A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

12.4.2. Kredit- ijara (lizing)
Iqtisodiy nuqtayi nazardan, 
kredit - ijara (lizing)
 
murakkab savdo
- moliya - kredit operatsiyalarining bir shakli hisoblanadi. Kredit -
ijaraning asosiy xususiyatlari sifatida lizing muddati davomida ijaraga 
berilgan vositalarga nisbatan egalik huquqini saqlab qolishdir. Uning 
asosiy shakllaridan biri mashina va jihozlami ijaraga berish, asosiy 
usullaridan biri investitsiyalami moliyalashtirish va ta’minotni 
faollashtirish hisoblanadi.
230


Kredit - ijara (lizing) operatsiyasida, odatda, uch tomon ishtirok
etadi:
1. Ishlab chiqaruvchi (tovar sotuvchi), boiajak lizing beruvchiga 
tegishli mashina va jihozlami sotuvchi yuridik shaxs.
2. Lizing beruvchi, tovar sotuvchidan mashina va jihozlajni sotib 
oluvchi, mulkning egasi sifatida lizing shartnomasiga asosan ma’lum 
muddatga va to‘lov evaziga mashina va jihozlami lizing oluvchiga 
beruvchi. Odatda, lizing beruvchi sifatida yetarli darajada moliyaviy 
mablag‘ga ega boigan banklar, ixtisoslashgan lizing kompaniyalari, 
korxonalar may donga chiqadi.
3. Lizing oluvchi, lizing shartnomasiga m aium muddat va 
toiovga asosan mashina va jihozlami oluvchi shaxs.
Odatda, lizing oluvchi sifatida asosan yuridik shaxslar maydonga 
chiqadi. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida tuzilgan 
shartnomaga ko‘ra, lizingga olingan mashina va jihozlaming shartnoma 
muddati tugagandan so‘ng lizing beruvchiga qaytariladi yoki lizing 
oluvchining ixtiyorida qoladi. Lizing o‘ziga xos boigan shartnoma 
hisoblanadi, unda ijara elementlari va kredit elementlari mujas- 
samlashadi. Shu bois, lizing so‘zi «kredit - ijara» tarzida talqin etiladi.
Lizing iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, kredit munosabatlariga xos 
boiib, kreditning iqtisodiy mohiyati va elementlarini o‘zida aks 
ettirsada, kredit sifatida to iiq e’tirof etilmaydi. Chunki, kreditor va 
qarzdor kapital sifatida pul mablagi bilan emas, balki ishlab chiqaruvchi 
jihozlar vositasida o‘zaro munosabatga kirishadi. Shu bilan birga, lizing 
kredit hisoblanib, unda kreditning barcha tamoyillari o‘z aksini topadi, 
shu jihatdan, lizing qiymat shaklidagi kredit ko‘rinishida emas, balki 
tovar shaklidagi kredit sifatida namoyon boiadi.
Iqtisodiyotda lizingning qator ijobiy jihatlari mavjud boiib, 
ulaming asosiylari sifatida quyidagilami keltirish mumkin:
-
lizing oluvchi korxona va tashkilotlarda mashina va jihozlami 
sotib olish uchun zarur boigan moliyaviy mablagiar yetishmovchiligi 
yoki mavjud emasligi bilan bogiiq muammolami bartaraf etishga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘z faoliyatini yangidan boshlayotgan kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qimmat va zamonaviy 
mashina va jihozlami sotib olish bilan bogiiq muammolami yechishga 
yordam beradi. Bu iqtisodiyotda ishlab chiqarishni tashkil etishga va 
boshqa qator ijtimoiy - iqtisodiy ziddiyatlami oldini olishda muhim rol 
o‘ynaydi;
231


- ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan mashina va 
jihozlami sotish bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishi natijasida 
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi;
- lizing beruvchining ixtiyoridagi pul mablag‘lari samarali 
manbalarga joylashtiriladi va buning natijasida ma’lum darajada foyda 
olish imkoniyati vujudga keladi.

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish