Birlamchi hujjatning nomi
to ‘g ‘risida hisobot
26.
S M -21-son shakl. E k sp ed ito r hisoboti
27.
IN V -2-son shakl. Inventarlash y o rlig ‘i
28.
IN V -3-son shakl. T o v ar-m o d d iy b o y lik lam in g inventarlash r o ‘yxati
29.
IN V -4-son shakl. Y uklangan to v arlam i inventarlash dalolatnom asi
30.
IN V -5-son shakl. M a s ’ul saq lash g a qabul qilingan (to p sh irilg an ) tovar-
m oddiy b o y lik lam in g inventarlash ro 'y x a ti
31.
IN V -
6-son shakl. Y o id a boMgan m aterial va tovarlam i inventarlash
dalolatnom asi
32.
IN V -19-son shakl. Solishtirish qaydnom asi
M -l-son shakl. “Kelib tushayotgan yuklami hisobga olish jum ali”.
Yuklami olish va ulami korxonaning omboriga kirim qilish bilan bogMiq
transport, tovar va boshqa hujjatlami ro‘yxatlash va nazoratga olish
uchun qo'llaniladi.
Qaydnoma korxona buxgalteriyasida yoki ta’minot bo ‘limida
transport va ortish hujjatlari, kirim orderlari, materiallami qabul qilish
dalolatnomalari asosida yuritiladi.
Qaydnomada
kirim
orderlari
(yoki
qabul
qilish
dalolatnomalari)ning
raqamlari,
korxona
omboriga
moddiy
qiymatliklaming kelib tushish sanalari qayd etiladi.
Odatda, mol yetkazib beruvchi korxonalardan materiallami
ta’minot bo‘limi ekspeditori yetkazib beradi. Mol yetkazib beruvchi
yoki transport tashkiloti omboridan materiallami olish uchun buxgalter
ekspeditorga
M-2, M-2a shakldagi ishonchnoma yozib beradi.
Ishonchnoma m a’lum moddiy qiymatliklami boshqa korxonadan olishda
alohida
mansabdor
shaxsning
o ‘z
korxonasi
nomidan
chiqish
huquqlarini rasmiylashtirish uchun qo ‘llaniladi.
Ishonchnomalami to ‘ldirish tartibi “Tovar-moddiy boyliklami
olishga ishonchnomalar berish va ulami ishonchnomalar b o ‘yicha berish
tartibi to ‘g ‘risida"gi nizomga asosan belgilangan.
263
Moddiy boyliklami olishga beriladigan ishonchnoma - korxona
mol yetkazib beruvchi lari dan tovar-moddiy boyliklami olish uchun o ‘z
vakiliga beradigan hujjatidir.
Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan
materiallami olish uchun ta ’minotchiga buxgalteriya tomonidan 15
kundan oshmaydigan muddatga ishonchnoma beriladi. Ishonchnoma
olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar ro ‘yxati korxona rahbari
tomonidan tasdiqlanadi47.
Korxona moddiy boyliklami ommaviy tarzda ishonchnoma bilan
oladigan hollarda M-2a shaklidagi ishonchnomadan foydalanadi.
Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muhrlangan
holda beriladi, so'ngra u “Berilgan ishonchnomalami hisobga olish
jum ali”da qayd qilinadi. Ekspeditor esa ishonchnomani olishda daftarga
imzo chekadi.
“Berilgan ishonchnomalami hisobga olish jum ali” raqamlangan va
ip bilan tikilib, jum alning so ‘nggi varag‘ida korxona rahbari yoki u
tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin “Mazkur jum alda
... varaq raqamlandi” degan yozuv qayd etiladi va muhr bilan
tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi.
To‘liq yoki qisman to ‘ldirilmagan ishonchnomalami hamda ular
nomiga
yozilgan
shaxslarning
imzo
namunasi
bo‘lmagan
ishonchnomalami berish taqiqlanadi.
Ishonchnomani olgan xodim materiallar olingandan keyingi
birinchi kundan qoldirmasdan unga yuklatilgan vazifani bajarganligi
hamda olingan materiallami omborga topshirganligi to ‘g ‘risidagi
hujjatlami
buxgalteriyaga
topshirishi
shart.
Ishlatilmagan
ishonchnomalar belgilangan muddati o ‘tib ketgandan keyingi kunda
buxgalteriyaga topshiriladi. Muddati o ‘tib ketgan ishonchnomalar
bo'yicha hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berish
man qilinadi.
47 G ’u lo m o v a F. B u x g a lte riy a h iso b in i m u sta q il o ‘rg a n is h u c h u n q o ‘lla n m a. -T . “ N O R M A ” 2 0 0 9 y. 218 -b .
264
Materiallami omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi.
Keltirilgan materiallar mol yetkazib bemvchining hujjatlari bilan
muvofiq b o‘lsa, omborchi M-4 shaklidagi kirim orderi tuzadi.
M-4 shakl yetkazib beruvchilardan yoki qayta ishlashdan kelib
tushadigan materiallami hisobga olish uchun qoMlaniladi. Kirim orderi
bir nusxada qiymatliklaming omborga kelib tushishi sanasida moddiy
javobgar shaxs tomonidan tuziladi. Kirim orderi qiymatliklaming
haqiqatda qabul qilingan miqdoriga tuzilishi kerak. "Pasport raqami"
ustuni qimmatbaho metal lar va toshlardan iborat moddiy qiymatliklar
bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishda to ‘ldiriladi.
Haqiqatda kirim qilingan materiallar va yuborilgan hujjatlar
orasida tafovut aniqlansa М-7-son shakl “Tovar-moddiy qiymatliklarini
qabul qilish dalolatnomasi” rasmiylashtiriladi. М-7-son shakl yetkazib
bemvchining ilova hujjatlari m a’lumotlaridan miqdor yoki sifat jihatdan
tafovutga ega moddiy qiymatliklami, shuningdek hujjatsiz kelib tushgan
moddiy qiymatliklami qabul qilishni rasmiylashtirish uchun qoMlaniladi.
Dalolatnoma moddiy javobgar shaxsdan va j o ‘natuvchining
(yetkazib bemvchining) vakili yoki manfaatdor boMmagan tashkilot
vakilidan iborat qabul komissiyasi tomonidan ikki nusxada tuziladi.
Qiymatliklar qabul qilingach, dalolatnomalar ilova qilingan
hujjatlar (tovar-transport yukxatlari) bilan birga quyidagilarga taqdim
etiladi:
bittasi - moddiy qiymatliklar harakatini hisobga olish uchun
korxona buxgalteriyasiga;
ikkinchisi - yetkazib beruvchi nomiga da’vo xatini rasmiylashtirish
uchun ta’minot boMimiga yoki buxgalteriyaga.
Dalolatnoma tuzilganida kirim orderi rasmiylashtirilmaydi.
Korxonaga kelgan hujjatlar operativ xodim tomonidan kelgan
materiallami qayd qilish uchun ochilgan M -l shaklidagi maxsus
jurnalda ro‘yxatga olinadi hamda shartnomada ko‘zda tutilgan talablarga
mos kelishi nazoratdan o ‘tkaziladi.
265
M -l shakl yuklami olish va ulami korxonaning omboriga kirim
qilish bilan bog‘liq transport, tovar va boshqa hujjatlami ro‘yxatlash va
nazoratga olish uchun qo‘llaniladi. Jumal korxona buxgalteriyasida yoki
ta ’minot bo‘limida transport va ortish hujjatlari, kirim orderlari,
materiallami qabul qilish dalolatnomalari asosida yuritiladi. Jumalda
kirim orderlari (yoki qabul qilish dalolatnomalari)ning raqamlari,
korxona omboriga moddiy qiymatliklarining kelib tushish sanalari qayd
etiladi.
M -l 2-son
shakl
“Materiallami
hisobga olish
varaqachasi”
materiallaming har bir navi, turi va o ‘lchami bo‘yicha ombordagi
harakatini hisobga olish uchun qo‘llanadi; materiallaming har bir
nomenklatura raqamiga to'ldiriladi
va moddiy javobgar shaxs
(omborchi, ombor mudiri) tomonidan yuritiladi. Varaqachada yozuvlar
birlamchi kirim-chiqim hujjatlari asosida operatsiya sodir etilgan kunda
qayd etiladi.
Tovar-transport yukxatlari (TTYu) Adliya vazirligi tomonidan
2004-yil 2-iyulda 1382-son bilan ro‘yxatga olingan “Tashuvchilaming
yuk avtomobillari uchun y o ‘l varaqalari, tovar-transport yukxatlarini
tayyorlash, hisobga olish, to ‘ldirish va qayta ishlash b o‘yicha
y o ‘riqnoma”ning qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Avtomobil
transportida yuklami tashishda TTYu yuk j o ‘natuvchi tomonidan har bir
yuk oluvchi nomiga, har bir y o‘l uchun alohida to ‘rt nusxada tuziladi:
- birinchi nusxa yuk j o ‘natuvchida qoladi va tovar-moddiy
qiymatliklarini hisobdan chiqarish uchun moMjallanadi;
- ikkinchi nusxa haydovchi tomonidan yukni oluvchiga topshiriladi
va yukni oluvchi tovar-moddiy qiymatliklarini kirim qilishi uchun
m o‘ljallanadi;
- yukni oluvchi tomonidan imzolar va muhrlar bilan tasdiqlangan
uchinchi va to ‘rtinchi nusxalar esa, yuk tashuvchiga beriladi. Uchinchi
nusxa to ‘lovchi-avtotransport buyurtmachisi bilan hisoblashishlar uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi va tashish uchun hisobvaraqqa ilova qilinadi.
266
To‘rtinchi
nusxa
esa
transport
xizmatlarini
hisobga
olish,
haydovchilarga mehnat haqini hisoblash uchun asos bo ‘lib, u yo‘l
varaqasiga ilova qilinadi.
М-8-son shakl. Cheklab olish varaqasi - materiallami berishning
cheklangan miqdorlari mavjud boMganda, ulami berish uchun,
mahsulotlar ishlab chiqarilishida muntazam ravishda ishlatiladigan
materiallaming berilishini rasmiylashtirish uchun, shuningdek ishlab
chiqarish ehtiyojlari
uchun materiallami berishning
belgilangan
cheklangan miqdorlariga rioya qilinishini joriy nazorat qilish uchun
qoMlanadi hamda ombordan moddiy boyliklami hisobdan chiqarishni
tasdiqlovchi hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Cheklab olish varaqasi materialning har bir nomi (nomenklatura
raqami)ga ikki nusxada yoziladi. Bir nusxasi oy boshiga qadar tarkibiy
boMinma - material iste’molchisiga, ikkinchisi esa - omborga beriladi.
Ishlab chiqarishga materiallami berish ombor tomonidan tarkibiy
boMinma vakili o ‘z cheklab olish varaqasini taqdim etganda amalga
oshiriladi.
Omborchi har ikkala nusxada materiallami berish sanasi va
miqdorini qayd etadi, so‘ngra materiallaming nomenklatura raqami
bo‘yicha cheklangan miqdorlar qoldig‘ini chiqaradi. Cheklab olish
varaqasida omborchi, omboming cheklab olish varaqasida esa tarkibiy
bo‘linma vakili imzo chekadi.
Birlamchi hujjatlar sonini kamaytirish uchun materiallar berilishini
bevosita materiallami hisobga olish varaqachasida rasmiylashtirish
tavsiya etiladi. Ushbu vaziyatda materiallami berishga chiqim hujjatlari
rasmiylashtirilmaydi, operatsiyaning o ‘zi bir nusxada yoziladigan
cheklab olish varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Berish limitini varaqaning o ‘zida ham ko‘rsatish mumkin. Tarkibiy
bo‘linma vakili materiallami olishda bevosita materiallami hisobga olish
varaqachasiga imzo chekadi, cheklab olish varaqasida esa omborchi
imzo
chekadi.
Cheklab
olish
varaqasida
ishlab
chiqarishda
267
foydalanilmagan (qaytarilgan) materiallar hisobi ham yuritiladi. Bunda
hech qanday q o ‘shimcha hujjatlar tuzilmaydi.
Belgilangan cheklangan miqdorlardan ortiqcha materiallar berish
va bir turdagi materiallami boshqasiga almashtirib berishga korxona
rahbari yoki bunga vakil qilingan shaxsning ruxsatiga ko ‘ra yo ‘l
qo‘yiladi.
Moddiy boyliklami berish cheklab olish varaqasida belgilangan
omborlarda amalga oshiriladi. Omborchi cheklab olish varaqasida
materiallami
berish
sanasi
va miqdorini
qayd
etadi,
so‘ngra
materiallaming har bir nomenklatura raqami bo ‘yicha cheklangan
miqdorlar qoldig‘ini chiqaradi.
Cheklangan miqdorlardan foydalanilgandan keyin cheklab olish
varaqasi ombordan buxgalteriyaga topshiriladi.
M-10-son shakl. Dalolatnoma-talabnoma - materiallami ishlab
chiqarishga,
xo‘jalik
va
boshqa
ehtiyojlar
uchun
cheklangan
miqdorlardan ortiqcha bir martalik berilishini rasmiylashtirish uchun
qo‘llanadi. B o‘limlar - material iste’molchilari tomonidan ikki nusxada
yoziladi. Bir nusxasi omboming moddiy javobgar shaxsi imzosi bilan
oluvchida, ikkinchisi esa oluvchining imzosi bilan ombor mudiri
(omborchi)da qoladi.
Materiallami yaroqsiz mahsulotlar, qo‘shimcha sarf, ishlab
chiqarish dasturini ortig‘i bilan bajarish sabablariga k o ‘ra ishlab
chiqarishga cheklangan miqdorlardan ortiqcha berish faqat korxona
rahbari yoki u tomonidan belgilangan vakil shaxs mxsati bilangina
amalga
oshiriladi.
Dalolatnoma-talabnomada
sabablar
kodi
va
qo ‘shimcha sarf aybdori ko ‘rsatilishi kerak.
M -l 1-son shakl. Talabnoma-yukxat - materiallami korxona ichida
tarkibiy bo ‘Iinmalar yoki moddiy javobgar shaxslar o ‘rtasida berilishini
hisobga olish va rasmiylashtirish uchun qo ‘llanadi. Talabnoma-yukxatni
moddiy boyliklami topshiruvchi tarkibiy bo‘Iinmadagi moddiy javobgar
shaxs 2 nusxada tuzadi. Bir nusxasi topshiruvchi ombor uchun
268
boyliklami hisobdan chiqarish uchun, ikkinchisi esa qabul qiluvchi
ombor uchun boyliklami kirim qilish uchun asos boMib xizmat qiladi.
Ushbu yukxatlar bilan birga ishlab chiqarishdagi sarflanmagan
m ateriallaming qoldig‘ini, agarda ular avval talabnoma bo‘yicha olingan
bo‘lsa, omborga yoki omborchiga topshirish, shuningdek chiqindilar va
yaroqsiz
mahsulotlami
topshirish
bo‘yicha
operatsiyalar
rasmiylashtiriladi.
Talabnoma-yukxat topshimvchi va oluvchining moddiy javobgar
shaxslari tomonidan imzolanadi va materiallami harakatini hisobga olish
uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
SM -l-son shakl. Tovar-moddiy boyliklami saqlashga qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi - yuk beruvchilar tomonidan saqlovchi
korxonaga saqlash uchun berilgan tovar-moddiy boyliklami qabul
qilish-topshirishni hisobga olish uchun qoMlanadi.
Hujjat maishiy saqlashda ham, professional saqlovchi ishtirokida
amalga oshiriladigan saqlashda ham qoMlanadi.
Saqlash shartnomasi (belgilangan muddatda va “talab qilib
olgunga qadar”) asosida va unga muvofiq saqlovchi korxona va yuk
beruvchining vakillari tomonidan tuziladi.
Dalolatnoma nusxalari
soni
va tuzilgan hujjatlami
to ‘liq
to ‘plamliligi har bir aniq vaziyatda belgilanadi.
SM-2-son shakl. Saqlashga berilgan tovar-moddiy boyliklami
hisobga olish jum ali - saqlashga berilgan tovar-moddiy boyliklami
hisobga olish uchun q o ‘llanadi. Saqlovchi korxonaning moddiy javobgar
shaxsi tomonidan saqlashga topshirilgan tovar-moddiy boyliklami qabul
qilish to ‘g ‘risidagi hujjatlar m a’lumotlari asosida yuritiladi. Tovar-
moddiy boyliklami saqlashga qabul qilish, ulami saqlash muddati
tugashi bilan ulami yuk beruvchiga qaytarish moddiy javobgar
shaxsning imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Tovar-moddiy boyliklami saqlash joyidan qabul qilib olinishida,
yuk beruvchi o ‘z imzosi bilan saqlovchi korxonadan qabul qilib olingan
269
tovar-moddiy boyliklaming miqdori va sifati bo‘yicha shikoyati
y o ‘qligini tasdiqlab, imzo chekadi.
SM-3-son shakl. Saqlashga berilgan tovar-moddiy boyliklami
qaytarish to‘g ‘risida dalolatnomasi - saqlovchi korxona tomonidan
saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy boyliklami yuk beruvchiga
qaytarishni hisobga olish uchun qo‘llanadi.
Saqlovchi korxonaning moddiy javobgar shaxsi tomonidan tovar-
moddiy boyliklami saqlash muddati tugashi bilan ulami yuk bemvchiga
qaytarishda ikki nusxada tuziladi. Bir nusxasi saqlovchi korxonada
qoladi, ikkinchisi esa yuk beruvchiga beriladi.
SM-15-son shakl. Tovar-moddiy boyliklar bahosini kamaytirish
to ‘g ‘risida dalolatnoma - turli xil sabablarga ko‘ra m a’nan eskirganda,
xaridor talabi pasayganda, sifatini pasayish belgilari aniqlanganda tovar-
moddiy boyliklar bahosini
kamaytirishni rasmiylashtirish uchun
qo‘llanadi.
Komissiyaning m as’ul shaxslari tomonidan 2 nusxada tuziladi va
imzolanadi. Bir nusxasi buxgalteriyaga yo‘naltiriladi, ikkinchisi saqlash
uchun
moddiy
javobgar
shaxsga
beriladi
yoki
tovar-moddiy
qimmatliklami juda past narx bo ‘yicha qayta sotish yoki ulami yetkazib
beruvchi (ishlab chiqaruvchi)ga qaytarish uchun savdoga topshirish
uchun tovar yukxatiga ilova qilinadi.
SM-18-son shakl. Tayyor mahsulotlami saqlash joyiga topshirish
yukxati - tayyor mahsulotlami ishlab chiqarishdan saqlash joyiga
topshirishni hisobga olish uchun q o ‘llanadi. Tarkibiy bo‘linmaning
tayyor mahsulotlami topshiruvchi moddiy javobgar shaxs tomonidan
ikki nusxada tuziladi. Bir nusxasi topshimvchi tarkibiy boMinma (sex,
uchastka, brigada)dan mahsulotlar (qimmatliklar)ni hisobdan chiqarish
uchun, ikkinchisi esa qabul qiluvchi ombor (sex, uchastka, brigada)da
mahsulotlar (qimmatliklar)ni kirim qilish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Yukxat topshiruvchi va qabul qiluvchining moddiy javobgar
270
shaxslari
tomonidan
imzolanadi
va
mahsulotlar
(qimmatliklar)
harakatini hisobga olish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.
SM-20-son shakl. Tovar-moddiy boyliklaming saqlash joylaridagi
harakati
to ‘g ‘risida
hisobot
-
hisobot
davridagi
tovar-moddiy
boyliklaming harakati to ‘g ‘risidagi hisobot (tovar hisoboti)ni moddiy
javobgar shaxs tomonidan buxgalteriyaga taqdim etish uchun qoMlanadi.
Yozuvlar har bir kirim va chiqim hujjatlari va tovarlaming
assortimentlari b o‘yicha qoldiqlari b o ‘yicha qayd qilinadi. Tuzilgan
hujjatlaming nusxalar soni va bekam-ko‘stligi har bir aniq vaziyatda
belgilanadi.
SM-21-son shakl. Ekspeditor hisoboti - yuk oluvchi tomonidan
ishlab chiqamvchi (yetkazib bemvchi) korxonaning j o ‘natish xizmati
orqali keltirilgan tovar-moddiy qimmatliklami hisobga olish uchun
qo‘llanadi.
Ekspeditor (haydovchi - ekspeditor) avtotransportning har bir
qatnovi bo‘yicha yuk oluvchi tomonidan yetkazilgan tovar-moddiy
qimmatliklar uchun o ‘z korxonasi buxgalteriyasi oldida hisob beradi.
Yuk oluvchi tomonidan tovar-moddiy qimmatliklami yetkazib
berish natijalari asosida ekspeditor (haydovchi - ekspeditor) tomonidan
tuziladi.
Tuzilgan hujjatlaming nusxalar soni va bekam-ko‘stligi har bir
aniq vaziyatda belgilanadi.
Tovar-moddiy
zaxiralaming
sarflanishi
(chiqib
ketishi)ni
buxgalteriya hisobida hisobga olishning muhim xususiyatlari mavjud.
Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralaming qiymati chiqib ketish
dalilini aniqlash paytida balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Tovar-
moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan:
- sotish;
- boshqa tashkilotning ustav kapitaliga ta’sis ulushi ko‘rinishida
berish;
ta’sischi ta ’sischilar tarkibidan chiqqanida yoki tugatilayotgan
271
xo‘jalik yurituvchi subyektning mol-mulkini uning ishtirokchilari
o ‘rtasida taqsimlayotganda ilgari tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan
ulushni ta’sischiga qaytarish;
- tekinga berish;
- ayirboshlash;
- saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jism onan va
m a’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo‘q qilish);
- kamomad, yo'qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish)
aniqlanishi;
- tovar qarzi ko‘rinishida taqdim etish yoki ilgari olingan tovar
qarzini qaytarish;
- boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Tovar-moddiy zaxiralaming chiqib ketishidan moliyaviy natija
(foyda yoki zarar) tovar-moddiy zaxiralaming chiqib ketishidan olingan
daromaddan ulam ing balans qiymati va tovar-moddiy zaxiralaming
chiqib ketishi bilan bog‘liq bilvosita soliqlami chegirish orqali
aniqlanadi.
Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralaming tannarxi bilan
bogMiq daromad tan olinadigan hisobot davrida xarajat sifatida tan
olinadi. Chiqib ketish munosabati bilan tovar-moddiy zaxiralami
istalgan hisobdan chiqarish summasi va ularga doir barcha zararlar
hisobdan chiqarish yuz bergan yoki zarar yetkazilgan hisobot davri
mobaynida xarajat sifatida hisobga olinishi kerak. Sotishning sof
qiymatini oshirish natijasida yuzaga keladigan,
ilgari hisobdan
chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralaming qiymatini tiklash summasi
oshish yuz bergan hisobot davrida xarajat sifatida tan olingan, chiqib
ketgan (shu jum ladan sotilgan) tovar-moddiy zaxiralar tannarxining
pasayishi sifatida tan olinadi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish
bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bevosita (to‘g ‘ri) xarajatlar materiallar,
xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisoblashishlar va boshqa schyotlar
272
kreditidan
2010-“ Asosiy
ishlab
chiqarish”
schyotiga
hisobdan
chiqariladi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari 2310-“Yordamchi ishlab
chiqarish” schyoti kreditidan 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyotiga
hisobdan chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish
bilan bogMiq boMgan bilvosita (egri) xarajatlar 2510-“Umumishlab
chiqarish xarajatlari» schyotidan 2010-“ Asosiy ishlab chiqarish”
schyotiga
hisobdan
chiqariladi.
2010-“ Asosiy
ishlab
chiqarish”
schyotiga shuningdek yaroqsiz mahsulotlardan yo‘qotishlar 2610-
“Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” schyoti kreditidan hisobdan
chiqariladi.
2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyotining krediti bo ‘yicha ishlab
chiqarishi tugallangan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan
xizmatlaming haqiqiy tannarxi summalari aks ettiriladi. Mazkur
summalar 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyotidan 2810-“0m bordagi
tayyor mahsulotlar”, 9130-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlaming
tannarxi” schyotlari debetiga hisobdan chiqarilishi mumkin.
2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti bo‘yicha oy oxiridagi
qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxini ko‘rsatadi.
Masala. Korxonada haqiqiy qiymati 200000 so ‘mlik ortiqcha
material borligi aniqlandi va korxona uni 250000 so ‘mga boshqa
korxonaga sotdi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka
beriladi:
* materialning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi.
Debet 9220 - 200000 so‘m
Kredit 1010-200000 so‘m.
* materialning sotish qiymati aks ettirildi:
Debet 4890 - 250000 so‘m
Kredit 9220 - 250000 so‘m.
QQS hisoblandi 50000 so‘m;
273
Debet 9220 - 50000 so‘m
Kredit 6 4 1 0 -5 0 0 0 0 so‘m.
* ortiqcha materiallami sotishdan foyda olindi (300000-200000-
50000)=50000 so‘m;
Debet 9220 - 50000 so‘m
Kredit 9320 - 50000 so‘m.
Materiallami sotishdan olingan moliyaviy natija sotish xarajatlari
hisobga olingan holda aniqlanadi hamda 9320-“Boshqa aktivlaming
chiqib ketishidan foyda” schyoti kreditiga yoki
9430-“Boshqa
operatsion xarajatlar” schyoti debetiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |