A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


Investitsiyalarni har tomonlama



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

Investitsiyalarni har tomonlama 
kafolatlash 
agentttgi
(IXKA) 
rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g ‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalarni jalb 
etishni rag‘batlantirish maqsadida 1988-yilda tashkil etilgan. IXKA a’zo
- mamlakatlarga kiritilayotgan investitsiyalarni notijorat risklardan, 
ya’ni investitsiya mulklarini eksproporsiya qilish, siyosiy kataklizma, 
valuta konvertatsiyasini bekor qilish, hukumat qarori natijasida kontrakt 
shartnomalarini 
bajarilmaslik 
holatlarini 
kafolatlaydi. 
Odatda 
investitsiyalarni 15 yilga, ayrim hollarda 20 yil muddatgacha 
kafolatlaydi. Kafolatlangan investitsiyalar bo'yicha muammolar vujudga 
kelganda ulaming 90 foizi IXKA tomonidan qoplab beriladi. IXKA 
o‘zining kafolatlash faoliyatini milliy sug‘urta kompaniyalari bilan 
hamkorlikda tashkil etadi.
Investitsion munozaralami tartibga solish bo‘yicha xalqaro markazi 
(IMXM) 1966 yilda tashkil etilgan boiib, investitsion nizolami arbitraj 
yordamida, xalqaro huquq mexanizmlari asosida tartibga solish asosida 
xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashadi. Shu bois ham 
ko‘plab investitsiyalar haqidagi kelishuvlar shartida IXKAning arbitraj 
yordamida hal etishga havola qilinadi.
17.4. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
Fransiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran 1989-yilning 25- 
oktabrda Yevropa parlamentining yigilishida Yevropa tiklanish va 
taraqqiyot banki (YETB)ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. 
Shundan so‘ng 1990-yil 29-may da Parij dagi kelishuvga asosan YETB 
tasis etildi va bu kelishuv 1991-yil 28-martdan kuchga kirdi.
1991-yil 15-17-aprel kunlari bank boshqaruv kengashining birinchi 
yig‘ilishi bo iib o‘tdi va unda bank tasischilari boigan 40 ta mamlakat 
va 2 ta xalqaro tashkilot, ya’ni Yevropa Ittifoqi (YEI) va Yevropa 
investitsiya banki (YEIB) ishtirok etdi.
304


YETTB 
faoliyatining 
eng 
asosiy jihatlarini 
quyidagilarda 
ko‘rishimiz mumkin. 1991-yilning noyabrida YETBning Varshava 
vakolatxonasi ochildi va Estoniya, Latviya va Litva davlatlari bankga 
a’zoligi tasdiqlandi. Bugungi kunda YETBning aksiyadorlari 60 
mamlakat, YEI va YEIB xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. Umumiy 
imzolangan kapital - 1964 mlrd. yevro, to‘langan kapital - 5,2 mlrd. 
yevro.
YETTB ning faoliyat maqsadi va asosiy vazifasi bozor 
munosabatlarini rivojlantirish va jahon iqtisodiy integratsiyasini 
chuqurlashtirish uchun tashkil etish hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan 
YETBning 
asosiy 
vazifasi 
Markaziy 
va 
Sharqiy 
Yevropa 
mamlakatlarida, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida rejali 
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonlarini tezlashtirishdan 
iborat. 
Bugungi kunda YETB loyihalari Yevropa va Osiyoning 27 
davlatida amal qilmoqda. Boshqa xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli 
o‘laroq, bank nizomiga asosan loyiha amalga oshirilayotgan davlatlarda 
ko‘p partiyaviylik, plyuralizm va bozor iqtisodiyoti tamoyillari amal 
qilishi shart.
YETTB ning investitsiya loyihalari orqali:
1. Sanoatda tarkibiy islohotlar o‘tkazish.
2. Raqobat, xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish.
3. Moliyaviy 
tashkilotlar 
faoliyati 
va 
huquqiy 
tizimni 
barqarorlashtirish.
4. Xususiy sektomi rivoji uchun infrastrukturani qollab- 
quvvatlash.
5. Korporativ boshqaruv tizimini tatbiq etish, shu jumladan, 
tabiatni muhofaza qilish masalalari moliyalashtiriladi.
YETTB ning tarkibiy tuzilishi va faoliyati ustidan boshqaruv 
kengashi, direktorlar kengashi va bank prezidenti nazorat olib boradi. 
Boshqaruv kengashi YETB ning yuqori organi bo‘lib, bankning har bir 
a’zosidan ikkitadan shaxsni boshqaruvchi va uning muovinini o‘z ichiga 
oladi. YETB ga a’zo mamlakatlar xohishiga qarab, bu shaxslar istalgan 
vaqtda o‘zgartirilishi mumkin.
Direktorlar kengashining 23 a’zosi boiib, uning ikkitasi YEI va 
YEIB tomonidan; 6 ta direktor AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, 
Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar 
saylash bir xil davlatlarga to'g'ri keladi: 4 tasi donor mamlakatlar, 5 tasi 
istisno tariqasida loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatlar tomonidan
305


va 6 tasi donor va loyiha amalga oshirilayotgan davlatlar kelishuviga 
ko‘ra saylanadi. YETBni yig‘ilishlarida ovoz berish tartibi aksiyalar 
ulushiga qarab belgilanadi.
YETTB ustav kapitali tarkibida El va EIBning kvotalari 51 % ni, 
Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatiariniki - 13%, boshqa Yevropa 
mamlakatlariniki - 11% , boshqa a’zo mamlakatlar hissasiga - 24 % 
kvota to‘g‘ri keladi. Bankning kapitali tarkibida eng yuqori ulush AQSH 
(10%), Italiya, FRG, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya (8,5 % 
dan) mamlakatlari hissasiga to‘g ‘ri keladi.
Quyidagi rasmda YETBning 2004 - 2008-yillarda investitsion 
loyihalami moliyalashtirish bo‘yicha ajratgan mablag‘lari haqidagi 
ma’lumotlar keltirilgan._______________________________
2004 
M B 
200$ 
ze ff!
2 №
YETTBning 2004 - 2008 yillarda investitsion loyihalami 
moliyalashtirish bo'yicha ajratgan mablagiari va dinamikasi, loyihalar 
semi donada, kreditlar miqdori mln. yevroda.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, bank tomonidan moliyalashtirilgan 
investitsion loyihalar soni 2008-yilda 2007-yilga nisbatan 51 taga, 
kreditlar hajmi qariyb 1000 mln. yevroga kamaygan. Buning asosiy 
sababi, 2008-yilda AQSHda yuz bergan jahon moliyaviy - iqtisodiy 
inqirozidir.
YETTBning kredit siyosafiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, asosan 
a’zo - mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek 
hamkorlikda sindikat kreditlarini berish, korxonalaming ustav kapitaliga 
investitsiyalar kiritish, qimmatli qog'ozlami joylashtirishni kafolatlash, 
mamlakat infrstrukturasini rivojlantirish va eksport - import 
operatsiyalari bo'yicha dasturlami qo‘Ilab - quvvadash masalalari 
alohida o‘rin tutadi.
306


Xalqaro mintaqaviy banklari hisoblangan Amerikalararo taraqqiyot 
banki (ATB)ning, Afrika taraqqiyot banki (AFTB) va Osiyo taraqqiyot 
bdnki (OTB) 1960 yillarda tashkil topgan boiib, ulaming tashkil 
topishiga qator ijtimoiy - iqtisodiy sabablar mavjud. Xususan:
1) o‘sha yillari ko‘pchilik mamlakatlarda mustamlakachilik 
tuzumining ag‘darilishi natijasida siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritilishi, 
rivojlanayotgan mamlakatlami jahon rivojidagi mavqeyini ko‘tarish va 
yangi iqtisodiy tuzumni joriy etishga boigan zaruriyatmng kuchayib 
borishi;
2) XVJ va Jahon banki e’tiboridan chetda qolayotgan xalqaro 
mintaqaviy ijtimoiy - iqtisodiy masalalami hal etish;
3) hududiy mintaqalar iqtisodiyotihi kreditlash uehm ichki 
moliyaviy resurslardan, shuningdek tashqi manbalardan samarah 
foydalanish mexanizmini yaratish;
4) rivojlanayotgan mamlakatlarda mintaqaviy hamkorlikni y o lg a 
qo‘yish 
va 
rivojlantirish, 
shuningdek 
iqtisodiy 
aloqalami 
mustahkamlash.
Quyidagi jadvalda nomlari keltirilgan bankiar o‘rtasidagi asosiy 
farq ulaming ijtimoiy - iqtisodiy, madaniyat va marifiy dar^alarining 
turlicha ekanligi, shu bilan birga ulaming geografik joylashuvi va 
aholining etnik qatlami bo‘yicha ham farq qiladi.
Shu bilan birga, barcha banklaming a’zo mamlakatlari 1/3 qismi 
rivojlangan mamlakatlar hisoblanadi. Ovoz berish huquqiniog yuqoriligi 
tufayli XaTBning har qanday qarori AQSH, OTBning qarori Yaponiya 
va AQSH tomonidan bekor qilinishi mumkm.
Quyidagi jadvalda uchta mintaqaviy bank haqida ayrim 
maiumotlar keltirilgan.
AFTB tashkil topgan paytda unga a’zo mamlakat sifatida faqat 
Aftika qitasidagi mamlakatlar kirishi belgilab qo‘yilgan edi. Biroq, 
keyinchalik bankning moliyaviy resurslari bazasini shakllantirishda 
muammolar vujudga kelganligi sababli rivojlangan mamlakatlami a’zo 
bolishiga ruxfiat berildi.
Xalqaro valuta va kredit tashkilotlari ichida 

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish