A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Gudvill hisobining xususiyatlari



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

11.10. Gudvill hisobining xususiyatlari
Korxonaning bozor qiymati korxona tomonidan kelgusida olinish 
ehtimoli mavjud bo‘lgan iqtisodiy foyda bozori bahosini aks ettiradi. 
Korxonaning bozor qiymati bilan alohida aktivlarning balans qiymati 
o'rtasidagi tafovut istalgan paytda o ‘z ichiga korxonaning qiymatiga 
ta’sir etuvchi bir qator omillami olishi mumkin. Biroq bunday tafovut 
ushbu paytda korxona nazorat qilayotgan belgilovchi aktivlarning 
qiymatini ifodalamaydi.
Korxonaning o ‘zi yaratgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmasligi 
kerak, chunki u korxonani sotib olish paytida xarid qilish narxi bilan 
mazkur korxonani tashkil qiluvchi aktivlarning haqiqiy narxi o'rtasidagi 
tafovut sifatida yuzaga keladi.
Xarid qilingan gudvillning miqdori hisob-kitob qilish y o ‘li bilan, 
xarid qilinayotgan korxonaning haqiqiy qiymati bilan uni xarid qilish 
sanasidagi 
korxona 
so f 
aktivlarining 
bozor 
qiymati 
(barcha 
majburiyatlar summasi ayirilgan holda aktivlarning bozor qiymati) 
o ‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Gudvill summasiga kelgusidagi iqtisodiy foydani kutib, xaridor
369


tomonidan to ‘lanadigan narxga qo‘shimcha sifatida qarash va alohida 
inventar obyekti sifatida hisobga olish lozim.
Manfiy gudvill summasini doimiy xaridorlar mavjudligi omili, sifat 
reputatsiyasi, marketing va sotish malakasi, ish yuzasidan aloqalar, 
boshqarish tajribasi, xodimlar malaka darajasi va shu kabilar bo‘lmagan 
taqdirda, xaridorga taqdim etiladigan narxdan chegirma sifatida ko‘rish 
va muddati kechiktirilgan daromadlar (kelgusi davr daromadlari) sifatida 
hisobga olish lozim.
Gudvill bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari uning foydali xizmat 
muddati mobaynida boshlang‘ich qiymatini kamaytirish yo‘li bilan 
buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Gudvill summasini hisobdan chiqarish davri korxonaga kelgusidagi 
iqtisodiy foyda tushumi kutilayotgan davming eng yaxshi bahosini aks 
ettirishi kerak. Gudvillning foydali xizmat muddati dastlab tan olingan 
paytdan boshlab yigirma yildan oshmasligi kerak (lekin korxonaning 
faoliyat k o ‘rsatish muddatidan oshib ketmasligi lozim).
Gudvill bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari buxgalteriya hisobida 
aks ettirishda uning foydali xizmat muddati mobaynida boshlang‘ich 
qiymatini kamaytiriladi84.
Moliyaviy hisobotda gudvillning qiymati tegishli hisobot davrida 
amalga oshirilgan hisobdan chiqarishlami chegirgan holda aks ettiriladi.
Manfiy gudvill summasi sotib olingan amortizatsiyalanadigan 
alohida aktivlaming o ‘rtacha tortilgan foydali xizmat muddati 
mobaynida muntazamlik asosida korxonaning moliyaviy natijalarga 
asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar sifatida kiritiladi.
Gudvill bo ‘yicha eng yuqori 
amortizatsiyalash muddatlari 
quyidagicha:
- Avstraliyada 20 yilgacha;
- Belgiya va Gretsiyada 5 yilgacha;
- Buyuk Britaniyada korxonalar xususiyatiga bog‘liq;
- Germaniyada 4 yildan 15 yilgacha, ayrim hollarda 40 yilgacha;
84 Financial an d managerial accounting, 12e, C arl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 853-page
370


- Daniyada 5 yilgacha va uzaytirilishi mumkin;
- Estoniyada va Lyuksemburgda 5 yil;
- Ispaniya va Italiyada 5 yildan 10 yilgacha;
- Niderlandiya va Portugaliyada 5 yildan 20 yilgacha;
- Rossiyada 20 yilgacha;
- Fransiyada qat’iy belgilanmagan, asosan 20 yildan 40 yilgacha;
- Shveytsariyada 5 yildan 40 yilgacha;
- Shvetsiyada 12 yil;
- Yaponiyada 5 yilgacha.
Misol. 
Ishlab chiqarish korxonasi 100 mln so‘mlik narxda boshqa 
tashkilotni sotib oladi. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan 
sanada sotib olinayotgan tashkilot buxgalteriya balansi m a’lumotlariga 
ko‘ra aktivlar qiymati 60 mln so‘mni, joriy qiymatdagi majburiyatlar 
summasi 12 mln so‘mni tashkil etdi.
Tegishli 
litsenziyaga ega baholash kompaniyasi o ‘tkazgan 
baholash m a’lumotlariga ko‘ra aktivlar qiymati 85 mln so‘m ga teng.
Sof aktivlar summasi 73 mln so‘mni tashkil etadi. Tegishlicha, 
gudvill summasi 27 mln so ‘mga teng (100 — 73).
11.16-jadval

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish