A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


  Qayta ishlashga berilgan xomashyo bilan bogMiq



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/294
Sana28.01.2023
Hajmi10,8 Mb.
#904200
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

9.6. 
Qayta ishlashga berilgan xomashyo bilan bogMiq
operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Daval xomashyosi - daval xomashyosini qayta ishlash to ‘g ‘risida 
tuzilgan shartnomaga muvofiq, buyurtmachiga qayta ishlashdan olingan
277


mahsulotni qaytarib berish sharti bilan sanoat asosida qayta ishlash 
uchun boshqa shaxsga - qayta ishlovchiga berilgan va buyurtmachiga 
tegishli bo‘lgan xomashyo va materiallardir.
Buyurtmachi - daval xomashyosini sanoat asosida qayta ishlashga 
berayotgan tashkilot;
Qayta ishlovchi - daval xomashyosini sanoat asosida qayta 
ishlashga qabul qiluvchi va qayta ishlashdan olingan mahsulotni 
kelgusida buyurtmachiga qaytarib beruvchi tashkilot.
Daval 
xomashyosini 
qayta 
ishlovchiga 
berish 
“Daval 
xomashyosini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi” yoki “Daval 
xomashyosini topshirish nakladnoyi” bilan rasmiylashtiriladi.
Daval xomashyosi harakatining nazoratini ta’minlash maqsadida 
“Daval xomashyosini hisobga olish vedomosti”ni yuritish lozim. Daval 
xomashyosini hisobga olish vedomosti qayta ishlovchining rahbari 
tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatlangan shaxslar 
tomonidan imzolanadi.
Daval 
xomashyosini 
qayta 
ishlashdan 
olingan 
mahsulot 
buyurtmachiga qaytarib berilganda, daval xomashyosini qayta ishlash 
bo‘yicha ishlaming haqiqatda bajarilganligini tasdiqlovchi schyot- 
faktura hamda “Daval 
xomashyosini qayta ishlashdan olingan 
mahsulotni 
qabul 
qilish-topshirish 
dalolatnomasi” 
va 
“Daval 
xomashyosining ishlatilishi to ‘g ‘risida hisobot” yozib beriladi.
“Daval xomashyosining ishlatilishi to ‘g ‘risida hisobot” ikki 
nusxada tuziladi, qayta ishlovchining vakolatli shaxsi tomonidan 
imzolanadi. Birinchi nusxa buyurtmachiga beriladi, ikkinchisi esa qayta 
ishlovchida qoladi.
Masala. “Paxta tozalash” AJ (davalga beruvchi) o ‘zi qayta 
ishlashga ulgurmayotgan paxta xomashyosini daval asosida qayta 
ishlash uchun o ‘ziga eng yaqin joylashgan “Amu paxta tozalash” AJ 
(qayta ishlovchi) bilan shartnoma tuzdi. Daval asosida beriladigan paxta 
xomashyosining qiymati 17 000 000 so‘m. “Amu paxta tozalash” AJ
278


daval asosida berilgan paxta xomashyosining 2 000 000 so‘m 
qiymatdagi chigitini qaytarib berdi. Taxminiy smetaga muvofiq daval 
asosida berilgan paxta xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan 
ish va xizmatlar qiymati 1 800 000 so‘mni tashkil etadi. Shartnoma 
shartiga ko‘ra daval asosida berilgan paxta xomashyosini qayta ishlash 
bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar uchun haq to‘lash taxminiy smetada 
ko‘rsatilgan qiymatning 40 
%
oldin avans tariqasida amalga oshiriladi.
9.10-jadval

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish