10-jadval
Xodimlarni boshqarish tamoyillari
T/r
Xodimlar bilan ishlashning umumiy
tamoyillari
T/r
Xodimlar bilan ishlashning tashkiliy
tamoyillari
1.
1
Samaradorlik
1.
Konsentratsiya
2.
2
Ilg‘orlik
2.
Ixtisoslashtirish
3.
3
Istiqbollilik
3.
Muvoziylik
4.
4
Komplekslilik
4.
Ixchamlik
5.
5
Tezkorlik
5.
Izchillik
6.
6
Optimallik
6.
Uzluksizlik
7.
7
Oddiylik
7.
Bir me’yorlilik
8.
8
Ilmiylik
8.
Texnologik birlik
9.
9
Ko‘p bo‘g‘inlilik
9.
Badastirlik
10
Avtonomlik
10.
Boshqarishda kollegiallik
11
Barqarorlik
12
Ko‘p qirralilik
13
Rejalilik
14
Rag‘batlantiruvchi
15
Tanlash va joy-joyiga qo‘yish
16
Samarali bandlik
Mehnat
resurslarini
boshqarishning
asosiy
maqsadi
ishchilar
va
xodimlarning qobiliyatlarini, yanada jadal va unumli mehnat qilishga
qo‘zg‘atishdir.
Inson omiliga e’tibor, odamlarga nisbatan jiddiy, mas’uliyat bilan
yondoshish mehnat resurslarini boshqarishning bosh g‘oyasidir.
7.3. Banklarda xodimlarga bo‘lgan talabni rejalashtirish, ularni yollash
va baholash
Xodimlarni rejalashtirish - bu inson omiliga bo‘lgan ehtiyojni oldindan
aniqlashdir. Bu jarayon uch bosqichdan iborat (7-rasm).
1
Mavjud
xodimlarni
baholash
2
Istiqbolda
xodimlarga
bo‘lgan talabni
rejalashtirish
3
Xodimlarni
rivojlantirish dasturini
ishlab chiqish
26- rasm. Xodimlarni rejalashtirish.
Mavjud xodimlarni baholashda, eng avvalo ularning shakllanishiga ta’sir
104
etuvchi tashqi omillarga, xususan mehnat bozoridagi vaziyatga e’tiborni qaratmoq
lozim. Zero, mehnat bozoridagi holat ko‘p jihatdan quyidagilarga bog‘liq:
aholi soni, yoshi, jinsi salmog‘idagi o‘zgarishlar;
tarmoq va hududiy bandlikdagi o‘zgarishlarga;
qo‘shimcha ishchi kuchini yollash darajasiga;
ishlab chiqarish hajmi, tarkibi va o‘sish sur’atiga;
mehnat resusrlarini boshqarish usuliga va h.k.
Ichki omillarni baholash uchun quyidagi ma’lumotlar tahlilini bajarmoq
zarur:
doimiy band bo‘lgan xodimlar soni, familiyasi, yashash joyi, ishga qabul
qilingan vaqti va h.k.;
xodimlarning tarkibi (malakasi, mutaxassisligi, yosh tarkibi, milliy
tarkibi, nogironlar, salmog‘i, ishchi va xizmatchilar, ITX va h.k.);
xodimlar qo‘nimsizligi;
ish kunining davomliligi (to‘liq yoki qisman bandligi, necha va qaysi
smenada ishlashi, ta’tilning davomliligi va h.k.);
ish haqi, uning tarkibi, qo‘shimcha ish haqi, ta’rif yoki ta’rifdan yuqori
to‘lov va h.k.;
davlat yoki huquqiy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy-
maishiy xizmat (ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan mablag‘)lar.
Qayd qilingan tashqi va ichki omillarning ta’sirida mehnat bozoridagi
vaziyat o‘zgarib turadi va shunga mos ravishda mehnat resurslariga bo‘lgan talab
va taklif ko‘lami aniqlanadi.
Mehnat resurslariga bo‘lgan talabni rejalashtirish xodimlarni rejalashtirish
jarayonining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, uni tuzishda quyidagi ma’lumotlar asos
vazifasini bajaradi:
mavjud va rejalashtirilayotgan ish joylari;
tashkiliy va texnik tadbirlar rejasi;
shtatlar ro‘yxati va bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish rejasi.
Xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirishda mahsulot ishlab chiqarish
rejasi, mahsulot birligiga sarflanadigan vaqt me’yori va bir yilda o‘rnatilgan ish
vaqti fondidan foydalaniladi. Amaldagi texnologiya darajasi doirasida xodimlarga
bo‘lgan talabni rejalashtirish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
T
i
=
q
i
* H
i
/
B
i
Bu yerda: T
i
- i guruhidagi xodimlarga bo‘lgan talab me’yori (kasbi, malaka
darajasi);
q
i
- bir yilda i mahsulotni ishlab chiqarish rejasi;
H
i
- i mahsulotning bir birligiga mazkur guruh xodimining sarflaydigan ish
vaqti me’yori;
B
i
- mazkur guruhdagi bitta xodimga to‘g‘ri kelgan yillik vaqt fondi.
Korxonaning xodimga bo‘lgan ehtiyojini rejalashtirish mehnat bozorida
105
ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif muvozanatiga bog‘liq.
Agar mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab taklifdan ko‘proq, ya’ni:
talab>taklif
bo‘lsa, u holda korxonaga ishchi kuchining qo‘shimcha manbalaridan qo‘shimcha
taklif rejalashtiriladi. Bunday manba bo‘lib - mehnat nafaqasi oluvchilar, talabalar
va o‘quvchilar hisoblanadi. Bunday vaziyatda mehnat birjalarining faoliyatlari
kuchaytiriladi va takomillashtiriladi, boshqa hududlardan qo‘shimcha ishchi
kuchining oqib kelishi rag‘batlantiriladi, har bir ishsizning shaxsiy hisobi yuritiladi
va h.k.
Agar mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab taklifdan kam, ya’ni:
talabbo‘lsa, u holda qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish, ish smenasini ko‘paytirish,
ish bilan bandlikning noan’anaviy yo‘llaridan foydalanish, boshqa hududlarga
ortiqcha ishsizlarni jalb qilish rejalashtiriladi.
Agar ishchi kuchiga bo‘lgan talab taklif bilan teng, ya’ni
talab=taklif
muvozanatda bo‘lsa, u holda korxonada:
ishlab chiqarish vositalarini zamonaviylashtirish va qayta tiklash;
ish vaqtini yo‘qotishni kamaytirish;
ishchilarning malakasini oshirish;
mehnatni rag‘batlantirish va ish haqini samarali tashkil etish kabi
tadbirlar rejalashtiriladi.
Erkin bozor sharoitida boshqaruv vazifalarining murakkablashuvi korxona
rahbarlariga xodimlarni to‘g‘ri tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash
ishlariga juda katta mas’uliyat bilan yondashishni talab etadi.
Bankning mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojiga qarab bank xodimlari
rejalashtiriladi va jalb etiladi. Bankning kadrlar bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega
bo‘lishi va shu asosda ehtiyojni aniqlashi lozim. Ushbu ma’lumotlar bankning
maqsad va strategiyalari va kadrlar siyosati bilan bog‘liq. Masalan, biror hududda
yangi filialning ochilishi (ochilish vaqti, bajaradigan operatsiyalari va
ko‘rsatiladigan xizmatlar) oldindan zarur bo‘lgan bank xodimlarini
shakllantirishni tala etadi yoki bankning alohida bo‘lim yoki boshqarmalarini
tashkil etilishi masalan ko‘pgina banklarda hozirgi kunda inqiroz tufayli “Risk –
Menejment” departamenti tashkil etildi. Bu ham bankning kadrlariga bo‘lgan
rejalashtirishni talab qiladi. Bunda bank marketingi tomonidan u yoki bu bank
xizmatiga bo‘lgan talabning oshishi yoki pasayishi o‘z nasbatida shu sohada
ishlayotgan xodimlarga bo‘lgan talabni oshirishi yoki qisqarishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Bunday sharoitda bank xodimlar bo‘limi tezkor qaror qabul qilishi,
106
xodimlarni jalb qilish, bo‘shatish, shtatni qisqartirishi va boshqalarni amalga
oshirishi mumkin.
Bank xodimlarini rejalashtirish 2 ta masalani hal qiladi:
- bank mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojini;
- ish o‘rinlarini rejalashtirishni.
Mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish xodimlar umumiy sonini
rejalashtirishni hmad ma’lum toifadagi mutaxassislarni rejalashtirishni talab qiladi.
Bankning imkoniyatlaridan kelib chiqib, bank xodimlarining umumiy miqdori
aniqlanadi. Bank xizmatlari va operatsiyalarining rivojlanishi bankning shu
sohadagi yoki shu sohani tugatgan xodimlarga bo‘lgan talabini oshiradi.
Xodimlar tarkibini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |