A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/294
Sana28.01.2023
Hajmi10,8 Mb.
#904200
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

0 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Uzoq muddatli qo‘yilmalar hisobini yuritishda qaysi m e’yoriy 
hujjatlar asosida tartibga solinadi?
2. Uzoq muddatli qo ‘yilmalar deganda nimani tushunasiz?
3. Qimmatli qog‘ozlar ham uzoq muddatli qo‘yilmalar tarkibida 
hisobga olinadimi?
4. Uzoq muddatli qo‘yilmalar qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
5. Uzoq muddatli qo‘yilmalar bo ‘yicha olingan daromadlar qaysi 
schyotlarda hisobga olinadi?
6. Uzoq muddatli qo‘yilmalar bo‘yicha ko‘rilgan zararlar qaysi 
schyotlarda hisobga olinadi?
7. Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha olinadigan daromad va 
zararlar qanday hisobga olinadi?
8. Korxona tomonidan sotib olgan aksiyalari bo‘yicha dividend 
to ‘lovlari buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi?
9. Daromad sifatida olinayotgan dividend toiovlaridan soliq 
undiriladimi?
10. Aksiyalaming nominal va sotish baholaridagi farqlar qaysi 
schyotlarda hisobga olinadi?
314


11-BOB: ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY
AKTIVLAR HISOBI
11.1. Asosiy vositalar hisobining ahamiyati va vazifalari
Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik jarayoni nafaqat material, 
mehnat va moliyaviy resurslaridan foydalanish hisobiga balki asosiy 
vositalardan foydalanish hisobiga ham ta ’minlanadi. Har qanday ishlab 
chiqarish jarayoni tadbirkorlik qobiliyati asosida mehnat, mehnat 
vositalari 
va 
mehnat 
buyumlarini 
birlashtirilishidan 
iborat. 
Raqobatlashgan 
bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotining 
rivojlanishida, 
undagi 
mehnat 
vositalarining 
takomillashishiga, rivojlanish va ulardan samarali foydalanish darajasiga 
bevosita bog‘liqdir. Barcha ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishda 
mehnat vositalari asosiy rolni o ‘ynaydi. Buxgalteriya hisobida mehnat 
vositalarini asosiy vositalar deb yuritiladi.
Moliyaviy hisobotlaming xalqaro standartlari tizimida asosiy 
vositalaming hisobi 16-son BHXS (IAS) “Asosiy vositalar” bilan 
tartibga solinadi. Asosiy vositalami hisobi bo‘yicha moliyaviy 
hisobotlaming xalqaro standartlari va 0 ‘zbekiston Respublikasining 
buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risidagi m e’yoriy-huquqiy hujjatlarini tahlil 
qilish va taqqoslash ularda nazarda tutilgan m e’yorlar moliyaviy 
hisobotlaming xalqaro standartlari m e’yorlariga to ‘liq to ‘g ‘ri kelishini 
ko‘rsatdi.
Asosiy vositalar
- quyidagilar uchun m o‘ljallangan moddiy 
aktivlardir:59
a) mahsulotlami ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki 
xizmatlami ko‘rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki 
m a’muriy maqsadlarda foydalanish uchun m o‘ljallangan;
b) bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan.
Asosiy vositalar ishlab chiqarishning moddiy qismining asosini
59 In te rn a tio n a l A c c o u n tin g S ta n d a rd 16 P ro p e rty , P la n t a n d E q u ip m e n t. IF R S 2 0 1 6 .
315


tashkil etadi. M ehnat qurollari sifatida foydalanishga qabul qilinib, ular 
xomashyo va materiallar bilan ish kuchini birlashtirib yangi qiymat 
yaratiladigan ishlab chiqarish jarayonini ishlashini ta ’minlaydi. Asosiy 
vositalar ishlab chiqarish jarayonida o ‘zini moddiy shaklini saqlab 
qolishi bilan tavsiflanadi.
Asosiy v o sita la r - x o ‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan uzoq (bir 
yildan ortiq) m uddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot 
ishlab chiqarish, ishlami bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida 
yoxud m a’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalami amalga oshirish 
maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan m oddiy aktivlardir60.
Asosiy vositalar - kompaniyaning uzoq muddatli mol-mulki 
bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish, ishlami bajarish yoki xizmatlar 
ko‘rsatish maqsadida foydalanadigan moddiy aktivlardir61.
Asosiy vositalar k o ‘p hollarda korxona aktivlarini asosiy qismini 
tashkil qiladi va shuning uchun moliyaviy hisobotda uning moliyaviy 
holatini k o‘rsatishda katta ahamiyatga ega b o ‘ladi. Agar korxonaga 
kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch 
bo‘lsa va aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo ‘lsa, asosiy vositalar 
aktiv sifatida tan olinadi.
Asosiy vositalar obyektlarini tan olishning birinchi shartiga mos 
kelishini aniqlashda korxona boshlang‘ich tan olish vaqtida mavjud 
bo‘lgan faktlarga asoslanib kelgusida iqtisodiy foyda olinishi mumkin 
bo‘lgan ehtimollik darajasini baholashi kerak. Bu korxonani olingan 
aktivlarga egalik qilish, foydalanish va farmoyish berish bilan b o g iiq
kelgusidagi barcha mukofotlar o ‘ziga tegishli ekanliligiga va u ushbu 
aktivga egalik qilish bilan bog‘liq barcha xavfni o ‘ziga olishiga ishonchi 
komil b o ‘lishi kerakligini bildiradi. Ushbu iqtisodiy foydani olishga 
yetarli ehtimoli mavjud b o iish i korxona aktivi bilan bog‘liq iqtisodiy 
foydani olishi va tegishli xavfni o ‘ziga olishiga nisbatan aniqlashni talab 
qiladi. Bunday aniqlash odatda iqtisodiy foyda va xavf toMiq ravishda 
korxonaga o'tganda mavjud bo‘ladi. Asosiy vositalami tan olishning 
yuqorida keltirilgan ikkinchi sharti amaliyotda buxgalteriya hisobini
60 5 -so n B H M S “ A s o s iy v o s ita la r ” 0 ‘z R A V 2 0 .0 1 .2 0 0 4 y. 1 2 9 9 -so n b ila n r o ‘y h a tg a o lin g a n . 3 -b an d , a-q ism i
61 F in an cial a n d m a n a g e ria l a c c o u n tin g , 12e, C a rl S .W arren , J a m e s M .R e e v e , J o n a th a n E .D u c h a c , 8 1 8 -p a g e
316


yengil qanoatlantiradi, chunki aktivni sotib olish to ‘g ‘risida guvohlik 
beruvchi ayirboshlash operatsiyalari natijasida uning qiymati aniqlanadi. 
Bunda, agar aktiv korxonaning o ‘zining kuchi bilan yaratilgan bo‘lsa, u 
holda uning ishonchli baholanishi tashqi tomonlar bilan materiallami 
xarid qilish bilan bog‘liq operatsiyalarga, ish kuchiga haq to ‘lash va 
asosiy vositalami barpo etish (qurish) jarayonidagi boshqa xarajatlarga 
asoslanib amalga oshirilishi mumkin.
Agar mol-mulk ishlab chiqaruvchi korxonaning omborida tayyor 
mahsulot sifatida saqlanayotgan bo‘lsa, u asosiy vositalarga tegishli 
bo‘lgan belgilarga javob bersa ham asosiy vositalar tarkibiga 
kiritilmaydi. 
Masalan, 
avtomobil 
zavodining 
tayyor 
mahsulot 
omboridagi avtomobil uning tayyor mahsuloti bo‘lib hisoblanadi va 
aylanma mablag‘lar tarkibida hisobga olinadi, lekin sotilgandan keyin 
ular xaridorda asosiy vositalar obyekti bo‘lib hisoblanadi. Avtomobil 
zavodida avtomobillar o ‘zining xo ‘jalik zamriyatlari uchun ishlatilishi 
rad etilmaydi. Bu holda ular kerakli m a’muriy va hisob jarayonlari 
tugagandan keyin tayyor mahsulotlardan xususiy asosiy vositalar 
tarkibiga o ‘tkaziladi. Asosiy vositalar tarkibiga o ‘m atish (yirik hajmli 
y ig‘ish) hali boshlanmagan yoki tugallanmagan asbob-uskunalar, 
shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlari, boshqa kapital va 
moliyaviy qo‘yilmalar qo‘shilmaydi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan 
moddiy aktivlar kiritiladi:
a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati 0 ‘zbekiston Respublikasida 
(xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik 
baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar62.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan 
moddiy aktivlar kiritiladi:
a) xizmat qilish muddati - uzoq vaqt;
b) korxonaga daromad keltirishda ishtirok etish i63.
Korxona rahbari hisobot yilida buyumlami asosiy vositalar
62 5 -so n B H M S “ A so siy v o s ita la r” 0 ‘z R A V 2 0 .0 1 .2 0 0 4 y. 1 2 9 9 -so n b ila n r o ‘y h a tg a o lin g a n . 4 -b a n d , 1 -qism i
63 F in a n cia l a n d m a n a g e ria l acco u n tin g , 12e, C arl S. W a rre n , J a m e s M .R e ev e , Jo n a th a n E .D u c h a c , 8 1 8 -p a g e
317


tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini 
belgilashi mumkin.
Asosiy vositalami hisobga olishda ulam i aktiv sifatida tan olingan 
paytini belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan ulaming 
balans qiymatini va amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, 
shuningdek 
asosiy 
vositalaming 
balans 
qiymatidagi 
boshqa 
o ‘zgarishlami va ulam ing chiqib ketishi hisobiga moliyaviy natijalami 
aniqlash va hisobga olish muhim yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi. 
Shulardan kelib chiqib asosiy vositalami buxgalteriya hisobining 
vazifalari qilib quyidagilami aytib o ‘tish mumkin:
- asosiy 
vositalar 
hisobini 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
“Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risida”gi Qonuni, buxgalteriya hisobining 
milliy standartlari va boshqa m e’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish va 
yuritish;
- aktivlami asosiy vositalar sifatida qabul qilish bilan bog‘liq 
haqiqiy xarajatlami shakllantirish;
- asosiy vositalami kelib tushishi, ulam ing korxona ichida har xil 
tarkibiy bo ‘linmalar (filiallar) bo'yicha harakatini ishonchli va o ‘z 
vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish;
- asosiy vositalar obyektlarini texnik ko‘rikdan o ‘tkazish va texnik 
xizmat ko ‘rsatish, rekonstmksiya va modemizatsiya qilish uchun 
ajratilgan m ablag‘lardan oqilona foydalanishni nazorat qilish;
- amortizatsiyani 
to ‘g ‘ri 
hisoblash 
va 
buxgalteriya 
hisobi 
schyotlarida aks ettirish;
- eskirgan, xo ‘jalik uchun oshiqcha b o ig a n asosiy vositalami o ‘z 
vaqtida hisobdan chiqarishni ta ’minlash;
- hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha moliyaviy 
natijalami to ‘g ‘ri va o ‘z vaqtida aniqlash hamda hisobda aks ettirish;
- asosiy vositalami saqlash bilan b o g iiq (texnik ko‘rikdan o ‘tka- 
zish, ishchi holatida saqlash va boshqa) haqiqiy xarajatlami aniqlash;
- buxgalteriya 
hisobiga 
qabul 
qilingan 
asosiy 
vositalami 
saqlanishini nazoratini ta ’minlash;
318


- ijara munosabatidagi asosiy vositalar bo‘yicha ijara to ‘lovlarini 
o ‘z vaqtida rasmiylashtirish va to ‘lov amalga oshirilishini nazorat qilish;
- moliyaviy hisobotlarda ochib berish kerak bo‘lgan asosiy vosita­
lar to ‘g ‘risidagi axborotlami olish.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish