va ularning ahamiyati
Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz
hisobini olib borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir.
Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda aks
ettirilib boriladi, so'ngra shu dastlabki hujjatlar har tomonlama
tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilib olinadi.
Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida
buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya
provodkadari ham hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya
hisobi registrlaridan foydalaniladi.
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari - hisob yozuvlarini
(buxgalteriya provodkalarini) aks ettirishga mo'ljallangan jadvallardir.
Buxgalteriya hisobi registrlari - jumallar, vedomostlar, kitoblar,
tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki,
ularga schyotlarga tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi,
oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag'lari va ular
tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib boriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona
balans va hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob
registrlaridagi ma’lumotlaming nechog‘lik o ‘z vaqtida to‘g ‘ri va aniq
rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o ‘zim uchun, balki uning balans
va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan.
115
6.2. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari,
ularni yuritish tartibi
Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, hajmi har xilligidan kelib
chiqib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir.
Hisob registrlari turlari o ‘rganilayotganda,
ulami quyidagi
xususiyatlariga e ’tibor bermoq kerak:
1.Tashqi k o ‘rinish.
2. Ularda aks etiriladigan yozuvlaming turliligi.
3. M a’lumotlam ing hajmi.
Hisob
registrlari
tashqi
ко ‘rinishi
xususiyatlariga
ко ‘ra
quyidagicha turkumlanadi:
•
Daftarlar (kassa daftari, «bosh daftar»).
•
Kartochkalar.
•
Yaraqlar (vedomostlar).
Kartochkalar, asosan xo‘jalik mablag‘lari analitik hisobi uchun
qo‘llaniladi. Kartochkalaming kontokorrekt, ko ‘p ustunli va boshqa
turlari mavjud.
Kontokorrekt kartochka shakli pul oich o vida (qiymatda) hisobi
yuritiladigan x o ‘ja!ik jarayonlarini har bir schyotning debet va kredit
tomonlarida aks ettirilishida foydalaniladi va har bir oy oxirida schyotlar
bo‘yicha aylanmalami aniqlashda asos bo‘ladi.
K o‘p ustunli kartochkalaming yana biri sifatida “Asosiy ishlab
chiqarish”
xarajatlari hisobi uchun yuritiladigan kartochkani
misol
sifatida keltirish mumkin.
Kartochkalar
maxsus
kartotekalarda saqlanadi.
Kartotekaga
kartochkalar joylashtirilayotganda moddiy javobgarligi joylangan o ‘mi
va boshqa xususiyatlariga ahamiyat berib, guruhlarga ajratilgan holda
qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ко ‘ra 3 xil bo ‘ladi:
1. Xronologik hisob registrlari.
116
2. Tizimli hisob registrlari.
3. Kombinatsiyalashgan registrlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |