A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


partiyasiga o ‘tkaziladi. Agar buyurtma bitta buyumga qilingan bo ‘lsa



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/294
Sana28.01.2023
Hajmi10,8 Mb.
#904200
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov


partiyasiga o ‘tkaziladi. Agar buyurtma bitta buyumga qilingan bo ‘lsa, 
uning tannarxi barcha xarajatlar y ig ‘indisi sifatida hisoblab chiqiladi. 
Agar bir nechta buyum yoki buyumlar partiyasi buyurtma qilingan 
bo‘lsa, xarajatlar summasini qo‘shish orqali butun partiyaning tannarxi 
hisoblab chiqiladi. Bitta buyumning tannarxini aniqlash uchun 
umumishlab chiqarish xarajatlari partiyadagi mahsulot birliklarining 
soniga boiinadi.
Alohida buyurtmalar bo‘yicha hisobga olish asosiy hisob registri - 
buyurtmani hisobga olish kartochkasini ochishdan boshlanadi.
Mahsulotlar tannarxini aniqlashning bosqichli (jarayonli) usuli
Tannarxni aniqlashning bosqichli usuli boshlang‘ich xomashyo va 
materiallar ishlab chiqarish jarayonida bir qator bosqich, faza,
418


pog‘onalardan o ‘tadigan tashkilotlarda qo‘llanadi. Odatda, ushbu 
usuldan mahsulot muayyan ketma-ketlikda ishlab chiqarishning barcha 
bosqichlaridan o ‘tadigan sanoat korxonalarida foydalaniladi. Aksariyat 
hollarda, bunday ishlab chiqarishlarda xomashyo fizikaviy-kimyoviy va 
kimyoviy usullarda qayta ishlanadi hamda mahsulot olish jarayoni bir 
nechta ketma-ketlikdagi texnologik bosqichlardan iborat bo‘ladi. Bunda 
kalkulyatsiyalash obyekti b o iib , har bir yakunlangan bosqich (jarayon) 
mahsuloti hisoblanadi, o ‘z navbatida b ira to ia bir nechta mahsulot 
olinadigan bosqichlar (jarayonlar)ga ham tegishli b o iad i. Ishlab 
chiqarish va boshqaruv hisobi bo‘yicha xorijiy adabiyotlarda ushbu 
usulni tannarxni kalkulyatsiyalashning jarayonli usuli deb ham ataladi89.
Bosqichli 
(jarayonli) 
usulning 
mohiyati 
shundan 
iboratki, 
to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri xarajatlami joriy hisobda mahsulot turlari bo‘yicha 
emas, balki ishlab chiqarish bosqichlari bo ‘yicha aks ettiriladi, hattoki 
bitta bosqichda turli xildagi mahsulotlami olish imkoniyati b oiganda 
ham. Demak, xarajatlami hisobga olish obyekti b o iib bosqich, y a’ni 
ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.
Tegishli ravishda, mahsulot tannarxini aniqlashning bosqichli 
usulidan kelib chiqib «bosqich» so ‘ziga ta ’rif berish mumkin. Bosqich - 
bu texnologik jarayonning bir qismi (texnologik operatsiyalar yig‘indisi) 
b o iib , natijada tayyor yarim fabrikatni olish bilan yakunlanadi hamda 
ushbu mahsulotni ishlab chiqarishning keyingi bosqichiga (jarayoniga) 
o ‘tkazish yoki chetga realizatsiya qilish mumkin b o iad i. Birlamchi 
materialning barcha ishlab chiqarish bosqichlardan o‘tishi natijasida 
tayyor mahsulot olinadi, y a’ni oxirgi bosqichdan endi yarim fabrikat 
emas, balki oxirgi tayyor mahsulot chiqadi.
Xarajatlami hisobga olishning bosqichli (jarayonli) usulining 
xususiyatlari b o iib quyidagilar hisoblanadi:
- har bir bosqich (jarayon) uchun 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» 
sintetik schyotiga analitik hisobni tashkil qilish;
- alohida buyurtmalami hisobga olmasdan xarajatlami bosqichlar 
bo‘yicha umumlashtirish, ya’ni har bir bosqich mahsuloti tannarxini
C o lin D ru ry . M a n a g e m e n t a n d C o s t A c c o u n tin g , 8 th ed itio n . 2 0 1 2 . p. 415
419


butunlay kalkulyatsiya qilish;
- xarajatlami tayyorlash vaqti bo‘yicha emas, balki kalendar davr 
bo‘yicha hisobdan chiqarish.
Shuni 
ham 
ta’kidlash 
joizki, 
bosqichli 
kalkulyatsiyalash 
xomashyodan kompleks foydalanadigan sanoat tarmoqlarida keng 
qo‘llanilib, unda ishlab chiqarish jarayoni mustaqil texnologiyaga va 
ishlab chiqarishni tashkil qilish alohida texnologik sikllariga ega bo‘lgan 
alohida bosqichlardan iborat. Bunday tarmoqlarga, masalan, kimyo, neft 
qazib olish, sement ishlab chiqarish, metallurgiya, sellyuloza-qog‘oz, ip- 
gazlama va boshqa sanoat turlari kiradi. Sanab o ‘tilgan sanoat 
korxonalarida material sarflanishi yuqori darajadaligini hisobga olib, 
ishlab chiqarishni hisobga olish shunday tashkil etiladiki, ishlab 
chiqarishda materiallardan foydalanish nazorat ostida bo‘ladi. Aksariyat 
hollarda 
ushbu 
tarmoqlar 
korxonalarida 
birlamchi 
xomashyo, 
mahsulotning yoki yarim fabrikatning, brak va chiqindilaming chiqish 
balanslarini hisoblab chiqish qo ‘llaniladi. 0 ‘z navbatida, turli xildagi 
mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, agar butun texnologik jarayonni 
doimiy takrorlanib turuvchi operatsiyalarga bo ‘lish imkoniyati mavjud 
bo‘lsa, xarajatlami hisobga olishning ushbu usulidan foydalanadi.
Tannarxni kalkulyatsiyalashning bosqichli usulida xarajatlami 
hisobga olish va jam g ‘arish jarayoni mahsulotni ishlab chiqarish 
bosqichida uning ketma-ketligidan keyin amalga oshiriladi. Har bir 
bosqich (jarayon) (bo‘linma, sex) uchun odatda nazorat (analitik) 
schyoti belgilanadi hamda bevosita va bilvosita xarajatlar har bir 
bosqich bo‘yicha taqsimlanadi. Xarajatlami bosqichli (jarayonli) 
kalkulyatsiya qilish tizimi buyurtmali usuldagi kalkulyatsiyalash 
tizimiga qaraganda amalga oshirish (foydalanish) uchun osonroq 
hisoblanadi, chunki bu yerda xarajatlami har bir mahsulot birligi 
b o‘yicha batafsil detallashtirish kerak emas. Bundan tashqari, xara­
jatlam i buyurtmali usulda kalkulyatsiyalashda bilvosita hisoblangan 
ko‘pgina sarf-xarajatlar bosqichli kalkulyatsiyalash usulida bevosita 
xarajatlarga aylanishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish jarayonini 
nazorat 
qilish 
xarajatlari 
yoki 
ishlab 
chiqarish 
quvvatlarining
420


amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar bitta bo‘linmada ishlab chiqarish 
xarajatlarini bosqichli kalkulyatsiyalashda bevosita sarf-xarajatlaming 
bir qismi hisoblanadi, chunki bevosita muayyan maqsadli sarf-xarajatga 
(muayyan bo‘linmaga yoki jarayonga) tegishli. Biroq buyurtmali usulda 
kalkulyatsiyalash tizimida ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish 
xarajatlari yoki ishlab chiqarish quvvatlarining amortizatsiyasi bo‘yicha 
xarajatlar, odatda, bilvosita xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish ustama 
xarajatlari hisoblanadi, chunki bevosita aniq bir buyurtmaga nisbatan 
hisobga olinmaydi.
Bosqichli usul tashkilotning qaysi tarmoqqa mansubligiga b o g iiq
holda ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: yarim tayyor mahsulotli 
va yarim tayyor mahsulotsiz variantlarda.
Yarim tayyor mahsulotli variantda har bir bosqich bo‘yicha 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblab chiqariladi hamda u 
aw algi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ning tannarxi va mazkur 
bosqich bo‘yicha xarajatlardan 
iborat bo iadi. 
Oxirgi 
bosqich 
mahsulotining tannarxi barcha tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
tannarxi b o iib hisoblanadi.
Yarim tayyor mahsulotsiz variantda faqat oxirgi bosqich mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) tannarxigina hisoblab chiqariladi. Bunda xarajatlar 
aw alg i bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ning tannarxini hisobga 
olmasdan, har bir bosqich b o ‘yicha alohida hisobga olinadi. Tayyor 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga barcha alohida bosqichlar 
bo‘yicha uni ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi.
Xarajatlami bosqichli (jarayonli) usulda hisobga olishning yarim 
tayyor mahsulotli variantida batafsilroq to ‘xtalib o ‘tamiz, chunki ushbu 
variant nisbatan ko ‘proq tarqalgan hisoblanadi. Yuqorida aytib 
o ‘tilganidek, tayyorlanayotgan mahsulot bir jarayondan boshqasiga 
o ‘tkazilgani sayin, u bilan birga oldingi bosqichdagi ishlab chiqarish 
xarajatlari ham o ‘tib boradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayonida 
joriy tannarx jam g ‘arilib boradi va oldingi umumiy xarajatlar 
summasiga oxirgi b o iin m a xarajatlarining qo‘shilishi yakuniy tannarxni 
keltirib chiqaradi. Demak, tayyor mahsulot birligining tannarxi oldingi
421


ishlab chiqarish jarayonlarida jam g ‘arilgan barcha xarajatlarini va ko‘rib 
chiqilayotgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga 
bo‘lish natijasida hosil bo‘ladi.
Mahsulot birligiga sarflami aniqlash uchun qilingan barcha ishlab 
chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga taqsimlash 
lozim. Mahsulot birligiga xarajatlar boshqa jarayonga (bo‘linmaga) 
berilgan mahsulotga va davr oxirida jarayon zaxirasidagi (shu 
bo‘linmadagi) mahsulotga xarajatlami 
o ‘tkazish uchun bazadir. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo ‘lmaganda, ya’ni jarayonga kiritilgan 
barcha mahsulot birliklariga m a’lum davrda ishlov berish tugallangan 
b o ig an d a hisoblar oson b o ia r edi. Amalda davr boshida (oxirida) 
mahsulotga ishlov berish qisman tugallangan hamda, tugallanmagan 
birliklarga ham taqsimlanishi kerak. Bunda ommaviy ishlab chiqarish 
korxonalarida hisobot davri boshlanishida va oxirida 
hamisha 
bo‘ladigan tugallanmagan ishlab chiqarish shartli tugallangan buyumga 
aylantirib hisoblanadi. Bu miqdor quyidagi summaga tenglashtiriladi:
1.Mazkur 
hisobot 
davrida 
boshlangan 
va 
tugallangan 
buyumlaming umumiy miqdoriga.
2. Hisobot davri boshida va oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish 
ustida bajarilgan ishlami aks ettiruvchi yig'masiga.
Tannarxni jarayonlar bo‘yicha kalkulyatsiya qilish usulida bevosita 
material sarflar buyumni ishlab chiqarishga kiritish paytida amalga 
oshadi, bevosita mehnat xarajatlari va umumiy ishlab chiqarish sarflari 
ishlov berish xarajatlari deb atalgan gum hga birlashtiriladi hamda butun 
ishlab chiqarish bosqichi davomida baravar (bir maromda) taqsimlanadi. 
Shu sababli materiallar bo‘yicha shartli birliklar ishlov berish bo‘yicha 
shartli birliklar miqdoridan farq qiladi.
Odatda amaliyotda tugallanganlik darajasini aniqlash vaqti ishlab 
chiqarishni hisobga olish schyotlari qanchalik tez-tez tahlil qilinishiga 
hamda ishlab chiqarish (ichki) hisoboti davriyligiga (haftalik, o‘n 
kunlik, oylik va h.k.), shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining 
smenaligi bilan bog‘liq. Tugallangan foiz ko ‘rsatkichi, odatda, tegishli
422


malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar, masalan, texnolog, muhandis, bosh 
laborant, ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i va hokazolar tomonidan 
aniqlanadi. Albatta, tugallanganlik foizini aniqlash tegishli resurslami va 
ma’lum vaqtni taqozo etadi, monitoring shaklida (ko‘lamli ko‘rik), 
yarim tayyor mahsulot namunalarini olish hamda o ‘lchashlar va hisob- 
kitoblami o‘tkazish, laboratoriya tahlili natijalarini olish, ishlab 
chiqarish dastgohlari va o‘lchagichlari ko‘rsatkichlarini olish va 
hokazolar yordamida olib boriladi.
Ekvivalent birliklami qo'llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
qiyinchiliklar shundan iboratki, har qanday tovarlar partiyasida bu- 
yumlaming hammasi (ulaming tannarxi mahsulot chiqishi tannarxiga 
teng) bir xil tugallanganlik darajasiga ega bo‘lmaydi. Chunonchi, ishlab 
chiqarish siklining boshidanoq materiallar to‘liq ishlab chiqarishga 
berilishi mumkin, ulaming tannarxi butunlay mahsulotga o ‘tadi, mehnat 
xarajatlari va ishlab chiqarish ustama xarajatlari esa jarayon davomida 
oshib boradi. Shunday ekan, materiallar qiymati yuz foiz mahsulotga 
o ‘tishi mumkin, mehnat xarajatlari va ishlab chiqarish ustam a xarajatlari 
esa faqat qisman o ‘tadi. Bunday hollarda tannarxning har bir 
komponenti bo ‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulyatsiyalash 
zamr.
Shartli (ekvivalent) birliklarini aniqlash: barcha ishlab chiqarish 
faqat tugallangan birlikka olib borganda, ishlab chiqarilishi mumkin 
bo‘lgan birliklar miqdori hisoblab chiqiladi. Masalan, davr oxirida 
tugallanmagan ishlab chiqarishda 1000 ta mahsulot birligi bo‘lsa va 
80 %iga ishlov berish tugallangan bo‘lsa, ekvivalent ishlab chiqarish 
800 birlikni tashkil qiladi (1000 x 80 %).
Ekvivalent ishlab chiqarish materiallar va qo‘shilgan xarajatlar 
bo‘yicha alohida hisoblanadi. Masalan, davr oxirida tugallanmagan 
ishlab chiqarishda 1000 ta birlik bo‘lib, 90 % materiallar bo‘yicha 
tugallangan va 50 % qo‘shilgan xarajatlar bilan tugallangan bo‘Isa, 
materiallar bo‘yicha ishlab chiqarish ekvivalenti 900 birlikni (1000 x 90
423


%) va qo ‘shilgan xarajatlar bo ‘yicha 500 birlikni (1000 x 50 %) tashkil 
qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari o ‘rtacha tortilgan usuldan va FIFO 
usulidan 
foydalanib, 
tugallanmagan 
ishlab 
chiqarishga, 
tayyor 
mahsulotga, sotilgan mahsulotning tannarxiga o ‘tkaziladi.
Boshqa jarayonga berishni (tayyor mahsulotni) va tugallanmagan 
ishlab chiqarishni baholash. Kalkulyatsiyalashning jarayonli usulida 
o‘rtacha tortilgan usuldan yoki FIFO usulidan foydalanish mumkin.
1) 0 ‘rtacha tortilgan usul.
0 ‘rtacha tortilgan usul hisobot davridagi ishlab chiqarish 
xarajatlarini davr boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari 
bilan o ‘rtacha miqdorga keltiradi. Ekvivalent ishlab chiqarish davr 
davomida tugallangan 
mahsulot birliklarini tugallangan ishlab 
chiqarishdagi ekvivalent birliklarini qo‘shish bilan aniqlanadi. So‘ngra 
umumiy xarajatlar (davr boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish 
xarajatlari va joriy xarajatlar) mahsulot birligiga xarajatlami aniqlash 
uchun ekvivalent birliklarga taqsimlanadi.
2) FIFO usuli.
FIFO usuli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buyumlar davr 
boshida tugallanishini, so‘ngra yangi buyumlar ishlab chiqarishga 
kiritilishini nazarda tutadi. FIFO usulini tushunish uchun murakkab 
bo‘lsa ham o ‘rtacha tortilgan usulga nisbatan aniqroq natija beradi, eng 
muhimi esa, haqiqiy shart-sharoitga asoslanadi. Bunday yondashuv davr 
davomida ekvivalent birliklami ishlab chiqarish natijasida vujudga 
kelgan joriy xarajatlami taqsimlashga olib keladi.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish