A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


Buyuk Britaniya pul tizimi



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

8.2. Buyuk Britaniya pul tizimi
Markazlashgan mamlakat vujudga kelgunga qadar Britaniya 
orollarida DC - X asrlarda funt sterling ayirboshlash vositasi sifatida 
foydalanib kelingan. Funt sterlingni dastlabki nomi uning ogirligi 
tarkibidan paydo boigan.
Bir funt kumushdan 240 pens zarb qilingan. Ular «sterlik» deb 
nomlangan. XIV asming o‘rtalarida muomalada oltin tangalar paydo 
boidi, mamlakatda bir necha asr davomida bimetallizm hukm surgan. 
Angliya boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha ilgari oltin standartiga 
o‘tdi. Angliyada oltin standarti amalda XVIII asming oxiri, huquqiy 
jihatdan 1866-yildan boshlab joriy etildi.
Birinchi jahon urushiga qadar Angliyada pul muomalasi Robert 
Pilya qonuni asosida tartibga solindi, unga ko‘ra barcha banknotlar 100 
foiz oltin bilan ta’minlanishi shart edi.
Birinchi jahon urushi mamlakat pul muomalasini keskin izdan 
chiqardi. 1914-yilda banknotlami oltinga almashtirish jarayoni bekor 
qilingandan so‘ng, hukumat harbiy xarajatlami qoplash uchun juda 
katta miqdorda emissiyani amalga oshirdi. Muomaladagi pul massasi 
1913 - 1918-yillarda 35 mln. funt sterlingdan 399 mln.ga, 1920-yilda 
esa 555 mln. funt sterlingga chiqdi.
Hukumat pul muomalasini barqarorligini ta’minlash maqsadida 
«qimmat pullar» siyosatini qoilab 1920-yilda deflyatsiyani amalga 
oshirdi. Bu mamlakatdagi moliyaviy oligarxlaming manfaatiga mos 
tushdi, ular xorijiy mamlakatlarga juda katta miqdorda kapital 
qo‘yilmalarini amalga oshirgan boiib, funt sterlingning sotib olish 
qobiliyatini yuqoriligidan manfaatdor edilar.
150


Angliyada 1925 - 1928-yillarda pul islohoti o‘tkazildi. Islohotlar 
1925-yil aprelda boshlanib, uning natijasida urushdan oldingi kabi, 
Angliya banknotlarini oltinga almashtirish tiklandi.
Angliya Banki funt sterlingining kursini barqarorligini ta’minlash 
maqsadida 
hisob 
stavkasining 
darajasini 
oshirdi, 
bu 
sanoat 
korxonalarining «arzon pullar»ga ehtiyojini cheklashga olib keldi.
1929 - 1933-yillarda ro‘y bergan jahon iqtisodiy inqrozi 
Angliyaning 
tashqi 
bozorlaridagi 
mavqeini 
ancha 
pasaytirdi, 
mamlakatdan juda katta hajmda kapitallar chiqib keta boshladi. 1931-yil 
21-sentabrda funt sterlingni oltinga ayriboshlanishi bekor qilindi va 
devalvatsiya qilindi.
Angliya Banki tasarrufidagi oltin zaxiralari 1932-yilda davlat 
g‘aznachilik qoshida tashkil etilgan Valutani barqarorlashtirish fondi 
tasarrufiga o ‘tdi. Angliya tashqi bozorlaridagi funt sterlingning kursini 
tushirish orqali Yaponiya va AQSH mamlakatlari bilan faol «valuta 
urushi»ga kirib bordi. Natijada ushbu «valuta urushi» mamlakat milliy 
iqtisodiyoti va pul muomalasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
1939-yildan 1945-yilgacha muomaladagi pul massasining hajmi 
2,5 martaga oshdi, tovar va xizmatlar baxosi 75 foizga ko‘tarildi. 
Shunga 
qaramasdan. 
Angliyada 
inflatsiya 
darajasi 
boshqa 
mamlakatlarga nisbatan, AQSHdan tashqari, anchagina past edi.
Buning quyidagi 3 ta sababi mavjud edi. Birinchidan, Angliyada 
harbiy xarajatlami qoplash uchun soliqniing ulushi juda yuqori edi; 
ikkinchidan, Angliyaning tashqi moliyaviy manbalarining mavjudligi, 
asosan Angliya kaloniyasida bo‘lgan davlatlar hisobidan. Uchinchidan, 
baholar ustidan davlat nazoratining yuqoriligi. Xususan, xomashyo, 
yoqilgi va oziq - ovqat mahsulotlari bahosi davlat tomonidan nazorat 
ostiga olingan edi.
Funt sterlingning ikkinchi jahon urushidan keyingi 30,5 foizga 
devalvatsiyasi 1949-yil sentabr oyida amalga oshirildi, funt sterlingning 
oltin bilan ta’minlanish darajasi 3,58 grammdan 2,8 gramm toza oltinga 
tenglashtirildi, bir funt sterling 4,03 dollardan 2,80 dollarga 
arzonlashtirildi. Funt sterlingning xalqaro miqyosdagi mavqeyini tiklash 
uchun amalga oshirilgan ushbu chora - tadbirlar tegishli natijani 
bermadi, funt sterlingning joriy operatsiyalar bo‘yicha dollarga nisbatan 
obro‘yi pasaydi. Mamlakat oltin zaxiralari hajmi birdan kamayib ketdi, 
tashqi savdo balansi taqchilligi ortdi, funt sterlingga bo‘lgan ishonchga 
darz ketdi va 1947 - 1948-yillarda inflatsiya darajasi ortib ketdi.
151


Angliya funt sterlingini devalvatsiya qilinishi uning sotib olish 
qobiliyatiga moijallangan darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatmadi. Natijada, 
1952,1955,1958,1960- 1961,1964- 1965-yillarda mamlakatda valuta 
inqirozlari ro‘y berdi.
1967-yilda funt sterling 14,3 foizga devalvatsiya qilindi, uning 
oltin bilan ta’minlanishi darajasi 2,13g pasaytirildi, dollaming kursi 2,40 
dollami tashkil etdi.
1972-yilda Angliyada ro‘y bergan qisqa muddatli iqtisodiy 
ko‘tarilish tashqi savdoda yirik taqchillikni vujudga kelishiga, 
mamlakatda xorijiy kapitalni chiqib ketishiga va funt sterlingni kuchli 
inqirozga uchrashiga sabab bo‘ldi.
Angliya funt sterlingini barqarorligini ta’minlash maqsadida ikki 
hafta ichida 5 mlrd. dollar sarflandi, Angliya hukumati 1972-yil 23- 
iyundan boshlab o‘z valutasiga nisbatan suzib yuruvchi kursni o‘matdi. 
Yil oxiriga kelib funt sterlingning kursi 1971-yil dekabriga nisbatan 10 
foiz, 1973-yil oxiriga 17 foiz, 1974-yilda 18 foiz, 1975-yilda 27 foiz, 
1976-yilda 40 foizga pasaydi.
Angliyada XVIII asrda yuz bergan sanoat revolyutsiyasi 
mamlakatni dunyodagi yirik jahon savdo markaziga aylantirdi, funt 
sterling xalqaro valuta sifatida tan olindi. Birinchi jahon urushi oldidan 
dunyo savdo aylanmasining 80 foiz funt sterlingda amalga oshirilar edi, 
keyinchalik mamlakat iqtisodiyotining zaiflashuvi natijasida uning 
xalqaro valuta va kredit munosabatlari bo‘yicha mavqeyini keskin 
pasaytirib yubordi.
Angliya 1931-yilda oltin standartini bekor qilgan boisada, bir 
guruh manfaatdor mamlakatlar savdo - iqtisodiy munosabatlarini saqlab 
qolish maqsadida funt sterlingni to io v va zaxira vositasi sifatida saqlab 
qolishga harakat qilishdi. Shu maqsadda, Angliyaning tashabbusi bilan 
1932-yilda «sterling bloki» tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushidan oldin 
blok tarkibidagi mamlakatlaming ko‘pchiligida bir xil shakldagi valuta 
nazorati tizimi joriy etildi, bunga ko‘ra uchinchi mamlakatlar bilan 
valuta operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha chegaralar joriy etildi, 
blok tarkibidagi mamlakatlar bilan valuta operatsiyalari bo‘yicha 
erkinliklar joriy qilindi.
Angliyaning iqtisodiy siquvi ostida xorijiy valuta va oltin «pul»da 
ishtirok etishiga rozilik berdi, yangi shakldagi sterling bloki «sterling 
hududi» tarzida yuritila boshlandi.
152


1960-yillardan boshlab sterling hududi iqtisodiy jihatdan inqirozga 
yuz tutdi, buning asosiy sabablaridan biri ular tomonidan ishlab 
chiqilgan tamoyillar amaliyotda o‘zining ifodasini topmadi.
Hozirgi kunda funt sterling xalqaro zaxira mavqeyini deyarli 
tugatdi, uning xalqaro savdo aylanmasidagi ulushi taxminan 5-6 % ni 
tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Buyuk Britaniyaning xalqaro dunyodagi 
mavqeyidan dalolat beradi. 60 - 70-yillarda Britaniya hukumati xalqaro 
markaziy banklardan zaxiralari tarkibidan funt sterlingning ulushini 
kamaytirishni so‘rab murojaat qilgan boisa, 1986-yillarga kelib bunday 
murojaatga umuman ehtiyoj qolmadi.

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish