partiyasiga o ‘tkaziladi. Agar buyurtma bitta buyumga qilingan bo ‘lsa,
uning tannarxi barcha xarajatlar y ig ‘indisi sifatida hisoblab chiqiladi.
Agar bir nechta buyum yoki buyumlar partiyasi buyurtma qilingan
bo‘lsa, xarajatlar summasini qo‘shish orqali butun partiyaning tannarxi
hisoblab chiqiladi. Bitta buyumning tannarxini aniqlash uchun
umumishlab chiqarish xarajatlari partiyadagi mahsulot birliklarining
soniga boiinadi.
Alohida buyurtmalar bo‘yicha hisobga olish asosiy hisob registri -
buyurtmani hisobga olish kartochkasini ochishdan boshlanadi.
Mahsulotlar tannarxini aniqlashning bosqichli (jarayonli) usuli
Tannarxni aniqlashning bosqichli usuli boshlang‘ich xomashyo va
materiallar ishlab chiqarish jarayonida bir qator bosqich, faza,
418
pog‘onalardan o ‘tadigan tashkilotlarda qo‘llanadi. Odatda, ushbu
usuldan mahsulot muayyan ketma-ketlikda ishlab chiqarishning barcha
bosqichlaridan o ‘tadigan sanoat korxonalarida foydalaniladi. Aksariyat
hollarda, bunday ishlab chiqarishlarda xomashyo fizikaviy-kimyoviy va
kimyoviy usullarda qayta ishlanadi hamda mahsulot olish jarayoni bir
nechta ketma-ketlikdagi texnologik bosqichlardan iborat bo‘ladi. Bunda
kalkulyatsiyalash obyekti b o iib , har bir yakunlangan bosqich (jarayon)
mahsuloti hisoblanadi, o ‘z navbatida b ira to ia bir nechta mahsulot
olinadigan bosqichlar (jarayonlar)ga ham tegishli b o iad i. Ishlab
chiqarish va boshqaruv hisobi bo‘yicha xorijiy adabiyotlarda ushbu
usulni tannarxni kalkulyatsiyalashning jarayonli usuli deb ham ataladi89.
Bosqichli
(jarayonli)
usulning
mohiyati
shundan
iboratki,
to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri xarajatlami joriy hisobda mahsulot turlari bo‘yicha
emas, balki ishlab chiqarish bosqichlari bo ‘yicha aks ettiriladi, hattoki
bitta bosqichda turli xildagi mahsulotlami olish imkoniyati b oiganda
ham. Demak, xarajatlami hisobga olish obyekti b o iib bosqich, y a’ni
ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.
Tegishli ravishda, mahsulot tannarxini aniqlashning bosqichli
usulidan kelib chiqib «bosqich» so ‘ziga ta ’rif berish mumkin. Bosqich -
bu texnologik jarayonning bir qismi (texnologik operatsiyalar yig‘indisi)
b o iib , natijada tayyor yarim fabrikatni olish bilan yakunlanadi hamda
ushbu mahsulotni ishlab chiqarishning keyingi bosqichiga (jarayoniga)
o ‘tkazish yoki chetga realizatsiya qilish mumkin b o iad i. Birlamchi
materialning barcha ishlab chiqarish bosqichlardan o‘tishi natijasida
tayyor mahsulot olinadi, y a’ni oxirgi bosqichdan endi yarim fabrikat
emas, balki oxirgi tayyor mahsulot chiqadi.
Xarajatlami hisobga olishning bosqichli (jarayonli) usulining
xususiyatlari b o iib quyidagilar hisoblanadi:
- har bir bosqich (jarayon) uchun 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
sintetik schyotiga analitik hisobni tashkil qilish;
- alohida buyurtmalami hisobga olmasdan xarajatlami bosqichlar
bo‘yicha umumlashtirish, ya’ni har bir bosqich mahsuloti tannarxini
C o lin D ru ry . M a n a g e m e n t a n d C o s t A c c o u n tin g , 8 th ed itio n . 2 0 1 2 . p. 415
419
butunlay kalkulyatsiya qilish;
- xarajatlami tayyorlash vaqti bo‘yicha emas, balki kalendar davr
bo‘yicha hisobdan chiqarish.
Shuni
ham
ta’kidlash
joizki,
bosqichli
kalkulyatsiyalash
xomashyodan kompleks foydalanadigan sanoat tarmoqlarida keng
qo‘llanilib, unda ishlab chiqarish jarayoni mustaqil texnologiyaga va
ishlab chiqarishni tashkil qilish alohida texnologik sikllariga ega bo‘lgan
alohida bosqichlardan iborat. Bunday tarmoqlarga, masalan, kimyo, neft
qazib olish, sement ishlab chiqarish, metallurgiya, sellyuloza-qog‘oz, ip-
gazlama va boshqa sanoat turlari kiradi. Sanab o ‘tilgan sanoat
korxonalarida material sarflanishi yuqori darajadaligini hisobga olib,
ishlab chiqarishni hisobga olish shunday tashkil etiladiki, ishlab
chiqarishda materiallardan foydalanish nazorat ostida bo‘ladi. Aksariyat
hollarda
ushbu
tarmoqlar
korxonalarida
birlamchi
xomashyo,
mahsulotning yoki yarim fabrikatning, brak va chiqindilaming chiqish
balanslarini hisoblab chiqish qo ‘llaniladi. 0 ‘z navbatida, turli xildagi
mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, agar butun texnologik jarayonni
doimiy takrorlanib turuvchi operatsiyalarga bo ‘lish imkoniyati mavjud
bo‘lsa, xarajatlami hisobga olishning ushbu usulidan foydalanadi.
Tannarxni kalkulyatsiyalashning bosqichli usulida xarajatlami
hisobga olish va jam g ‘arish jarayoni mahsulotni ishlab chiqarish
bosqichida uning ketma-ketligidan keyin amalga oshiriladi. Har bir
bosqich (jarayon) (bo‘linma, sex) uchun odatda nazorat (analitik)
schyoti belgilanadi hamda bevosita va bilvosita xarajatlar har bir
bosqich bo‘yicha taqsimlanadi. Xarajatlami bosqichli (jarayonli)
kalkulyatsiya qilish tizimi buyurtmali usuldagi kalkulyatsiyalash
tizimiga qaraganda amalga oshirish (foydalanish) uchun osonroq
hisoblanadi, chunki bu yerda xarajatlami har bir mahsulot birligi
b o‘yicha batafsil detallashtirish kerak emas. Bundan tashqari, xara
jatlam i buyurtmali usulda kalkulyatsiyalashda bilvosita hisoblangan
ko‘pgina sarf-xarajatlar bosqichli kalkulyatsiyalash usulida bevosita
xarajatlarga aylanishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini
nazorat
qilish
xarajatlari
yoki
ishlab
chiqarish
quvvatlarining
420
amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar bitta bo‘linmada ishlab chiqarish
xarajatlarini bosqichli kalkulyatsiyalashda bevosita sarf-xarajatlaming
bir qismi hisoblanadi, chunki bevosita muayyan maqsadli sarf-xarajatga
(muayyan bo‘linmaga yoki jarayonga) tegishli. Biroq buyurtmali usulda
kalkulyatsiyalash tizimida ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish
xarajatlari yoki ishlab chiqarish quvvatlarining amortizatsiyasi bo‘yicha
xarajatlar, odatda, bilvosita xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish ustama
xarajatlari hisoblanadi, chunki bevosita aniq bir buyurtmaga nisbatan
hisobga olinmaydi.
Bosqichli usul tashkilotning qaysi tarmoqqa mansubligiga b o g iiq
holda ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: yarim tayyor mahsulotli
va yarim tayyor mahsulotsiz variantlarda.
Yarim tayyor mahsulotli variantda har bir bosqich bo‘yicha
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblab chiqariladi hamda u
aw algi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ning tannarxi va mazkur
bosqich bo‘yicha xarajatlardan
iborat bo iadi.
Oxirgi
bosqich
mahsulotining tannarxi barcha tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar)
tannarxi b o iib hisoblanadi.
Yarim tayyor mahsulotsiz variantda faqat oxirgi bosqich mahsulot
(ishlar, xizmatlar) tannarxigina hisoblab chiqariladi. Bunda xarajatlar
aw alg i bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ning tannarxini hisobga
olmasdan, har bir bosqich b o ‘yicha alohida hisobga olinadi. Tayyor
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga barcha alohida bosqichlar
bo‘yicha uni ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi.
Xarajatlami bosqichli (jarayonli) usulda hisobga olishning yarim
tayyor mahsulotli variantida batafsilroq to ‘xtalib o ‘tamiz, chunki ushbu
variant nisbatan ko ‘proq tarqalgan hisoblanadi. Yuqorida aytib
o ‘tilganidek, tayyorlanayotgan mahsulot bir jarayondan boshqasiga
o ‘tkazilgani sayin, u bilan birga oldingi bosqichdagi ishlab chiqarish
xarajatlari ham o ‘tib boradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayonida
joriy tannarx jam g ‘arilib boradi va oldingi umumiy xarajatlar
summasiga oxirgi b o iin m a xarajatlarining qo‘shilishi yakuniy tannarxni
keltirib chiqaradi. Demak, tayyor mahsulot birligining tannarxi oldingi
421
ishlab chiqarish jarayonlarida jam g ‘arilgan barcha xarajatlarini va ko‘rib
chiqilayotgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga
bo‘lish natijasida hosil bo‘ladi.
Mahsulot birligiga sarflami aniqlash uchun qilingan barcha ishlab
chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga taqsimlash
lozim. Mahsulot birligiga xarajatlar boshqa jarayonga (bo‘linmaga)
berilgan mahsulotga va davr oxirida jarayon zaxirasidagi (shu
bo‘linmadagi) mahsulotga xarajatlami
o ‘tkazish uchun bazadir.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo ‘lmaganda, ya’ni jarayonga kiritilgan
barcha mahsulot birliklariga m a’lum davrda ishlov berish tugallangan
b o ig an d a hisoblar oson b o ia r edi. Amalda davr boshida (oxirida)
mahsulotga ishlov berish qisman tugallangan hamda, tugallanmagan
birliklarga ham taqsimlanishi kerak. Bunda ommaviy ishlab chiqarish
korxonalarida hisobot davri boshlanishida va oxirida
hamisha
bo‘ladigan tugallanmagan ishlab chiqarish shartli tugallangan buyumga
aylantirib hisoblanadi. Bu miqdor quyidagi summaga tenglashtiriladi:
1.Mazkur
hisobot
davrida
boshlangan
va
tugallangan
buyumlaming umumiy miqdoriga.
2. Hisobot davri boshida va oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish
ustida bajarilgan ishlami aks ettiruvchi yig'masiga.
Tannarxni jarayonlar bo‘yicha kalkulyatsiya qilish usulida bevosita
material sarflar buyumni ishlab chiqarishga kiritish paytida amalga
oshadi, bevosita mehnat xarajatlari va umumiy ishlab chiqarish sarflari
ishlov berish xarajatlari deb atalgan gum hga birlashtiriladi hamda butun
ishlab chiqarish bosqichi davomida baravar (bir maromda) taqsimlanadi.
Shu sababli materiallar bo‘yicha shartli birliklar ishlov berish bo‘yicha
shartli birliklar miqdoridan farq qiladi.
Odatda amaliyotda tugallanganlik darajasini aniqlash vaqti ishlab
chiqarishni hisobga olish schyotlari qanchalik tez-tez tahlil qilinishiga
hamda ishlab chiqarish (ichki) hisoboti davriyligiga (haftalik, o‘n
kunlik, oylik va h.k.), shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining
smenaligi bilan bog‘liq. Tugallangan foiz ko ‘rsatkichi, odatda, tegishli
422
malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar, masalan, texnolog, muhandis, bosh
laborant, ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i va hokazolar tomonidan
aniqlanadi. Albatta, tugallanganlik foizini aniqlash tegishli resurslami va
ma’lum vaqtni taqozo etadi, monitoring shaklida (ko‘lamli ko‘rik),
yarim tayyor mahsulot namunalarini olish hamda o ‘lchashlar va hisob-
kitoblami o‘tkazish, laboratoriya tahlili natijalarini olish, ishlab
chiqarish dastgohlari va o‘lchagichlari ko‘rsatkichlarini olish va
hokazolar yordamida olib boriladi.
Ekvivalent birliklami qo'llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
qiyinchiliklar shundan iboratki, har qanday tovarlar partiyasida bu-
yumlaming hammasi (ulaming tannarxi mahsulot chiqishi tannarxiga
teng) bir xil tugallanganlik darajasiga ega bo‘lmaydi. Chunonchi, ishlab
chiqarish siklining boshidanoq materiallar to‘liq ishlab chiqarishga
berilishi mumkin, ulaming tannarxi butunlay mahsulotga o ‘tadi, mehnat
xarajatlari va ishlab chiqarish ustama xarajatlari esa jarayon davomida
oshib boradi. Shunday ekan, materiallar qiymati yuz foiz mahsulotga
o ‘tishi mumkin, mehnat xarajatlari va ishlab chiqarish ustam a xarajatlari
esa faqat qisman o ‘tadi. Bunday hollarda tannarxning har bir
komponenti bo ‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulyatsiyalash
zamr.
Shartli (ekvivalent) birliklarini aniqlash: barcha ishlab chiqarish
faqat tugallangan birlikka olib borganda, ishlab chiqarilishi mumkin
bo‘lgan birliklar miqdori hisoblab chiqiladi. Masalan, davr oxirida
tugallanmagan ishlab chiqarishda 1000 ta mahsulot birligi bo‘lsa va
80 %iga ishlov berish tugallangan bo‘lsa, ekvivalent ishlab chiqarish
800 birlikni tashkil qiladi (1000 x 80 %).
Ekvivalent ishlab chiqarish materiallar va qo‘shilgan xarajatlar
bo‘yicha alohida hisoblanadi. Masalan, davr oxirida tugallanmagan
ishlab chiqarishda 1000 ta birlik bo‘lib, 90 % materiallar bo‘yicha
tugallangan va 50 % qo‘shilgan xarajatlar bilan tugallangan bo‘Isa,
materiallar bo‘yicha ishlab chiqarish ekvivalenti 900 birlikni (1000 x 90
423
%) va qo ‘shilgan xarajatlar bo ‘yicha 500 birlikni (1000 x 50 %) tashkil
qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari o ‘rtacha tortilgan usuldan va FIFO
usulidan
foydalanib,
tugallanmagan
ishlab
chiqarishga,
tayyor
mahsulotga, sotilgan mahsulotning tannarxiga o ‘tkaziladi.
Boshqa jarayonga berishni (tayyor mahsulotni) va tugallanmagan
ishlab chiqarishni baholash. Kalkulyatsiyalashning jarayonli usulida
o‘rtacha tortilgan usuldan yoki FIFO usulidan foydalanish mumkin.
1) 0 ‘rtacha tortilgan usul.
0 ‘rtacha tortilgan usul hisobot davridagi ishlab chiqarish
xarajatlarini davr boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari
bilan o ‘rtacha miqdorga keltiradi. Ekvivalent ishlab chiqarish davr
davomida tugallangan
mahsulot birliklarini tugallangan ishlab
chiqarishdagi ekvivalent birliklarini qo‘shish bilan aniqlanadi. So‘ngra
umumiy xarajatlar (davr boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish
xarajatlari va joriy xarajatlar) mahsulot birligiga xarajatlami aniqlash
uchun ekvivalent birliklarga taqsimlanadi.
2) FIFO usuli.
FIFO usuli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buyumlar davr
boshida tugallanishini, so‘ngra yangi buyumlar ishlab chiqarishga
kiritilishini nazarda tutadi. FIFO usulini tushunish uchun murakkab
bo‘lsa ham o ‘rtacha tortilgan usulga nisbatan aniqroq natija beradi, eng
muhimi esa, haqiqiy shart-sharoitga asoslanadi. Bunday yondashuv davr
davomida ekvivalent birliklami ishlab chiqarish natijasida vujudga
kelgan joriy xarajatlami taqsimlashga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |