Kichik kompyuterlar. Kichik kompyuterlar (mini-EHM) - ishon- chli, uncha qimmat boimagan, foydalanishda qulay kompyuterlar, meynfreymlarga qaraganda birmuncha kam imkoniyatlarga ega. Mini-kompyitterlar (ulardan eng quwatlilari supermini-kompyu- terlaf) quyidagi ko‘rsatkichlarga ega boiadi:
qoilanadigan foydalanuvchilarning soni - 16 - 1024.
1.6-rasm. Katta kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish.
Mini-kompyuterlarning barcha modellari 32, 64 va 128 - raziyadli mikroprotsessorlar to‘plamlari asosida loyihalashtiriladi. Ularning asosiy xususiyatlari:
aniq tatbiq sohasidan kelib chiqqan holda unumdorlikning keng oralig‘i;
axborotni kiritish-chiqarish tizimli vazifasining ko‘pchiligini apparatli joriy etilishi;
ko‘p protsessorli va ko‘p mashinali tizimlarni oddiy joriy etilishi;
Mini-kompyuterlar boshqaruvchi hisoblash majmua sifatida ishla- tilishga mo‘ljallangan. Ushbu majmualarga xos bo‘lgan tashqi qurilmalarning ko‘p turliligi protsessorlararo aloqa bloklari bilan to‘ldirilgan, uning sharofati bilan tarkibi o‘zgaruvchan hisoblash tizimlarini joriy etilishi ta'minlanadi. Mini-kompyuterlarning г ДЛ/Л texnologik jarayonlarni boshqarishda ishlatishdan tashqari, ularni ko‘p foydalanuvchilar uchun moijallangan hisoblash tizimlarida, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarida, murakkab bo‘lmagan obyektlarni modellashtirish tizimlarida va sun'iy intellekt tizimlarida muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. Hozirgi zamonaviy mini-kompyuterlarning avlodini boshlovchisi bo‘lib DEC firmasining (AQSH) PDP-11 kompyuter lari hisoblanadi va Rossiyada ishlab chiqarilgan SM EVM (Sistema Malix EVM - EXM Kichik Tizimi) : SM-1, -2, -3, -4, -1400, -1700 va hokazo. Hozirgi vaqtda PDP-11 mini-kompyuterlar oilasiga ko‘p sonli model 1 ami o‘z tarkibiga oladi, VAX-11 dan VAX-3600 gacha; mini- kompyuterlarning quwatli guruh modellariga 8000 (VAX-8250, - 8820); supermini-kompyuterlaming guruh modellariga 9000 (VAX- 9410, -9430) kiradi va hokazo. VAX modellari keng oraliqdagi ko‘rsatkichlarga ega:
protsessorlar soni - 1 dan 32 tagacha;
unumdorligi - 10 dan 1000 MIPS gacha;
asosiy xotira sig‘imi - 512 Mbayt dan 2 Gbayt gacha;
diskli xotira hajmi - 50 Mbayt dan 500 Gbayt gacha;
kiritish-chiqarish kanallar soni - 64 tagacha.
VAX mini-kompyuterlari shu guruh kompyuterlarining ko‘rsat- kichlarining to'liq oralig‘ini qoplaydi va ular orasidagi chegarani hamda meynfreymlar o'rtasidaga chegarani yuvib yuboradi. Boshqa mini-kompyuterlar o‘rtasidagi quyidagilami qayd qilib o'tishimiz kerak:
bir protsessorli: IBM 4381, HP 9000;
ko‘p protsessorli: Wang VS 7320, AT&T 3B 4000;
supermini-kompyuterlar: HS 4000, ko‘rsatkichlari bo‘yicha meynfreymlardan qolishmaydi.