A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

17.2. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi
M ahsulot (ish xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi foyda 
korxonada yaratilgan foydani ifodalaydi. Mahsulotni sotishdan olingan 
yalpi foydani topish uchun mahsulotni sotishdan tushgan sof 
tushumlardan shu sotilgan mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak, 
o‘z navbatida, mahsulot sotishdan tushgan sof tushumni topish uchun 
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keyin kelgan tushumdan 
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, qaytarilgan tovarlar qiymati, 
xaridorga berilgan skidkalar (chegirmalar) ayirib tashlanadi.
Demak, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda mahsulot 
sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot tannarxi orasidagi 
farqqa teng. Bu farq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy farq 
foyda sifatida, salbiy farq esa zarar sifatida e’tirof etiladi.
M ahsulot (ish, xizmat)lami sotishdan olingan so f tushumni 
hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
9010-“Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad”
9020-“Tovarlami sotishdan olingan daromad”
9030-“Bajarilgan ish va ko ‘rsatilgan xizmatlardan olingan 
daromadlar”
9040-“Sotilgan tovarlam ing qaytishi”
557


9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”
9010-“Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar”, 9020- 
“Tovarlami sotishdan olingan daromadlar”, 9030-“Bajarilgan ish va 
ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar” hisobvaraqlarining 
kreditida korxonaning asosiy faoliyati (mahsulot sotish, ish bajarish, 
xizmat k o ‘rsatish)dan olingan daromadlar aks ettiriladi va 4010- 
“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4 1 10-“Alohida 
balansga ajratilgan boiinm alardan olinadigan schyotlar” hamda pul 
m ablagiarini hisobga oluvchi hisobvaraqlaming debeti bilan o ‘zaro 
korrespondensiyada bo iadi.
9040-“Sotilgan tovarlaming qaytishi” va 9050-“Xaridor va 
buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvaraqlari kontrpassiv 
hisobvaraq 
b o iib , 
9010, 
9020, 
9030-hisobvaraqlar 
summasini
korrektirovka qilib turadi. 9040-hisobvaraqning debet aylanmasi 
mahsulot sotishdan tushgan tushum summasidan chiqarib tashlanadi.
Sotilgan mahsulotning qaytarib olinishiga quyidagicha provodka 
beriladi:
Debet 9040-“Sotilgan mahsulotning qaytishi”;
Kredit Pul m ablagiari hisobvaraqlari.
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlaming tannarxiga qizil stomo 
yozuvi orqali quyidagicha provodka beriladi:
Debet 9110, 9120, 9130
Kredit 2810, 2910,2920
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo‘yicha hisoblangan QQS 
summasiga quyidagicha provodka beriladi:
Debet 6410-“Byudjetga to io v la r bo‘yicha qarzlar”;
Kredit 5 1 10-“Hisob-kitob schyoti”.
Hisobot davri oxirida 9040-hisobvaraqning debet saldosi yakuniy 
moliyaviy natijaga o ‘tkaziladi:
Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”;
Kredit 9040-“Sotilgan tovarlam ing qaytarilishi”.
9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” 
schyotida tayyor mahsulot va tovarlar qiymatidan xaridor va
558


buyurtmachilarga berilgan chegirmalar hisobga olinadi. Xaridor va 
buyurtmachilarga 
chegirmalar 
berilganida quyidagicha 
provodka 
beriladi:
Debet 9050-“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” 
Kredit 4010, 4 1 10-hisobvaraqlar.
Hisobot davri oxirida 9050-hisobvaraqning debet saldosi yakuniy 
moliyaviy natijaga o ‘tkaziladi:
Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 
9050-“Xaridor 
va 
buyurtmachilarga 
berilgan
chegirmalar”.
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va k o ‘rsatilgan 
xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi hisobvaraqlarda aks 
ettiriladi:
9110-“ Sotilgan mahsulot tannarxi”
9120-“Sotilgan tovarlar tannarxi”
9130-“Sotilgan ish va xizmatlar tannarxi”
9140-“Davriy hisobda TM Zlami xarid qilish va sotish” 
9150-“Davriy hisobda TM Zlar bahosiga tuzatishlar”.
Ushbu hisobvaraqlaming debeti k o ‘payishni, krediti kamayishni 
ko‘rsatadi. 9110, 9120, 9130-hisobvaraqlar tranzit bo‘lib, hisobot 
davrining boshiga qoldiq qolmaydi.
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan 
xizmatlar tannarxi 9110, 9120, 9130-hisobvaraqlaming debeti va 2011- 
“Asosiy ishlab chiqarish”, 2810-“0m bordagi tayyor mahsulotlar”, 2910- 
“Ombordagi 
tovarlar” 
hisobvaraqlarining 
krediti bilan o ‘zaro
korrespondensiyada aks ettiriladi.
Oy oxirida mahsulot, ish va xizmatlaming haqiqiy tannarxi bilan 
reja tannarxi orasidagi farqi tegishli hisobvaraqlarga o ‘tkaziladi.
Bunda quyidagicha provodkalar beriladi:
Debet 2810,2820 - tayyor mahsulotga tegishli farq summasiga 
Debet 9110, 9130 - sotilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarga 
tegishli farq summasiga 
Kredit 2011,2310
559


Agar ushbu farq summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko ‘rsatsa, 
yuqoridagi provodkalar beriladi. Agarda tejalgan summani ko‘rsatsa, 
ushbu provodkalar qizil stomo yozuvi orqali reja tannarx haqiqiy 
tannarxga yetkazib qo ‘yiladi.
4010-“Xaridor 
va 
buyurtmachilardan 
olinadigan 
schyotlar” 
hisobvarag‘i aktiv bo ‘lib, uning savdosi xaridor va buyurtmachilaming 
korxonadan sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo'yicha qarzini 
ko‘rsatadi, debet aylanmasi hisobot oyida topshirilgan mahsulot, 
bajarilgan ish va ko ‘rsatilgan xizmatlaming sotish qiymatini, kredit 
aylanmasi esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to ia n g a n summani 
ko ‘rsatadi.
M ahsulot (ish, xizmat) sotilishi hisobini tashkil qilishda sotilgan 
mahsulot, tovarlar, ish va xizmatlaming har birining alohida turi 
bo‘yicha yuritilib, sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlaming 
tarkibiy tuzilishi hamda ulam ing har birining umumiy sotilish 
summasidagi hissasi, har qaysining foydalilik darajasi va boshqa 
m aium otlar aks ettirilishi lozim.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish