A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Statistik hisob. 
Bu hisob jam iyatim izda yuz berayotgan ommaviy, 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hodisalami o ‘rganish va nazorat qilish, ular 
to ‘g ‘risidagi m a’lumotlami yig‘ish hamda qayta ishlash tizimidan iborat. 
X o‘jalik hisobining bu turi butun davlat iqtisodiyotini va uning 
tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o ‘rganishga yo‘naltirilgan. Uning 
obyekti alohida korxona, tashkilot, butun bir iqtisodiyot yoki uning biror 
tarm og‘i bo‘lishi mumkin.
Statistik hisobda o ‘rganayotgan obyekti va qo‘yilgan maqsadiga 
qarab natura, mehnat va pul o ‘lchov birliklaridan, umumlashgan 
ko‘rsatkichlami 
olish 
uchun 
operativ 
va 
buxgalteriya 
hisobi 
m a’lumotlaridan keng foydalaniladi.
Statistik hisobni yuritish, tashkil qilish belgilangan nizom va 
y o‘riqnomalar bilan tartibga solinadi. Statistik hisobot shakllari Moliya 
Vazirligi, Davlat Statistika Q o‘mitasi, tegishli idoralar tomonidan ishlab 
chiqiladi va tasdiqlanadi. Bu hisobning o ‘ziga xos xususiyati shundaki, 
birinchidan bir turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlam i o ‘rganish, kuzatish va 
tahlil qilishda ko‘p qo‘llaniladi, ikkinchidan, boshlanish va tugallanish 
muddatlari belgilanadi. Statistik hisobni operativ hisobdan farqi 
birinchidan 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘liq sodir etilganidan 
keyingina olib boriladi, ikkinchi farqi o ‘tkazilgan kuzatish natijalari 
belgilangan hisobot shakllarida yaxlit va umumlashtirilgan holda 
ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya hisobi 
- har qanday mulkchilik shaklidagi korxona 
xo‘jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz kuzatish va nazorat qilish, sodir 
bo‘lgan voqea-hodisalami hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov 
berish 
hamda 
hujjatlarga 
asoslangan 
holda 
moliyaviy 
hisobot 
ko‘rinishida axborotlami foydalanuvchilarga taqdim qilish tizimidir.
1 1


X o ja lik hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini 
kuzatib borish;
b) kuzatish orqali olingan m a’lumotlami miqdoriy ko‘rsatmalarda 
ifodalash;
c) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish 
natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
d) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan m a’lumotlami umumlashtirish 
va guruhlashtirish, xo ‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o ‘m atish hamda 
ularga ta’sir etish.
X o‘jalik hisobining yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, 
muassasa, tashkilot va umuman butun iqtisodiyotning iqtisodiy jihatdan 
asoslangan joriy va kelgusidagi reja ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular 
bajarilishini ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Buxgalter” atamasi nemis tilidan tarjima qilganda, 
buck-k\X.ob,
halter-luiish
so‘zlarining birikmasi b o iib , kitob tutuvchi degan m a’noni 
anglatadi. Ingliz tilida so ‘zlashadigan mamlakatlarda buxgalteriya hisobi 
“accounting” deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobida har qanday xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha 
tegishli tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, 
m as’ul shaxslar tomonidan imzolangan va tasdiqlangan hujjat tuzilishi 
kerak.
Buxgalteriya hisobining boshq5sa hisob turlaridan farq qilib, bu 
hisobning predmeti va metodlari shakllangan b o iib , xo‘jalik faoliyati 
davomida qonunda belgilangan moddalar bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatini baholash, foyda va zararlarini aniqlash uchun asos yaratiladi. 
Buxgalteriya hisobidagi yozuvlar asosida belgilangan muddatlarda 
hisobot tuziladi.
Hisobni to ‘g ‘ri tashkil qilish va korxonani samarali boshqarish 
uchun ma’lum talablarga rioya qilish kerak. Bu talablar quyidagilardan 
iborat:
12


1. Hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligi. Bu talab korxonada reja 
ko‘rsatkichlarini 
hisob ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash va reja 
ko‘rsatkichlarining bajarilishi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni 
ta’minlaydi. Reja va hisob ko‘rsatkichlarini taqqoslashning zarurligi 
shundaki, korxonaning istiqboldagi ishlar rejasini tuzish uchun hisob 
ko‘rsatkichlari 
yordamida 
o ‘tgan 
davrda qanday 
natijalarga 
erishilganligi to ‘g ‘risida m a’lumotlar oladi.
2. Hisobning aniqligi va to ‘g ‘riligi. Barcha hisob m a’lumotlari aniq 
va to ‘g ‘ri bo‘lishi hamda ular ayni vaqtda obyektiv bo‘lishi lozim. Hisob 
m a’lumotlari faqat yutuqlami emas, balki kamchiliklami ham oshkora 
aks ettirishi lozim.
3. Hisobning oddiyligi va tushunarli bo‘lishi. Bu talabga ko‘ra, 
hisob ko‘rsatkichlari oddiy va barcha foydalanuvchilar uchun tushunarli 
bo‘lishi kerak, bu esa xo‘jalikni boshqarishda har bir xodimga hisob 
m a’lumotlaridan foydalana olish imkoniyatini beradi.
4. Hisobning tejamkorligi. Ushbu talabga ko‘ra, hisob ishlarini 
uzluksiz takomillashtirish va soddalashtirish, hisob olib borishning 
zamonaviy va arzon usullarini joriy qilishga hisob xodimlari sonini 
kamaytirish yo ‘li bilan erishish mumkin.
5. Hisobning to ‘liqligi va o ‘z vaqtida bajarilishi. Hisob xo‘jalik 
jarayonining hamma tomonini egallashi va u to ‘g ‘rida to ‘liq m a’lumot 
berishi lozim. Sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalari to ‘g ‘risidagi 
m a’lumotlar o ‘z vaqtida berilishi lozim. 0 ‘z vaqtida va to ‘liq olib 
borilgan hisob yordamidagina korxonaning xo‘jalik faoliyatiga to ‘g ‘ri 
rahbarlik qilish, xo‘jalik jarayonini mukammal o'rganish, sodir bo‘lgan 
kamchiliklami o ‘z vaqtida aniqlab, ulami bartaraf etish imkoniyatlariga 
ega boMishi mumkin.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish