A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/294
Sana28.01.2023
Hajmi10,8 Mb.
#904200
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

11.4. Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish
Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risidagi qonunchilikda barcha xo‘jalik 
operatsiyalarini boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish b o ‘yicha 
talab mavjud. Hujjatlashtirish yordamida xo ‘jalik operatsiyalari amalga 
oshirilgan paytda va ular sodir etilgan joyda yoppasiga aks ettirish 
amalga oshiriladi. Shunday qilib, hujjatlashtirish bu barcha yozuvlar 
boshlang‘ich hujjatlarga asosan amalga oshiriladigan buxgalteriya 
hisobining ajralib turadigan usullaridan biridir69.
Obyektlami 
asosiy 
vositalar tarkibiga qo‘shish va ulami 
foydalanishga 
kiritish, 
shuningdek 
obyektlami 
asosiy 
vositalar
69 G a d o e v E. v a b o sh q . Y illik h iso b o t-2 0 0 8 . Т .: N O R M A , 2 0 0 9 . 61-b.
332


tarkibidan chiqib ketishini (tugatish bundan mustasno) hisobga olish 
uchun quyidagi hujjatlar nazarda tutilgan:70
Asosiy vositalami (bino, inshootlardan tashqari) qabul qilish- 
topshirish dalolatnomasi A V -l-son shakl. Bunday hujjat bilan xususan 
o‘matish yoki yirik hajmdagi yig‘ishni talab qilmaydigan mashina va 
asbob-uskunalami hamda o ‘m atish (yirik hajmdagi yig‘ish)ni talab 
qiladigan 
mashina 
va 
asbob-uskunalami 
foydalanishga 
kiritish 
rasmiylashtiriladi. Har bir inventar obyekti bo‘yicha texnik hujjatlar 
lavozim majburiyatlariga texnik hujjatlami tezkor hisobini yuritish va 
saqlanishini nazorat qilish kiradigan funksional xizmatlar (bosh 
mexanik, bosh energetik va hokazolar) orqali foydalanish joyiga 
beriladi.
Asosiy vositalami (bino, inshootlar uchun) qabul qilish-topshirish 
dalolatnomasi A V -la-son shakl. Yuqorida sanab o ‘tilgan dalolatnomalar 
korxonalarda yoki korxonalar o ‘rtasida quyidagi hollarda kelib tushgan 
obyektlami asosiy vositalar tarkibiga qo ‘shish va ulami foydalanishga 
kiritishni hisobga olish (o ‘matishni talab qilmaydigan obyektlar uchun - 
xarid qilingan vaqtda, o ‘matishni talab qiladigan obyektlar uchun - 
ulami o ‘matishdan qabul qilingandan va foydalanishga topshirilgandan 
keyin) uchun asosiy vositalar obyektlarini qabul qilish, qabul qilish- 
topshirish operatsiyalarini rasmiylashtirish va hisobga olish uchun 
foydalaniladi.
Dalolatnomalar oluvchi va topshimvchi korxonalar rahbarlari 
tomonidan tasdiqlanadi va uchta nusxada tuziladi. Dalolatnomaga 
mazkur asosiy vositalar obyektiga tegishli texnik hujjatlar ilova qilingan 
bo‘lishi kerak.
Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma texnik huj­
jatlar bilan birga korxonaning buxgalteriyasiga beriladi. Korxonaning 
buxgalteriyasi ushbu dalolatnomaga asosan inventar kartochkasi ochadi 
yoki inventar kartochkaga asosiy vositalar obyektini chiqib ketishi 
bo‘yicha belgi qo ‘yadi. Har bir aniq inventar obyektga tegishli texnik
70 O rtiqov X .A va boshqalar. 0 ‘zbek
isto n
Respublikasi buxgalteriya hisobinig m illiy standartlarga sharhlar to ‘plami.
- T . “N ORM A ”, 2010. 306-b
333


hujjatlar inventar kartochkaga tegishli belgi qo ‘yish bilan foydalanish 
joyiga berilishi mumkin.
Asosiy vositalami obyektlar bo‘yicha analitik hisobga olish uchun 
m o‘ljallangan boshlang‘ich hujjatlar bo‘lib, quyidagi shakllardagi in­
ventar kartochkalar hisoblanadi:71
- Asosiy vositalami hisobga olishning inventar kartochkasi - har 
bir inventar obyekti bo‘yicha yuritiladi (AV-6-son shakl). Asosiy 
vositalar obyektlari guruhlarini hisobga olishning inventar kartochkasi - 
bir birligi uchun bir xil qiymatga ega, foydalanish maqsadi bir xil 
bo‘lgan bir turdagi obyektlar guruhi bo‘yicha yuritiladi (AV-6a-son 
shakl).
- Asosiy vositalar obyektlarini hisob olishning inventar daftari - 
foydalanishdagi asosiy vositalar obyektlarining soni unchalik ko‘p 
bo ‘lmaganda inventar kartochkaning o ‘m ida qo‘llanishi mumkin (AV- 
6b-son shakl). Odatda inventar daftami kichik tadbirkorlik subyektlari 
yuritadi.
Inventar kartochka har bir inventar obyektiga ochiladi. Inventar 
kartochkalar asosiy vositalami amortizatsiya guruhiga qo‘shilishi 
tasnifini qo'llanishiga qarab kartotekalarga, kartotekalaming ichida esa 
bo‘limlarga, kichik bo‘limlarga, sinflarga va kichik sinflarga - 
foydalanish joyi bo ‘yicha (korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha) 
guruhlanishi mumkin.
Asosiy vositalar obyektlarining soni katta bo‘lmagan korxonalar 
obyektlar bo‘yicha hisobga olishni 
asosiy 
vositalar obyektlari 
to‘g ‘risidagi zarur m a’lumotlami ulaming turlari va joylashgan joyi 
bo‘yicha ko‘rsatish bilan inventar daftarda amalga oshirishi mumkin.
Inventar kartochkani to ‘ldirish, asosiy vositalami qabul qilish- 
topshirish dalolatnomalari, asosiy vositalar inventar obyektini texnik 
pasportlari va ulam i xarid qilish, qurish, o ‘tkazish va chiqib ketishi 
b o ‘yicha boshqa hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. Inventar kartochka 
(inventar daftar)da quyidagilar keltirilgan bo‘lishi kerak: asosiy vositalar
71 O rtiqov X. A va boshqalar. 0 ‘zbekiston R espublikasi buxgalteriya hisobinig m illiy standartlarga sharhlar to ‘plami.
- T . “N O R M A ”, 2010. 307-b
334


obyektlari to‘g ‘risidagi asosiy m a’lumotlar, uning foydali ishlatilish 
muddati; amortizatsiya hisoblash usullari; amortizatsiya hisoblanmasligi 
to‘g ‘risida belgi (agar joy nazarda tutilgan bo ‘Isa); obyektning alohida 
xususiyatlari. Xarid qilishda qiymati chet el valyutasida ifodalangan 
asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha m a’lumot tartibida uning chet el 
valyutasidagi shartnoma qiymati ham ko ‘rsatiladi.
Asosiy vositalar obyektlari guruhlarini hisobga olishning inventar 
kartochkasi (AV-6a-son shakl)da yozuvlar to‘g ‘ri chiziqli usulda amalga 
oshiriladi, qisqa tavsif esa m azkur registrda hisobga olinadigan 
obyektlar guruhi bo‘yicha umumiy holda keltiriladi. Bunda har bir 
obyekt guruhlariga alohida inventar raqami beriladi.
Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalar obyektla- 
rining hamda chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektlarining inventar 
kartochkalari oy mobaynida (oy oxirigacha) boshqa asosiy vositalaming 
inventar kartochkalaridan alohida joy da turishi mumkin. Barcha inventar 
kartochkalardagi summalaming umumiy yakuniy summasini, asosiy 
vositalami hisobga oluvchi schyotlar (OlOO)ning va 0310 “Moliyaviy 
ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotining hisobot 
oyi oxiridagi qoldig‘i bilan buxgalteriya tekshimvini har oyda o ‘tkazish 
majburiy bo‘lib hisoblanadi.
Agar asosiy vositalar obyektining qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha 
tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstmksiya qilish, modemi- 
zatsiya qilish natijasida uning boshlang‘ich qiymatini ko‘paytirish 
to ‘g ‘risida qaror qabul qilinsa, u holda inventar kartochkada asosiy 
vositalar obyektining boshlang‘ich qiymatida tuzatishlar aks ettiriladi. 
K o‘rsatilgan inventar kartochkada tuzatishni aks ettirish qiyin bo‘lsa, u 
holda qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan 
jihozlash, rekonstmksiya qilish, modemizatsiya qilishni tavsiflovchi 
yangi k o ‘rsatkichlami aks ettirish o ‘m iga yangi inventar kartochka 
(oldin berilgan inventar raqamni saqlagan holda) ochiladi. Bu asosiy 
vositalami qayta baholashga ham tegishlidir.
Asbob-uskunalami, shu jum ladan o'm atishni talab qiladiganlarini 
rasmiylashtirish uchun quyidagi boshlang‘ich hujjatlardan foydalaniladi:
335


- Asbob-uskunalami qabul qilish (kelib tushishi) to ‘g ‘risidagi 
dalolatnoma (AV-14-son shakl).
- Asbob-uskunalami o ‘matishga qabul qilish to ‘g ‘risidagi dalo­
latnoma (AV-15-son shakl).
- Asbob-uskunalarda aniqlangan nosozliklar to ‘g ‘risidagi dalolat­
noma (AV-16-son shakl).
Asbob-uskunalarda aniqlangan nosozliklar to‘g ‘risidagi dalolat­
noma (AV-16-son shakl) asbob-uskunalami o ‘matish, sozlash yoki 
sinash jarayonida, shuningdek nazorat natijasi bo ‘yicha aniqlangan 
nosozliklar bo ‘yicha tuziladi va mol yetkazib bemvchining manziliga 
da’vo materiallarini yoki d a’vo arizasini shakllantirish uchun hujjatlar 
jildining hujjatlaridan biri b o ‘lib hisoblanadi72.
Asosiy vositalar obyektlari korxona ichida tez-tez bir tarkibiy 
boiinm adan boshqasiga o ‘tkazib turiladi. Tarkibiy b o ‘linmalaming 
buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obyektlarini ichki harakati 
bo‘yicha yozuvlami aks ettirish uchun asos bo‘lib “Asosiy vositalar 
obyektini ichki harakati yukxati” (AV-2-son shakl) hisoblanadi.
“Asosiy vositalar obyektini ichki harakati yukxati” (AV-2-son 
shakl) berayotgan b o iin m a tomonidan uch nusxada to‘ldiriladi, oluvchi 
va topshiruvchi tarkibiy b o ‘linmaning m as’ul shaxslari tomonidan 
imzolanadi. Birinchi nusxa buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxa 
asosiy vositalami berayotgan boiinm aning moddiy javobgar shaxsida 
qoladi, uchinchi nusxa esa asosiy vositalami oluvchi b o iinm aga 
yo‘naltiriladi.
Asosiy vositalar obyektlarini o‘tkazilishi to‘g ‘risidagi m a’lumotlar 
korxonaning buxgalteriyasida saqlanadigan mazkur asosiy vositalar 
obyektiga ochilgan inventar kartochkaga kiritiladi.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish