7.4. Pulning miqdoriy nazariyasi
Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho
darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul
nazariyasining asoschisi fransuz iqtisodchisi J.Boden (1530 - 1596)
hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D. Yum
(1711 - 1776) va Dj. Mil (1773 - 1836), shuningdek, fransuz SH.
Monteske (1689 - 1755) rivojlantirdi.
D.Yum Angliyaga XVI - XVII asrlarda Amerikadan
katta
hajmda nodir metallaming kiritilishi natijasida baholami ortib ketishini
kuzatib: «pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi» degan ta’limotini
ilgari suradi.
Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni faqat to‘lov
vositasi sifatidagi vazifasiga e’tibor qaratadi, ulaming fikricha, pul va
tovar ayirboshlash jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati
aniqlanadi degan noto‘g‘ri g‘oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ulaming
ta’limotidagi ikkinchi kamchilik muomalaga chiqarilgan barcha pullar
muomala jarayonida ishtirok etadi deya ishomshlaridir. Haqiqatda esa
obyektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur bo‘lgan pulning miqdorini
aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg‘arma, to‘lov vositasi kabi
funksiyalarini e’tibordan chetda qoldirishadi.
Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul
nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar
L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel, B. Xansen, M. Fridmanlaming asarlarida
bayon etilgan.
140
Ulaming miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi ta’limotga
asoslangan boiib:
- birinchisi, I.
Fisher va M.
Fridman boshchiligidagi
monetaristlaming «tranzaksion variant» ta’limoti;
- ikkinchisi, A. Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi
vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa D. Patinkinning «kassa
qoldig‘i» konsepsiyasi ta’limoti hisoblanadi.
Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o‘rganishlar, tahlillar
natijasida miqdoriy pul nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa
qo‘shgan kishilardan biri amerikalik iqtisodchi I. Fisher (1867 - 1977)
ekanligining guvohi bo‘ldik. U pulning mehnat mahsuli natijasidagi
qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib
chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi oltita
omilga bog‘liq ekanligini ta’kidladi va ulami quyidagilardan iborat
bo‘lishini asoslab berdi.
M - muomaladagi pul miqdori;
V - pulning aylanish tezligi;
P - o‘rtacha tortilgan baho;
Q - tovarlar hajmi;
M l - bank depozitlari summasi;
VI - depozit - cheklaming aylanish tezligi.
Tovarlar uchun tolanadigan, muomaladagi pul miqdori jami
tovarlar
bahosini ko‘paytirilganiga tengligini e’tiborga olib, Fisher
quyidagi «ayirboshlash tengligi»ni ilgari surdi.
MV=PQ
Fisher chap va o‘ng tomoni bir - biriga to‘g‘ri proporsional
boigan funksional tenglikka asoslangan holda, tovarlaming bahosi R
muomaladagi pul miqdoriga to‘g‘ridan - to‘g‘ri proporsional va tovarlar
miqdori Q teskari proporsionaldir degan fikrga keldi.
Fisheming funksional bogliqligidagi tengligida kamchilik shundan
iborat ediki, u tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdorini ma’lum
bir davrdagi holatini shaitli V va Q ning o‘zgaruvchan darajasida
e’tiborga olib, unga bogliq boigan o'zgaruvchan darajalar ikkita, ya’ni
tovarlar hajmi va bahosini e’tibordan chetda qoldiradi. Haqiqatda esa
tovarlar hajmi iqtisodiyotning davriyligidan kelib chiqib o‘zgarib turadi
va pul birligining aylanish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi hamda pul
muomalasi va bahoning shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan
birga, ta’kidlash joizki, tovarlaming bahosi qator omillar asosida
141
o'zgarib turadi. Masalan, ishlab chiqaruvchilaming monopol mavqeyiga
egaligi, davlatning ichki va tashqi siyosati va boshqalar tovarlar
bahosiga bevosita va bilvostia ta’sir ko‘rsatadi.
Miqdoriy pul nazariyasining «tranzaksion varianti» ta’limoti
asoschilari,
monetaristlar
M.Fridman,
K.Bnmner,
A.Melttserlar
hisoblanadi. A.Marshall, L.Valrasning iqtisodiyotda muvozanatlik
modeliga asoslangan holda, ular tovarlar bahosi va muomaladagi pul
miqdori o‘rtasidagi tenglik «nisbiy» baholaming o‘zgarishi natijasida
avtomatik tarzda muvozanatlashadi. Monetaristlar ushbu tenglikning
o‘zgarib turishini iqtisodiyotdagi pul massasi bilan boglaydilar,
shuningdek, M. Fridman tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdori
o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashda nafaqat naqd pullar (banknotlar va
tangalar)ni, balki tijorat banklaming tranzaksion hisobvaraqlaridagi
(talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar, depozit
sertifikatlar va muddatli depozitlar) qoldiq mablagiami ham inobatga
olish zarurligini ta’kidlaydi.
Monetaristlar zamonaviy miqdoriy pul nazariyasiga qator yangicha
holatlami kiritishdi. Xususan:
- birinchidan, ular pul massasi va bahoning o‘zaro bir - biriga
to‘g‘ri
proporsionalligidan voz kechdilar, faqat bozorga taklif
etilayotgan tovarlar hajmining baholarga ta’siri haqidagi ta’limotni
yoqladilar;
- ikkinchidan, ular pul birligi aylanish tezligini e’tirof etadilar,
biroq bungajiddiy e’tibor qaratishmaydi;
- uchinchidan, ular I. Fisheming tovarlar hajmining o‘zgarmas
sharoitida muomaladagi pul miqdori jami tovarlar
bahosini
ko‘paytirilganiga tengligini inkor etadilar;
- to‘rtinchidan, takror ishlab chiqarish sharoitida turli darajadagi
tebranishlami aniqlashda pul massasi dinamikasi birinchi darajaii
ahamiyatga ega ekanligiga ishonadilar, pul-kredit siyosatiga esa
iqtisodiyotni rivojlantirishnmg moliyaviy mexanizmi sifatida qaraydi.
Kembrij maktabi vakillarining qarashlari I. Fisher ta’limotidan
farqli olaroq, odamlaming qo‘llarida pul ushlab turishlariga asos
boluvchi pulning ikki xususiyatini ajratib ko‘rsatishadi.
Birinchidan, pulning almashuv vositasi ekanligi. Subyektlar
bitimlami amalga oshirayotgan vaqtlarida pul almashuv vositasi sifatida
amal qiladi. Kembrij maktabining vakillari Fisheming pulga boigan
talab bitimlar hajmiga bogiiq va pulning bitimlami amalga oshirishi
142
uchun talabi nominal YalMga proporsional ekanligi to‘g‘risidagi fikriga
qo‘shiladilar.
Ikkinchidan, pul boylikni saqlash vositasi: Modomiki, pul boylikni
saqlash vositasi ekan, pulga boigan talab ushbu boyliklar miqdoriga
ham bogliq degan fikrni ilgari suradi. Boyliklarning oshishi bilan
subyektlarda ulami har xil aktivlarga joylashtirish zaruriyati tuglladi.
Natijada, Kembrij maktabining olimlari pulga boigan talab
nominal YalMga proporsional degan xulosaga kelishdi va pulga boigan
talab funksiyasini quyidagi tenglama tarzida ifoda etishdi.
Md=K*RY
Ulaming modeliga k o la iste’molchilar qollarida qancha pul
bolishi kerakligini o‘zlari hal qiladi. Bu esa К - (proporsionallik
koeffitsiyenti)ning qisqa muddatlar ichida tebranishlarda bolishini
ko‘zda tutadi. Vaholanki, pullardan boyliklarni saqlash usuli sifatida
foydalanish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish, boshqa aktivlardan
kutiladigan daromadlarga bogliq boladi.
Shunday qilib, boshqa aktivlardagi xususiyatlaming o‘zgarishi К
ning ham o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan farq
I. Fisheming Kembrij maktabi vakillari fikrlaridan farqini anglatadi.
Jon Meynard Keyns Kembrij maktabining eng so‘nggi vakillaridan
boiib, ulaming fikrlarini rivojlantirdi. Keynschilik nazariyasi asosan
XX asming 30 - yillarida yaxlit g‘oyaviy oqim sifatida to liq shakllandi.
Uning asoschisi XX asming eng mashlnir iqtisodchilaridan biri Buyuk
Britaniyalik olim J. M. Keyns edi.
M.Fridman tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya formulasi
I.Fishemikidan ko‘rinishi nuqtayi nazardan farq qilib, mohiyatan pul
massasi va baho o‘rtasidagi bogliqlikni asoslab berishga qaratilgan:
M=KRU
bu yerda
M - pul miqdori;
K-pul zaxirasining daromadga nisbati;
R-baho indeksi;
U -o ‘zgarmas baholardagi milliy daromad.
Monetaristlaming miqdoriy
pul nazariyasini aks
ettiruvchi
zamonaviy
tengligidan shunday xulosa qilish mumkinki, pul
massasining o‘zgarishi tenglikning o‘ng tomonida uchta holatning biriga
ta’sir qiladi, ya’ni baholaming oshishiga (R), real milliy daromadning
143
ortishiga (U), pul zaxirasini daromadga nisbatan koeffitsiyentini
o‘zgarishiga olib keladi.
Miqdoriy pul nazariyasi Angliyaning Kembrij maktabi vakillari
tomonidan o‘rganilgan boiib, uning vakillari sifatida A. Marshal, D.
Robertson va D. Patinkinlami keltirish mumkin.
I. Fisheming miqdoriy pul nazariyasi haqida shakllantirgan
«tranzaksion varianti»da pul asosan muomala vositasi va to‘lov vositasi
funksiyalarini bajarishini e’tirof etgan boisa, A.Pigu miqdoriy pul
nazariyasida pulni jamg‘arma vositasi funksiyasi vazifasini ham
bajarishini ta’kidlab, unga alohida ahamiyat qaratadi.
Angliya Kembrij maktabi vakillari miqdoriy pul nazariyasi
borasidagi talimottarida I. Fisheming pul nazariyasi xususidagi
talimotidan farqli yana bir konsepsiyani ilgari suradilar. Agar, I. Fisher
iqtisodiyotga zarur boigan pul miqdorini uning taklifini tahlil qilish
asosida aniqlagan boisa, Kembrij maktabi vakillari iqtisodiyotga zarur
boigan pul miqdorini tovarlar va xizmatlar hajmidan kelib chiqib unga
boigan ehtiyoj asosida aniqlash zarurligi haqidagi ta’limotni ilgari
suradi.
Shuningdek, agar I. Fisher pulning hajmini muomalada boigan
miqdoriga qarab va ular doimiy ravishda muomalada ishtirok etishini
e’tirof etgan boisa, Kembrij maktabi vakillari muomalaga chiqarilgan
pullaming barchasi doimiy ravishda muomalada ishtirok etmasligi, ular
«kassa qoldigl» sifatida aholining qolida, bank va korxona
hisobvaraqlarida ma’lum muddatga saqlanib qolishi mumkinligi
xususidagi talimotni asoslab berishadi.
I.
Fisher jami ijtimoiy kapitalni va bahoning darajasini umumiy
yaxlitlikda tahlil qilish asosida tegishli xulosalami shakllantirgan boisa,
A.Pigu asosiy e’tibomi kapitalning individual harakati va ulaming
sohiblariga qaratadi.
A.
Pigu miqdoriy pul nazariyasining «kassa qoldigl» haqidagi
ta’limotni ilgari surganda uning tarkibiga muomaladagi naqd pulsiz va
joriy hisobvaraqlardagi qoldiq summalami, ya’ni
pul miqdorini
aniqlashda aholining qolidagi naqd pul qoldiqlari va korxona -
tashkilotlaming banklardagi hisobvaraqlari qoldiqlarini ham inobatga
oladi.
E’tirof etish lozimki, A.Piguning pul nazariyasi haqidagi
yondashuvlari I.Fishemikidan farq qilsada, mohiyatan miqdoriy pul
nazariyasi doirasidan chiqib ketolmagan edi, pul va baho o‘rtasidagi
144
to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqa saqlanib qolgan edi. Buni A.Pigu tomonidan
yaratilgan M =RPQ yoki P=M/Q tengligida ham kuzatish mumkin,
chunki bu I.Fisheming «ayirboshlashni tenglashtirish» konsepsiyasiga
yaqin boiib, unda:
M - pul massasi;
P - baho darajasi;
Q - tovar massasi (yoki tovar aylanmasining moddiy hajmi);
V
- jismoniy va yuridik shaxslaming pul ko'rinishida saqlashi
mumkin boigan daromadlar.
I.
Fisher va A. Piguning tengliklari o‘rtasidagi farq, Fisherda pul
birligining aylanish tezligi V foydalaniladi, ikkinchi koeffitsiyent К, V
ga teskari ko‘rsatkich boiib, agar Piguning tengligidagi К almashtirilsa
Fisheming formulasi kelib chiqadi.
XX
asming 50-yillarini o‘rtalaridan boshlab, miqdoriy pul
nazariyasining Kembrij taiimotiga asoslangan neoklassik yo‘nalishi
vujudga keldi. Ushbu yo‘nalishning asosiy nomoyandasi D. Patinkin
hisoblanib, u o‘zining asarlarida pul massasi va baho o‘rtasida to‘g‘ridan
- to'g!n proporsionalllik mavjudligidan kelib chiqdi. D. Patinkin «kassa
zaxirasi»ni yuqori likvidli manba sifatida qaraydi, uning hisobidan
qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish va keyinchalik ushbu
mablagiami real kapitalgayo‘naltirish zarurligini ta’kidlaydi.
D. Patinkin miqdoriy pul nazariyasida daromadni uchta yo‘nalishga,
ya’ni iste’mol, investitsiya va «kassa zaxirasi» sifatida joylashtirish
zarurligini uqtiradi.
Xulosa qilib aytganda, pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya
sifatidagi holatini o‘rganish va tahlil qilish asosida bu xususda iqtisodchi
olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilaming fikrlari turlicha boisada,
barchasining asosida uning ayirboshlash vositasi ekanligi va pulning
mavjudligi asosida mehnat taqsimoti yotishi e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |