A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


 Деньги, кредаг, банки: учебник/кол. авт.: под р едчасл дезгт. науки РФ, д.э.н. проф. О ИЛ авруш ина. - 5 - в изд



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

Деньги, кредаг, банки: учебник/кол. авт.: под р едчасл дезгт. науки РФ, д.э.н. проф. О ИЛ авруш ина. - 5 - в изд.,
стер. -М .: КНОРУС, 2007. -С , 25.
13


Muomalada oltin tangalar to‘lov vositasini bajarganda ular haqiqiy 
pul sifatida o‘zining sohibiga iqtisodiy zarar keltirmaydi va avtomatik 
ravishda boshqarilib turish xususiyatiga ega bo‘lgan. Ya’ni, ulami 
hozirgi paytdagi kabi qog‘oz pullami emissiyasi orqali tartibga solib 
turishga ehtiyoj bo‘lmagan. Agar oltin tangalaming hajmi ehtiyojdan 
ortib ketadigan boisa, ular boylik sifatida avtomatik tarzda 
jamg‘armaga oladi, aksincha bolganda esa toiov vositasi sifatida 
muomalaga chiqadi. Shu bois ham oltin tangalar to io v vositasini 
bajargan paytda pul tizimini tartibga solish apparati va pul - kredit 
siyosatini amalga oshirishga ehtiyoj bolmagan.
0 ‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar
miloddan ilgarigi 
VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall 
tangalaming oglrligi 8,4 grammni tashkil etgan boiib, «darik» deb 
nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. 0 ‘sha vaqtlarda, ya’ni 
miloddan ilgarigi VI - IV asrlarda hozirgi 0 ‘zbekistonning asosiy qismi, 
ya’ni Xorazm, Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar 
Ahmoniylar davlati tarkibida bolganini hisobga olsak, ushbu «darik»lar 
0 ‘zbekiston zaminida amal qilgan bizga ma’lum birinchi tangalar 
boigan desak xato qilmaymiz.
Miloddan awalgi 330 - 327 yillarda makedoniyalik Iskandar 
Ahmoniylar saltanatini tor - mor qilib, hozirgi 0 ‘zbekiston zaminida 
joylashgan Baqtriya va Sug‘diyonaga bostirib kiradi. Makedoniyalik 
Iskandar sur’ati tushirilgan tangalardan vazni 4,1 g. boigan kumush 
draxma, vazni 8,2 g. boigan kumush didraxma (ikki draxma) hamda 
vazni 16,4 g. boigan kumush tetradraxma (to‘rt draxma)lar zarb qilinib, 
ular muomalada bolgani ma’lum. Shuningdek, vazni 8,4 g. boigan 
oltin tanga (starer) va vazni 40 grammdan ortiq boigan kumush 
dekadraxma ham zarb qilingan.
Yunon - Baqtriya davlati tomonidan zarb etilgan tangalardan 100 
donaga yaqini Qashqadaiyo viloyatining Kitob tumanida topilgan. 
Ushbu davlat pul tizimi asosini o‘sha paytda draxma, didraxma, 
tetradraxma va dekadraxmalar tashkil etganligi tarixiy manbalardan 
ma’lum.
0 ‘rta Osiyo eramizning V asrida tarixan qisqa muddat davomida 
sosoniylar tasarrufida boigan. Bu davrda hozirgi 0 ‘zbekiston hududida 
turli davrlarda zarb etilgan tangalar muomalada boigan. Jumladan, 
sosoniylar tangalari asosan oltin, kumush va bronzadan zarb qilingan
14


boiib, ularda sosoniy shohlariing suratlari bilan birga, turli hayvonlar 
va qushlar aksi ham tushirilgan.
Hozirgi 0 ‘zbekistonning asosiy qismi V asming ikkinchi yarmida 
Sirdaryoning sharqiy sohilidan kirib kelgan deb taxmin qilinayotgan va 
tarixda eftaliylar nomi bilan qolgan qabilalar tomonidan bosib olinadi.
Eftaliylar davrida 0 ‘rta Osiyo asta-sekin rivojlana boshlagan. 
Xalqaro savdo ham rivojlangan. Tashqi savdo asosan Xitoy, Hindiston, 
Eron va Vizantiya (Rum) bilan amalga oshirilgan.
Eftaliylar dastlabki paytlarda sasoniy hukmdorlari Bahrom va 
Perozning kumush tangalaridan keng foydalanishgan. Buning asosiy 
sababi sifatida sosoniylar tomonidan eftaliylarga o‘lpon sifatida 
to‘langan juda 
ko‘p 
miqdordagi 
kumush 
tangalar 
xazinada 
to‘planganligiga bog‘liq deb taxmin qilinadi.
Eftaliylar hukmronligi davrida juda ko‘p miqdorda, bazi 
ma’lumotlarga qaraganda 200 dan ko‘proq marta metall tangalar zarb 
qilingan. Har bir viloyat, har bir yarim qaram hudud o‘zi tanga zarb 
qilish huquqiga ega bo‘lgan.
Umuman, V - VI asrlarda hozirgi 0 ‘zbekiston hududiga shimol va 
sharq tomonlardan turli ko‘chmanchi xalqlar tinimsiz bosqinchilik qilib 
kirib kela boshlaydi. VIII asming o‘rtalarida 0 ‘rta Osiyo arablar 
tomonidan bosib olinib, o‘lkada islom dini joriy etiladi va qadimiy yurt 
Movarounnahr deb atala boshlaydi. Shu davrdan boshlab muomalada 
boigan metall tangalar ko‘rinishida o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. 
Asta - sekin tangalardan shoh va hokimlaming sur’atlari o‘mini islom 
oyatlari egallaydi. Natijada «kufi» nomi bilan tarixda ma’lum boigan 
tangalar davri boshlanadi.
Islom imperiyasida markazlashtirilgan boshqaruv tizimi tashkil 
etilgandan keyin xalifa Abdumalik 696-yilda imperiyaning butun 
hududida yagona pul tizimini joriy etdi. Shu davrdan boshlab, yirik 
savdo bitimlarini amalga oshirish uchun vazni 4,3 gramm boigan oltin 
dinor zarb etilgan. Maosh va soliqlar toiovi uchun vazni 2,8 gramm 
boigan kumush drahmalar chiqariladi. Kundalik savdo - sotiq esa mis 
tangalar - fuluslar yordamida (yunoncha «follis» hamyon ma’nosini 
anglatadi) amalga oshirila boshladi. Bu pul birliklari Movarounnahrda 
ham o‘sha davrda muomalada boigan.
IX asrga kelib, Movarounnahrda somoniylar davlati 
vujudga 
keladi. Somoniylar xalifa hukmronligini rasman tan olishgan bolsada, 
ular amalda mustaqil edilar. Somoniylar davlatining poytaxti Buxoro
15


shahri 
bo‘lgan. 
Somoniylar 
davlati 
o‘z 
tasarrufiga 
hozirgi 
0 £zbekistonning asosiy qismi, Turkmaniston va Tojikiston hamda 
Eronning Xuroson viloyatini qamrab olgan, markazlashgan davlat edi. 
Bu davlat taxminan 120 yildan ko‘proq muddat davomida mavjud 
boidi.
XII asming o‘rtalarida, xorazmshoh Otsiz davriga kelib, Xorazm 
davlati kuchayib ketadi. XII asming 80-90-yillariga kelib Xorazm 
o‘ziga Movarrounnahr, Eron, Forsiy Iroqni 
bo‘ysundiradi. Xorazm 
davlati xorazmshoh Tekash (1172 - 1200-yillar) va uning o‘g ii 
Muhammad (1200-1220-yillar) hukmronligi davrlarida ayniqsa gullab- 
yashnagan.
Xorazmshohlar davlatida ham an’anaviy musulmon pul birliklari -
oltin dinorlar, kumush dirhamlar va mis fuluslari muomalada bo‘lgan. 
Bu tangalarda ham an’ana tarzida xalifa nomi qayd qilinib, undan so‘ng 
xorazmshoh nomi bitilgan.
Mo‘g ‘ullar istilosi davrida (1220-yil yozidan) Xorazmda va uning 
tobeligidagi hududlarda vazni 1,8-1,9 grarnm boigan kumush dirhamlar 
muomalada boigan. Mayda savdo - sotiq uchun mis pullar chiqarilgan.
Mo‘g‘ullar zulmiga qarshi xalq bosh ko‘taradi. Bu harakat tarixda 
«Sarbadorlar» qo‘zg‘oloni deb nom olgan. Bu qo‘zg‘olon natijasida 
Samarqanddan mo‘g‘ullar haydab chiqariladi. 1370-yilda Samarqand 
taxtiga Amir Temur o‘tiradi va «Buyuk Temur» saltanatini barpo etadi. 
Ushbu imperiya tarkibiga hozirgi 
Oczbekiston, 
Turkmaniston, 
Tojikiston. Qirg‘iziston, 
Afg‘oniston, Armaniston. Eronning barcha 
hududi, Iroq, Hindiston, Ozarboyjon, Gruziya, Qozogistonning bir 
qismi kirgan. Katta miqdorda vazni 2 grammni tashkil etgan oltin 
dinorlar, shuningdek, vazni 1,8 gramm boigan kumush tangalar -
miralar ham zarb etila boshlagan.
Amir Temuming 40 dan ortiq tanga zarbxonalari boiganligi va bu 
yerlarda zarb etilgan oltin va kumush tangalar Yevropada ham mashhur 
boiganligi haqida ko‘p maiumotlar mavjud. Birgina G‘arbiy Eron va 
Ozarboyjonda Amir Temuming nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va 
kumush tangalar muomalaga kiritilgan9.
Rossiyada XIX asrda va XX asming boshlarida naqd pul shaklida 
oltin tangalar keng qoilanilgan, xususan 1895 - 1897-yillardagi pul 
islohotlaridan keyin ham birinchi jahon urushiga qadar muomalada o‘n


Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish