Demak, banklaming aktiv operatsiyalari daromad keltirish
darajasiga qarab:
1. Daromad keltiradigan (kredit va investitsiyalar) aktivlar.
2. Daromad keltirmaydigan (erkin zaxiralar, moddiy) aktivlarga
bo‘linadi.
Aktivlar Markaziy bankning 2000-yil 26-apreldagi 420 - sonli
yo‘riqnomasiga asosan riskka tortilgan darajasiga qarab to‘rtta guruhga
bo‘linadi.
1. Birinchi guruhga - riskdan ozod boigan aktivlar - 0.
2. Ikkinchi guruhga -minimal risk darajasiga ega aktivlar - 20.
3. Uchinchi guruhga - o‘rta risk darajasiga ega aktivlar - 50.
4. To‘rtinchi guruhga - yuqori riskli aktivlar - 100.
Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-sentabrda
tasdiqlangan 242 - sonli «Tijorat banklari
va ulaming filiallari
tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ssudalar bo‘yicha yuzaga kelishi
mumkin boigan yo‘qotishlar o‘mini qoplash uchun tashkil etiladigan
zaxirani shakllantirish va undan foydalanish»
tartibiga asosan bank
kreditlari yaxshi kreditlar, standart kreditlar, substandart kreditlar,
shubhali kreditlar va umidsiz kreditlar sifatida tasniflanadi.
Bank kreditlarini tasniflashdan
asosiy maqsad ulami to iiq
qaytarishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlami amalga oshirishga
qaratiladi. Bank kreditlari «Yaxshi» deb tasniflanganda ularda
qaytarilmasligi alomatlari boimaydi, shu bois ushbu kreditlar bo‘yicha
tegishli zaxiralar ajratilmaydi. Foizlar muddati o‘tgan ssudalar «Yaxshi»
deb tasniflanishi mumkin emas.
Kreditlar «Standart» sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha
qaytarilmagan kredit summasining 10 foizi
miqdorida zaxiralar tuzishi
shart.
«Substandart» sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy
qarzning toianmagan summasining 25 foiziga teng boigan zaxiralami
shakllantirishi lozim.
«Shubhali» deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarz
toianmagan siunmasining 50 foizi miqdorida
zaxirani tashkil etishi
shart.
Bank tomonidan
berilgan
kreditlar
kamida
180
kunga
kechiktirilganda bular «umidsiz» deb tasniflanadi. Umidsiz deb
tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning toianmagan
summasining 100 foizi miqdorida zaxiralar у aratishi kerak.
228
Bank
aktivlari likvidli, ya’ni tez naqd mablag‘ga aylantirish
imkoniyati boiishi kerak. Bank aktivlari likvidlilik nuqtayi nazaridan
quyidagilarga boiinadi:
1.
Yuqori likvidli aktivlar -
bevosita pul ko‘rinishidagi
mablagiar boiib, ushbu aktivlar istalgan
paytda bank maburiyatini
bajarishga yo‘naltirilishi mumkin.
2.
Qisqa muddatli likvidli aktivlar - qisqa muddatli kreditlar va
ikkilamchi bozorga ega boimagan qimmatli qog‘ozlar.
3.
Qiyin realizatsiya qilinadigan aktivlar - o‘rta va uzoq
muddatli kreditlar, ikkilamchi bozorga
ega boimagan qimmatli
qog‘ozlar, pay ulushlari va boshqalar.
4.
Past likvidli aktivlar - bankning asosiy vositalariga
yo‘naltirilgan m ablagiar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, banklaming aktiv operatsiyalari ulaming
foydasini shakllantirishga xizmat
qilish bilan birga, ma’lum darajadagi
risklami vujudga kelishiga sabab boiadi. Banklar aktiv operatsiyalami
bajarishda asosiy e’tibomi mavjud risklaming darajasini pasaytirish
orqali balansning likvidligini ta’minlashga qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: