A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

vaqtbay - mukofot 
shaklida tarif 
stavkaga asosan beriladigan ish haqidan tashqari, korxona ishlab 
chiqilgan mukofotlash to ‘g ‘risidagi nizomga, jam oat shartnomasiga yoki 
korxona rahbari buyrug‘iga asosan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini 
bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot berish ko‘zda tutiladi.
Asosiy ish haqi, 
bu ishchining ishlagan vaqti, bajargan ishining 
miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqidir: ishbay ishlagani 
uchun hisoblagan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy 
ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish 
haqi, ishchi aybiga bogMiq bo‘lmagan holda turib qolishlarga 
hisoblangan ish haqi.
Qo‘shimcha ish haqi, 
bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan 
ishchining ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir.
Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, yosh 
bolali onalar bolalarini boqish uchun berilgan vaqt uchun hisoblangan 
ish haqi, voyaga yetmaganlar uchun imtiyozli ish vaqti uchun 
hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan 
nafaqa va boshqalar.
8.4. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish
Ishchilami 
ishga 
qabul 
qilish 
mehnat 
shartnomasi 
(yoki 
shartnomai) va u imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini 
ishga qabul qilish to‘g ‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan 
rasmiylashtiriladi.
34 Financial and m anagerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 89 page, 2014
198


Korxona 
b o‘yicha 
xodimlar jadvali 
ishlab 
chiqiladi 
va 
tasdiqlanadi, u barcha xodimlaming ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining 
miqdori ko‘rsatiladi.
Xodimlar boMimida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) 
to ‘ldiriladi, rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, 
shaxsiy varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida 
tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga 
olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi.
Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga 
shaxsiy schyot ochiladi, unda xodimning ish haqi to ‘g‘risidagi 
m a’lumotlar oyma-oy jam lanib boriladi.
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to ‘g ‘ri tashkil 
qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to ‘g ‘ri yuritish lozim.
Xodimlami ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga 
o ‘tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, 
bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli m a’lumot b o ‘lgandagina 
korxona xodimlari bilan o ‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana 
shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini hamda 
boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib 
boradi.
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun hujjatlardan foydalaniladi:
T -l shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq
T-2 shakli. Shaxsiy varaqa.
T-3 shakli. Shtat jadvali.
T-5 shakli. Boshqa ishga o ‘tkazish haqida buyruq.
T-6 shakli. T a’til berish haqida qayd.
T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq.
T-13 shakli. Tabel.
T-49 shakli. Hisob-kitob to ‘lov vedomosti.
T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti.
T-53 shakli. ToMov vedomosti.
Ish vaqtini hisobga olish uchun T - l2 shaklidagi maxsus tabeldan
199


foydalaniladi. Tabel - bo ‘lim, brigada, sex xodimlarining nomma-nom 
ro‘yxati b o iib , undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi.
Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi 
bo‘yicha ramiylashtiriladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatilib boradi.
Hisobot davri boshlanishidan avval o ‘tgan oydagi tabeldan 
xodimning ism-sharifi ko‘chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtini 
sarflashi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi. Masalan, 
mehnat 
ta’tilidagilar 
"T", 
kasallik 
varaqasi 
bo‘yicha 
ishga 
chiqmayotganlar "K" harfi va hokazolar bilan belgilanadi.
Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil 
usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan, 
kechikkan va ishga chiqmagan xodimlar to ‘liq ro‘yxat qilib boriladi. 
Ikkinchi usulda esa tabelda faqat kechikkanlar, ishga chiqmaganlar, 
y a’ni m a’lum m e’yordan chetga chiqqan xodimlar ro‘yxat qilib boriladi.
Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi 
yarmiga va oy oxiriga, y a’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel sex 
boshlig‘i tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga ish haqi hisoblash 
uchun topshiriladi.
Mehnatga haq to ‘lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash 
uchun tabel m a’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi 
hujjatlardan foydalaniladi:
- ishbay ishlash uchun naryadlar;
- raportlar;
- marshrut varaqalari;
- qaydnomalar;
- bichish kartalari va hokazo.
Mahsulotni hisobga olish bo‘yicha birlamchi hujjatning eng keng 
tarqalgan turi naryaddir. K o‘pchilik korxonalarda naryad ayrim ishchi 
yoki brigada tomonidan bajariladigan har bir ishlab chiqarish 
topshirig‘iga alohida yoziladi. Topshiriqlar sexning reja-dispetcher 
byurosi tomonidan sexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq texnologik 
karta asosida to ‘ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq bajarilgandan keyin
200


ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish hajmi bajarish 
uchun sarflanishi lozim bo‘lgan material m e’yori va haqiqatda berilgan 
materialning soni topshiriqda ko‘rsatiladi. Bu, o ‘z navbatida, ish haqini 
topshiriq asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar sarfining 
belgilangan m e’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish 
imkonini ham beradi.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari 
tizimida yuritiladi. Odatda, marshrut varaqalari sexning reja-dispetcher 
xodimlari tomonidan yozilib, unda qayta ishlanishi lozim bo‘lgan ayrim 
detallar partiyasi ishlab chiqarish topshirish sifatida qayd qilinadi, 
bajarilgan 
ish 
natijalari 
qayta 
ishlash jarayonlarining 
birinchi 
operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat qilinadi. Shu bilan 
birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi 
nazorat qilinadi.
Ishchilarga ish haqi hisoblashda y o ‘nalish varaqasi faqat bir 
smenada ishlab tamomlangan detallar bo ‘yichagina asos bo‘la oladi. 
Agar shu smenada ayrim detallaming ishlovi tugallanmasa, unda 
ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport ochiladi. Raport ish smena 
boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallami sexga j o ‘natish uchun 
ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallami j o ‘natib, bu 
haqda raportga tegishli belgi qo‘yganidan keyin u texnika nazorati 
bo'lim iga beriladi. Smena oxirida qayta ishlangan detallar soni raportda 
qayd qilinadi.
Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha rasmiylashtiriladigan 
boshlang‘ich hujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish haqini 
hisoblash bo‘limiga topshiriladi. Buxgalteriyada boshlangich hujjatlar 
tekshiriladi va qayta ishlash uchun hisoblash markaziga beriladi. Qayta 
ishlangan hujjatlar, ishchilaming tabel raqamlari buxgalteriyada sexlar 
bo‘yicha guruhlanadi va ishchilaming ish haqi shaxsiy varaqalariga 
yozib boriladi. 
Ushbu boshlang‘ich hujjatlar asosida hisoblash 
vedomosti, ish haqi bo‘yicha m e’yordan chetga chiqish vedomosti va 
boshqa hujjatlar tuziladi.
201


Korxona 
va 
tashkilotlarda 
tuzilgan 
ish 
haqini 
hisoblash 
qaydnomasida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hamda undan ushlab 
qolinadigan summalar aks ettiriladi. Ish haqini hisoblash vedomosti har 
bir sex xodimlarining toifalari bo‘yicha alohida tuziladi.
Ish haqini hisoblash qaydnomasi ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan 
hisob-kitobni rasmiylashtirish uchun asosiy hujjatdir. Bu hujjatda har bir 
tabel raqami, xodimlaming toifasi hamda to ‘lov va ushlab qolish turlari 
bo‘yicha tuziladi.
Ish haqini hisoblash vedomostining oxirgi k o‘rsatkichi to ‘lov 
vedomostini to ‘ldirish uchun hamda xodimga ish haqi berish uchun asos 
bo‘lib xizmat qiladi.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish