muomalada toiov vositasini bajara boshladi.
Dastlab muomalaga
chiqarilgan qog‘oz pullar to iig ic h a oltin bilan ta’minlangan edi.
Keyinchalik esa oltin saqlovchining kasodga uchrashi, yoki odamlaming
ishonchini suiiste’mol qilishi natijasida muomalada ta’minlanmagan
qog‘oz pullar paydo b o ia boshladi. Natijada ushbu pullar oltin
saqlovchilarga taqdim etilganda ular buning evaziga oltin tangalar
berishdan bosh tortdi. Bulaming barchasi mamlakatda pul muomalasini
izdan chiqishi oqibatida xo‘jalik yuritish
va hisob-kitoblami amalga
oshirishda tanazulliklami keltirib chiqardi. Aynan shu jarayonda davlat
qog‘oz pullami tartibga solish va yagona emissiya qilishni o‘z qoiiga
oldi. Buning uchun alohida davlat banki, ya’ni Markaziy bankni tashkil
etdi, unga muomalaga qog‘oz
pullami chiqarish, pul muomalasini
tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga naqd
pullami emissiya qilish huquqidan mahrum etilib,
mijozlarga bank
xizmatlarini ko‘rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi.
Angliyada qog‘oz pullar 1817-1843-yillarda tijorat banklari
tomonidan muomalaga chiqarilgan, 1813-yilda Angliya Banki o‘z
banknotasini muomalaga chiqardi. 1844-yildan boshlab esa tijorat
banklariga pulni emissiya qilish bekor qilindi va R.
Pilning qonuniga
asosan Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi.
Qog‘oz pullar ta’minlanmagan, asl qiymatga ega pullar
boimaganligi sababli ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar
dastlabki davrlarda to io v vositasi sifatida hisob-kitoblarda keng
qoilanilishida muammolar uchrab turgan.
Buning oldini olish
maqsadida og‘ir choralar qoilanilgan. Masalan, Xitoyda qog‘oz pulning
o‘ziga uni toiov vositasi sifatida qabul qilmagan shaxsning boshi
kesilishi qayd etilgan, Fransiyada 25 yil qamoq jazosi,
bazi hollarda
o iim jazosi ham qoilanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‘oz pullami
to io v vositasi sifatida qabul qilmagan kishilami davlatga qarshi xiyonat
darajasigacha olib chiqilgan.
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‘oz pullar bevosita va
bilvosita ta’minlangan edi. Bevosita ta’minlangani oltin tangalar bilan,
davlatning soliqlami va boshqa majburiy toiovlam i shu qog‘oz pullarda
qabul qilishi bilvosita ta’minlanganligi sifatida belgilab qo‘yildi.
Iqtisodiy adabiyotlarda «emissiya qilish» va «muomalaga pul
chiqarish» tarzidagi ma’nosi bir - biriga
yaqin boigan iqtisodiy
terminlami uchratamiz. Biroq bu ikki iqtisodiy termin ma’nbsi va
iqtisodiyotga ta’siri jihatidan bir - biridan tubdan farq qiladi.
36
Naqd pullami muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul
massasining hajmini oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki
amalga oshiradi. Muomalaga naqd pullami chiqarish esa mavjud pul
massasi hajmini o'zgartirmagan holda tijorat banklari tomonidan amalga
oshiradi.
Mamlakatda
iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y
berganda davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar
davlatning topshirig‘i bilan muomalaga chiqariladigan qo'shimcha pul
emissiyasi orqali hal etilar edi, bu, o'z navbatida, qog‘oz
pullaming
qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi.
Shuning uchun ham qog'oz pullar asl qiymatga ega boimagan,
o'rinbosar pullar hisoblanib, ulami doimiy ravishda tartibga solib borish
va tegishli nazoratni amalga oshirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: