llaniladi. Ular ikkilamchi stansiyalari ma’lumot tuzilmalarini qabul qilishga tayyor ekanligini ko‘rsatib beradi, hamda tuzilmani tasdiqlash uchun qo‘llanilgan. Ikki turdagi hatolikni nazorat qilish turi mavjud bo‘lib: Xatolik tufayli qayta translatsiya qiluvchi, yoki avvalgi signal raqamini so‘rovchi.
13.1-rasm. Standart formatlar tizilishi.
Freym signal tarkibi. Signal tarkibi quydagicha:
Signal berish (belgisi) (flag character) 01111110 qiymatda uzatiladi. Qabul qiluvchining olgan signali har doim boshqa signallardan farqli ekanligini ta’minlash uchun; nol kiritish deb ataladigan amaliyotga joriy qilingan. Bu esa signal uzatuvchi matnda beshta ketma-ket 1 dan keyin 0 kiritishni talab qiladi, shuning uchun signal berish belgisi(flag character) xabar matnida hech qachon ko‘zga tashlanmaydi. Qabul qilgich qo‘shib qo‘yilgan nollarni olib tashlaydi.
Signalni nazorat qilish tartibi (FCS), CRC-CCITT metodologiyasidan foydalanadi, CRC hisob-kitoblari amalga oshirilishidan avval o‘n olti “1” lar xabarning ikkinchi qismiga joylanadi va qolgan qismi teskari tarzga o‘giriladi.
Manzil signali ikkilamchi tugun so‘rov yoki javob xabarlari uchun uch turdagi manzildan birini o‘z ichiga olishi mumkin:
standart ikkinchi darajali manzil.
tarmoqdagi tugun guruhlari uchun guruh manzillari.
tarmoqdagi barcha tugunlar uchun efir manzili (bu yerda barcha 1 lar mavjud).
Tarmoqda ko‘p sonli ikkilamchilar mavjud bo‘lsa, eng muhimlilik darajasi eng past hisoblangan bit qiymati ‘1’ bo‘lganda manzil maydoni sakkiz bitdan oshib ketishi mumkin, bu holat adres sohasida yana bir bayt borligini ko‘rsatadi.
Nazorat sohasi 13.1-rasmda keltirilgan.
Eslatma:Yuborish va qabul qilish tartibi raqamlari xabarlardan xatolarni aniqlash va tuzatish uchun muhim ahamiyatga ega. P/F bu so‘rov/yakun biti bo‘lib, bu bit ‘1’ bo‘lganida qabul qilgichga javob berish yoki tasdiqlashi (yana P/F bit ini ‘1’ ga tenglash orqali) kerakligini ko‘rsatayotgan bo‘ladi.