Universal kompyuterlar juda turli muhandislik, texnik, iqtisodiy, matematik, axborot va shu kabi masalalami yechish uchun mo‘ljallangan. Universal kompyuterlarning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
yuqori unumdorlilik;
ishlov benladigan axborotlarning turlarining ko'pligi: ikkilik, o‘nlik, belgilik - ular katta oraliqda o‘ zgaradi vaular yuqori aniqhkda ifodalanadi;
bajariladigan amallarining ro‘yxati keng, arifmetik, mantiqiy va maxsus;
tezkor xotira sig‘imi katta;
axborotni kiritish-chiqarish tizimi rivojlangan, turli xildagi tashqi qurilmalami ulashni ta'minlaydi.
Muammoga yo'naltirilgan kompyuterlar ancha tor doiradagi masalalami yechish uchun, odatda texnologik obyektlarni va jarayonlarni boshqarishga, nisbatan katta bo‘lmagan axborotlami
yig‘ish, qayd qilish va ishlov berishga, nisbatan murakkab boimagan algoritmlarga ishlov berishga mo‘ljallangan. Ularda universal komp- yuterlarga nisbatan apparat va dasturiy resurslari chegaralangandir. Maxsuslashtirilgan kompyuterlar ma'lum darajada tor doiradagi masalalami yechish uchun yoki qat‘iy guruh funksiyalarni joriy etishga mo‘ljallangan. Kompyutemi bunday tor yo‘naltirilishi ularning tarkibini aniq maxsuslashtirishga imkon beradi, ishlashining yuqori unumdorligini va ishonchliligini saqlagan holda ularning murakkabligini va narxini jiddiy kamaytnish mumkin. Maxsuslashtirilgan kompyuterlarga quyidagilarni kiritish mumkin, masalan, maxsus vazifalar uchun dasturlanuvchi mikroprotsessorlar; alohida murakkab bo‘lmagan texnik qurilmalarni va jarayonlami boshqa- rishning mantiqiy vazifasini bajaruvchi adapter va kontrollyorlar; hisoblash tizimlarining qismlarini moslovchi va ulovchi qurilmalar. О ‘Ichami va hisoblash quvvati bo‘yicha kompyuterlami (1.4- rasm) quyidagi guruhlarga boiish mumkin:
1.4-rasm. 0‘lchami va hisoblash quvvati bo‘yicha kompyuterlami
turlarga ajratish.
juda katta (superkompyuterlar);
katta;
kichik;
juda kichik (mikrokompyuterlar).
Kompyuterlarning vazifalarim' bajarish imkoniyatlari quyidagi muhim texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir:
tezligi (vaqt birligi oralig‘ida mashina bajaradigan o‘rtacha amallai' soni bilan o‘lchanadi);